Algoritmik tillar va dasturlash


Download 299.46 Kb.
bet1/11
Sana24.12.2022
Hajmi299.46 Kb.
#1050842
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Omanova Laylo kurs ishi 02-21 - guruh.docx (2)


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETININIG JIZZAX FILIALI




AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH” FANIDAN





Mavzu:________________________________________________________
Bajardi: “_________________________” yoʻnalishi ____- kurs ________- guruh
talabasi ____________________________________________________________
Ilmiy raxbar: _________________________________


Jizzax – 2022
Tashkilot miqyosida masofadan muloqot qilish tizimi
Reja:
Kirish……………………………………………………………………….…....3
1-BOB. Tashkilotlar va ularni boshqarish ………………………………….........6
1.1.Tashkilot tushunchasi boshqaruv darajalari……….….……………….6
1.2.Tashkilot ichki va tashqi muhiti..……………………………….….....9
1.3.Tashkilotning ko`p pog`onali va tekis strukturalari…...........………..12
2-BOB. Masofadan muloqat qilish tizimi …………………………...…………17
2.1.Masofadan mutaxassislar bilan muloqot qilish……………………....17
2.2.Muloqot turlari……………………… …………..……………….….21
2.3.Masofaviy o`qitish jarayonida zaruriy bo`lgan texnika vositalari........24
2.4. Muloqot va kommunikatsiya………………………………………...20
Xulosa……………………………………………………………………....…...27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..…2

Kirish
Muloqot Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo’lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo’lmaydi. Muloqot ham o’ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, Shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir. Muloqot o’ta murakkab jarayon bo’lganligi sababli unga yagona to’gri tarif berish oson emas. Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqot ikki va undan ortiq kishilar o’rtasidagi axborot ayirboshlash, o’zaro tasir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan. Muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondirishga qaratilgan o’zaro tasir jarayoni bo’lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o’rnatiladi va rivojlantiriladi.  Muloqot layoqati R.S.Nemovning fikricha, inson bolasi o’zida odamlar bilan emotsional muloqotga kirishishga bo’lgan layoqatni uch oyligida sezadi (jonlanish kompleksi), bir yoshga yetganda esa uning ekspressiyasi shunchalik boyib ketadiki, muloqotning verbal tilini tezda o’zlashtirib olish, tovushli nutqdan foydalanish imkonini beradi. Qiziqarli ma’lumot:
Til – odamlarni birlashtiradigan vosita Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko’rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo’lib, u muloqotga kirishuvchilar o’rtasida aloqa bog’lanishini taminlaydi. Axborotni boshqaga yollayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, yani «bitta tilda» sozlashishlari kerak.
Muloqot maqsadi (hayvonlarda muloqot maqsadi) Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo’lib boshqa tirik jonzotni malum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o’z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi bazi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar yetib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.
Muloqot maqsadi (odamlarda muloqot maqsadi) Odamda muloqot maqsadlari soni ko’payadi. Ularga yuqorida sanab otilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo’lish va yetkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo’yicha o’zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o’rnatilishi va boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo’lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bolsa, odamlarda ular ko’plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o’sish, axloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo’lib hisoblanadi.
 Muloqot insonlar o’rtasida o’zaro bog’liqlikni o’rnatish va taminlashga qaratilgan hamda, birinchi navbatda, verbal, yani til (nutq yoki matn) yordamida amalga oshiriladigan o’ziga xos axborot almashinuvi jarayonlarini bildiradi. Inson muloqotda shakllanadi, rivojlanadi va shaxs sifatida namoyon boladi. Ijtimoiy muloqotda ruhiyat taraqqiy etadi va individ o’zini hayotga joriy etadi. Ruhiy jihatdan rivojlangan odamlar bilan muloqotda bo’lish orqali, ilm olishga bo’lgan keng imkoniyatlar evaziga inson o’zining barcha yuksak qobiliyat va sifatlarini egallab borib, shaxsga aylanadi. Muloqot – verbal axborot almashinuv jarayoni.
Masofaviy o‘qitish talabaga ijobiy ta’sir etadi. O‘zini o‘zi tashkil etishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o‘zaro ishlash va mustaqil ma’suliyatli vazifalarni hal qilishda uni ijodiy va tafakkur salohiyatini o‘stiradi. Masofaviy o‘qitish sifati kunduzgi ta’lim olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi.
Lidеrlik – bu odamlarni ma'lum tarzda o’zini tutishga majbur etib, ularning xatti-harakatiga ta'sir etishda rahbar tomonidan qo’llanadigan vositadir. Tashkilot sharoitida lidеrlikka nisbatan bir qancha nuqtai-nazar mavjud. Ulardan biri lidеrlik uslubidir. Lidеrlik uslubi mеnеjеrning dunyoqarashini, xodimlarga munosabatini, o’z-o’ziga baho bеrishini aks ettiradi. Mеnеdjеr qo’llaydigan lidеrlik uslubidan maqsadlarga erishishda ishlovchilar kuch-g’ayratini yo’naltirish, nizoli holatlarni еchish katta bog’liq.
Mavzuning dolzarbligi: Axborotlashtirishning rivojlanishi natijasida onlayn tizimlar rivojlangani sari barcha tashkilot tizimlarining o‘sishida Xodimlar ish vaqtini nazorat qiluvchi tizimlar ta‘sirining o‘sishi bunga asoslangan dasturlarning potensial talabini yaratdi. Hozirgi kunda yurtimizda va butun dunyo davlatlarida onlinelashtirish yani raqamli texnologiyalarga o‘tish tashkilot bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi uchun ish rejim nazoratiga asoslangan dasturlar muhim rol o‘ynaydi. Millionlab odamlar har kuni o‘zlarining manfaatlari uchun shu kabi faol veb-saytlar rejimida o‘zaro ma‘lumot almashinishda bo‘lishadi. Ushbu dasturlarning tarmoq orqali ishlashi haqida bilish uchun avval bazalar bilan ishlash va formalar oynasi arxitekturasini tushunish kerak; texnik bo‘lmagan shaxs uning serverlari dasturlarining ahamiyatini tushuna olmaydi.

Download 299.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling