Algoritm va uning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari
Download 43.99 Kb.
|
algoritm YAKUNIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmlarning murakkabliklari va ularni baholash
- Dasturlashda algoritmlarning murakkabliklari va ularni hisoblash
Algoritm va uning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari Kompyuter o'zining amallarni bajarishdagi hisoblash tezligi, aniqligi va shu bilan bir qatorda “bularni butunlay tushunmagan holda bajaruvchi” texnik vosita bo'lib hisoblanadi. Shu boisdan ham, ixtiyoriy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanganimizda, ro'y berishi mumkin bo'lgan muammolarni uning o'zi hal qiladi degan fikr albatta xato bo'ladi. Chunki, kompyuter bunday ishlarni o'zi bajarishi bilan birga, kerakli natijani olish uchun biror usulda batafsil va aniq bayon etilgan ko'rsatma, ya'ni algoritm kerak bo'ladi. Demak, algoritm deb, qo'yilgan masalaning yechimini olish uchun zarur bo'lgan amallarning qat’iy o'rnatilgan tartib asosida bajarilishiga aytiladi. Haqiqatdan ham, real hayotdagi ixtiyoriy uchragan masalaning o'ziga xos hal qilish yo'l-yo'rig‘i, ya'ni algoritmi mavjudki, undan har doim foydalaniladi. Masalan, kompyuterdan, qo'l telefonidan yoki maishiy texnika vositalaridan foydalanish uchun kerak bo'lgan amallar tartibini o'z ichiga oluvchi instruksiyalar bunga misol bo'ladi. Algoritmlarning murakkabliklari va ularni baholash Amaliy masalalarni yechish jarayonida ma'qul bo'lgan algoritmni tanlash bosqichi ma'lum bir qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Algoritm bir-biriga bog‘liq bo'lgan quyidagi talablarni qanoatlantirishi kerak bo'ladi: 1) Tushunish, dasturlash kodiga o'tkazish va uni otladka qilishlar uchun sodda bo'lishi kerak; 2) Hisoblash resurslaridan unumli foydalanish va ularning imkon boricha tezroq bajarilishi. Agar algoritmni realizatsiya qiluvchi yaratilayotgan dastur, faqat bir necha marta bajarilishi kerak bo'lsa, u holda yuqoridagi birinchi talab o'rinli bo'ladi. Bu holda dasturning narxi uni yozish narxi bo'yicha (dasturni bajarilish vaqti bo'yicha emas) optimallashtiriladi. Dasturlashda algoritmlarning murakkabliklari va ularni hisoblash Algoritmlar va BS ning murakkabligini aniqlashda odatda ikkita narsa haqida gapiriladi: ishni yakunlashda ajratish uchun zarur bo'lgan amallar soni (hisoblash murakkabligi) va algoritmga kerak bo'lgan resurslar, xususan xotira miqdori (fazoviy murakkablik). Kattaroq xotiraga ega bo‘lgan server mashinasi uchun o'n baravar tezroq ishlaydigan, lekin o'n barobar bo'sh joy ishlatadigan algoritm yaxshi bo'lishi mumkin. Ammo, xotira miqdori cheklanganligi o'rnatilgan tizimlarda bu algoritmdan foydalanib bo'lmaydi. Download 43.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling