Algoritmik tillar va dasturlash
masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar
Download 299.46 Kb.
|
Omanova Laylo kurs ishi 02-21 - guruh.docx (2)
2.3. masofaviy o’qitish jarayonida zaruriy bo’lgan texnika vositalar.
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati haqidagi yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari, ma’lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil etishda dastgoh hisoblanadi. Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan ma’lumotlar majmuidir. Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir. Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonidir. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklarga ega: - jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l ochib beradi; - shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi; - jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat fazasini tezkor o‘zgartiradi; - masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi. Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi axborot texnologiyalar qo‘llaniladi: - guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni qayta ishlash axborot texnologiyalari ; - masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish uchun boshqaruv axborot texnologiyalari; - fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishning foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining axborot texnologiyalari. Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi, jahondagi bir nechta ilg‘or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga kirishi va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli bo‘lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy ma’lumot tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi raqobatchilik to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap. Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali o‘qituvchilar, mutaxassislar o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam berishi, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va o‘qituvchilarning o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi. Masofaviy o‘qitish uslubini sifatli qo‘llanishiga quyidagi yo‘llanmalar kiradi: O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart holda jamlanishi, tushunarli holda o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasini ko‘tarilishiga yordam beradi. Oydinlashtirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat qilinishi va boshqarilishini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasini tekshirilishini (ta’lim jarayonida talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, bunga talabaning faolligi va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarning attestatsiyadan o‘tkazish amallari ham kiradi) ta’minlanishiga olib keladi. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va qayta o‘qish tizimlarining samaradorligini oshirishga erishiladi. O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda o‘quvchi-talabalarning bilim qabul qilishining turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmalilik, tasavvurlar hamda o‘qitishning o‘yin shakllaridan foydalanish kiradi. O‘qituvchining o‘rni va xilma-xil imkoniyatlarni ko‘tarish. O‘qituvchining o‘quvchi-talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash. Har bir o‘quvchi-talabaning bilim darajasi va tayyorgarligiga hamda uning qobiliyatiga mos ravishda shaxsiy yondashishni qo‘llash mumkin. O‘quvchi-talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. O‘quvchi-talabaning o‘qituvchi (pedagog)ga va o‘zaro muloqotdagi ishonchsizlik hissiyotidagi psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini, o‘zini o‘zi tashkillashtirishni rivojlantiradi. O‘quvchi-talabaning shaxsiy faoliyati va o‘qitishni birga olib borish. Tejamlilik o‘qitish jarayonidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. O‘quv xonalaridan foydalanishi, yo‘l xarajatlari va taklif qilingan malakali o‘qituvchi (pedagog)lar mehnatiga haq to‘lash. Ular o‘z bilimlarini masofadan o‘qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy ta’minlanganligidan qat’iy nazar bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, ijtimoiy tenglik yuzaga keladi. O‘qitish doirasida musobaqa muhitini yaratish.. Masofadan o‘qitish texnologiyasi – jamiyatni axborotlashtirishning umumiy oqimi va yo‘llari bilan jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini axborotlashtirish tizimlari va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi asosida birgalikni ta’minlaydi. Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning chegaralanganligidir. Download 299.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling