Qahramonova madinabonuning


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1607506
  1   2   3
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI O`ZGARISHLAR222


N AVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA VA BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
BOSHLANG`ICH TA’LIM YO’NALISHI
1- KURS “V” GURUH TALABASI
O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN
QAHRAMONOVA MADINABONUNING
O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN
O’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI O`ZGARISHLAR
mavzusida tayyorlagan


Mustaqil ishi


Navoiy-2022
O ’ZBEKISTONDA QISHLOQ XO`JALIGI VA SANOAT SOHASIDAGI O`ZGARISHLAR
Reja:



  1. Agrosanoat majmuasi haqida tushuncha.

  2. Qishloq xo`jaligining respublika iqtisodiyotida tutgan o`rni.

  3. Mustaqillik yilarida agrar sertordagi islohotlar.

A grosanoat majmuasi (ASM) - qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste`molchilarga yetkazib berish bilan bog`liq tarmoqlar yig`indisidir. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifasi-aholining oziq-ovqat mahsulotlari va xalq iste`moli tovarlariga bo`lgan ehtiyojlarini to`laroq va samaraliroq qondirishdan iborat.
Mamlakatimiz ASM agrosanoat integratsiyasi va kooperatsiyasining mahsuli bo`lib, o`tgan asrning 70-yillaridan boshlab yagona tizim sifatida shakllana boshladi. Bu davrga kelib bir nechta tarmoqlarning yagona majmuaga birlashishi uchun moddiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar barpo etilgan edi.
ASMning pirovard mahsulotini yaratishda ishlab chiqarish va muomala sohasining turli bosqichlarida bevosita va bilvosita 70 dan ortiq tarmoqlar ishtirok etadi. ASM tarkibiga texnologik va iqtisodiy jihatdan o`zaro bog`liq va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan oxirgi iste`molchiga yetkazib berishgacha bo`lgan jarayonda bevosita ishtirok etuvchi tarmoqlar kiradi. Ushbu jarayonda ishtirok etayotgan tarmoqlar o`rtasidagi nisbat agrosanoat majmuasining tarmoq tarkibini tashkil etadi.
ASM 3 ta sohani o`z ichiga qamrab oladi. Birinchi soha sanoatning agrosanoat majmuasini ishlab chiqarish vositalari bilan ta`minlovchi, shuningdek, qishloq xo`jaligiga ishlab chiqarish va texnik xizmat ko`rsatuvchi tarmoqlardan iborat. Bu sohaga ASM uchun mashina, traktor, kombayn, s tanoklar, ishchi mashinalar, qishloq xo`jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar, yoqilg`i-moylash materiallari yetkazib beruvchi, mineral o`g`it va ximikatlar, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi vositalar ishlab chiqaruvchi, chorvachilik uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo`jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar va boshqalar kiradi.
ASMning birinchi sohasiga kiruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish jarayonini resurslar bilan ta`minlash, qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish va qayta ishlash sanoatida texnika taraqqiyoti uchun asos yaratish, majmuaning barcha bo`g`inlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun shart-sharoit barpo etishga imkon yaratadi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari va umuman pirovard mahsulot ishlab chiqarishning bir maromda kechishi, uzluksizligi va ommaviyligi ushbu tarmoqlar faoliyatiga bog`liq.
Ikkinchi sohaga bevosita qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi korxonalar, birinchi navbatda, fermer va dehqon xo`jaliklari kiradi. Bundan tashqari ASMning ikkinchi sohasiga-pillachilik, asalarichilik, qisman o`rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o`simliklar yetishtirish) hamda baliqchilik kiradi. Bu soha ASMning asosini, yadrosini tashkil etadi. Majmuaning boshqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu soha mahsulotlari asosida faoliyat yuritadilar yoki ushbu sohaga xizmat ko`rsatadilar.



A SMning uchinchi sohasi qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste`molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar va korxonalarni o`z ichiga qamrab oladi. Paxta, go`sht va sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog`-moy kombinatlari, jun, kanop, pillani qayta ishlash korxonalari, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug`ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
ASMning uchinchi sohasi qishloq xo`jaligi xom ashyosini sanoat usulida birlamchi qayta ishlash, uni tayyorlash va saqlash, shuningdek, xom ashyoni ikkilamchi qayta ishlash va aholiga sotish uchun tayyor darajaga yetkazishni ta`minlaydi. Ushbu sohaga kiruvchi tarmoqlar tayyor mahsulotni saqlash va sotish joyiga yetkazib berishni ham amalga oshiradi.
Mamlakat aholisining turmush darajasi ASM, ayniqsa, uning uchinchi sohasi rivojlanishining holati va sur`atlariga bog`liq.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling