Алгоритмы


Download 249.5 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi249.5 Kb.
#1231647
Bog'liq
Maruza-1 kunduzgi

Algoritm. Algoritmning asosiy xossalari, tasvirlash usullari va turlari

Reja

  • Algoritm nima?
  • Algoritmni ifodalash usullari.
  • Algoritm xususiyatlari.
  • Algoritm bajaruvchilari.
  • Algoritm turlari.

Algoritm nima?

  • Algoritm deganda bajaruvchiga belgilangan maqsadga erishish yoki qo‘yilgan vazifani echishga qaratilgan harakatlar ketma-ketligini bajarish bo‘yicha tushunarli va aniq ko‘rsatma tushuniladi.

Algoritmni ifodalash usullari: -tabiiy tilda yozilishi; -blok-sxemalar ko`rinishida ifodalanishi; -algoritmik tilda ifodalanishi; -dasturlash tilida kodlangan ifodalanishi.

Algoritm xususiyatlari

  • Diskretlilik (uzilganlik, taqsimlanganlik) — ya`ni algoritm muammoni hal qilish jarayonini oddiy (yoki oldindan belgilangan) bosqichlarning ketma-ket bajarilishi sifatida ifodalashi kerak..

Algoritm xususiyatlari

  • Aniqlilik — ya'ni. algoritmning har bir qoidasi aniq bo'lishi va o'zboshimchalik uchun joy qoldirmasligi kerak. Bu xususiyatga ko'ra, algoritmning bajarilishi mexanik xarakterga ega bo'lib, echilayotgan masala haqida hech qanday qo'shimcha ko'rsatmalar yoki ma'lumot talab qilmaydi.

Algoritm xususiyatlari

  • Natijaviylik (yoki cheklilik). Bu xususiyat shundan iboratki, algoritm muammoni chekli qadamlar bilan hal qilishga olib kelishi kerak.

Algoritm xususiyatlari

  • Tushunarlilik - algoritm ijrochisi uni qanday bajarishni bilishi kerak va unga tushunarli bo`lishi kerak.

Algoritm xususiyatlari

  • Ommaviy xarakter. Bu shuni anglatadiki, masalani hal qilish algoritmi umumiy shaklda ishlab chiqilgan, ya'ni u faqat dastlabki ma'lumotlarda farq qiluvchi ma'lum bir sinf muammolariga taalluqli bo'lishi kerak. Bunday holda, dastlabki ma'lumotlar ma'lum bir hududdan tanlanishi mumkin, bu algoritmning qo'llanilishi sohasi deb ataladi.

Algoritm bajaruvchilari

  • Algoritm bajaruvchilar — bu algoritm tomonidan belgilangan harakatlarni bajarishga qodir bo'lgan qandaydir mavhum yoki haqiqiy (texnik, biologik yoki biotexnika) tizim.

Algoritm bajaruvchilari

  • muhit;
  • elementar harakatlar;
  • buyruqlar tizimi;
  • rad etishlar.

Muhit

  • Muhit — bu bajaruvchining “yashash muhiti". Masalan, Robot uchun bajaruvchi muhiti — bu cheksiz katakli maydon. Devorlar va bo`yalgan kataklar ham muhitning bir qismi hisoblanadi. Ularning holati va robotning joylashuvi muhit holatini ko`rsatadi.

Buyruqlar tizimi.

  • Buyruqlar tizimi. Har bir bajaruvchi aniq ko`rsatilgan ro`yxatdagi buyruqlarni faqat bajarishi mumkin – bular bajaruvchi buyruqlar tizimi. Har bir buyruq uchun qo`llash mumkin bo`lgan shartlar (muhitning qanday holatlarida buyruq bajarilishi mumkin) va buyruqni bajarish natijalari izohlanishi kerak. Masalan, robotga “yuquriga” buyrug`I bajarilishi mumkin, agar robotdan yuqorida to`siq bo`lmasa. Uning natijasi esa — robotni bir katak yuqoriga ko`tarilishi hisoblanadi.

Buyruqni chaqirgandan keyin bajaruvchi elementar harakatni amalga oshiradi.

  • Buyruqni chaqirgandan keyin bajaruvchi elementar harakatni amalga oshiradi.
  • Bajaruvchining rad etishlari muhit holati ushbu harakatni(buyruqni) bajarish uchun yetarli bo`lmagan holatda yuzaga keladi.

Chiziqli algoritm

  • Kiritish
  • Hisoblash
  • Chiqarish

Tarmoqlanuvchi algoritm

  • Shart
  • Hisoblash
  • Hisoblash

Takrorlanuvchi algoritm

  • Shart
  • Hisoblash

Download 249.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling