Algoritm va uning intuitiv, formal va kibernetik ta’riflari


Toʻg'ridan-toʻg‘ri almashtirish yordamida saralash usuli


Download 43.99 Kb.
bet7/8
Sana20.06.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1634302
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
algoritm YAKUNIY

Toʻg'ridan-toʻg‘ri almashtirish yordamida saralash usuli
Uhbu saralash usulining algoritmi massivni boshidan oxirigacha ketma-ket koʻrib chiqish va agar ular inversiya hosil qilsa qoʻshni elementlarning joylarini almashtirishdan iborat. Quyida kamaymaydigan saralash algoritmi batafsil tavsiflanadi. Faraz qilaylik, n oʻlchamli a massiv berilgan boʻlsin. Biz a[1] va a[2] elementlarning birinchi juftligi bilan massivni koʻrishni boshlaymiz. Agar bu juftlikning 1- elementi 2- elementdan katta boʻlsa (ya’ni a[1]>a[2]), biz ularni almashtiramiz, aks holda (ya’ni a[1]<= a[2) ularni oʻzgarishsiz qoldiramiz va a[2] va a[3] elementlarning 2-juftligini solishtiramiz. Agar a[2]> a[3] boʻlsa, biz ularning joylarini almashtiramiz va hokazo.
Birinchi qadamda massiv elementlarining barcha a[i] va a[i+1] juftliklari i ning 1 dan n -1 gacha boʻlgan qiymatlarida koʻrib chiqiladi. Bunday koʻrish va kerakli almashinuvlar natijasida maksimal element massivning oxiriga oʻtadi va massivning tartiblangan qismiga aylanadi. Ikkinchi qadamda shunga oʻxshash protsedura 1-elementdan toki (n -1) -elementgacha amalga oshiriladi. Bu massivning ikkinchi eng katta elementini oxirgidan bitta oldingi joyga oʻtkazadi. Saralangan qism ikkita elementdan iborat boʻladi. Bu amallar massivning tartiblanmagan qismidagi elementlar soni ikkitaga kamaymaguncha davom etadi. Oxirgi
bosqich - qolgan ikkita elementni tartiblashdan iborat boʻladi. Xuddi shu kabi, (n - 1) qadamdan soʻng massiv kamaymaydigan tartibda tartiblanadi.


Graf elementlari. Graf turlari. Grafning EHM da tasvirlanishi
1736- yilda L.Eyler tomonidan o‘sha davrda qiziqarli amaliy masalalardan biri hisoblangan Kyonigsberg1 ko'priklari haqidagi masalaning qo‘yilishi va yechilishi graflar nazariyasining paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. “Graf’ iborasi D. Kyonig tomonidan 1936- yilda graflar nazariyasiga bag`ishlangan dastlabki darslikda uchraydi. Graflar nazariyasi bo‘yicha tadqiqotlar natijalari inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Ulardan ba’zilari quyidagilardir: boshqotirmalami hal qilish; qiziqarli o‘yinlar; yo‘llar, elektr zanjirlari, integral sxemalari va boshqarish sistemalarini loyihalashtirish; avtomatlar, bloksxemalar va komp’yuter uchun programmalarni tadqiq qilish va hokazo. Graf - bu abstrakt tushuncha bo'lib, obyektlar va ular orasidagi bog'liqliklarni tasvirlashda yoki ifodalashda ishlatiladi.Obyektlarni ko'p hollarda nuqtalar bilan belgilab olinadi va ularga nomer beriladi. Bu grafning uchlari deb ham ataladi. Grafning uchlarini sonlar to'plami sifatida qaraymiz va uni V harfi bilan belgilaymiz. Grafning uchlarini 1 dan N gacha nomerlash mumkin. Graflarga juda ko'plab misollar keltirish mumkin:1) Ixtiyoriy tarmoq - graf. Bunda tarmoq elementlari va ular orasidagi bog'lanishlar bor.
2) Shaharlar va ularni tutashtiruvchi yo'llar3) Kishilar va ular orasidagi bog'liqliklar. Ota-bola-nabira...va hk.Graf qirralari yo'nalishiga qarab ikki xil bo'lishi mumkin:
1)Bir tomonlama yo'nalgan qirra
2) Ikki tomonlama yo'nalgan qirra



Download 43.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling