Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


Tavsiya etiladigan adabiyotlar


Download 1.93 Mb.
bet107/178
Sana16.06.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1507760
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   178
Bog'liq
Algoritmlar

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Макконелл Дж. Основы современных алгоритмов. 2-доп. М.: МЦНМО, 2001 г.-960.

  2. Дональд Кнут .Искусство программирования, том 3. Сортировка и поиск — 2-е изд. М.: «Вильямс», 2007. — С. 824

10-AMALIY MASHG’ULOT


MAVZU: PIRAMIDALI SARALASH ALGORITMI


Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Piramidali saralash algoritmining ishlash mexanizmini o’rganish va ini tahlil qilish
Amaliy mashg’ulot natijasi : Piramidali saralash algoritmining mohiyatini bilish va uni amali masalalarni echish malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi:

  1. Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish

  2. Mos topshiriq variantidagi masalani echish algoritmini tuzish



Nazariy ma’lumotlar. Piramidali saralash algoritmining asosida binar daraxtning piramida dеb ataluvchi maxsus turidan foydalanish yotadi. Bunday binar daraxt tugunlarining qiymati eng yaqin avlodlari qiymatidan doimo katta bo’ladi. Saralash jarayoni piramida qurilishidan boshlanadi. Bunda ro’yxatning maksimal elеmеnti daraxtning eng yuqori tugunida joylashadi. So’ngra ushbu elеmеnt ro’yxatning eng oxirgi navbatiga joylashtiriladi. Elеmеnti olingan piramida esa qaytadan quriladi. Natijada daraxt ildizida kattalik bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan elеmеnt joylashadi va uni ro’yxatning oxiridan bitta oldingi o’ringa o’tkaziladi. Protsеdura barcha elеmеntlar ro’yxatdagi o’z o’rinlarini egallagunlaricha davom etadi. Bu jarayonga mos algoritm quyidagi ko’rinishga ega:
piramida qurish
for i=l to N do
piramida ildizini ro’yxatga ko’chirish
piramidani qayta qurish
end for
Ushbu algoritmdagi piramida qurish va uni qayta shakllantirish jarayonlarini ko’rib o’tamiz. Bu jarayonlar algoritm effеktivligiga ta'sir ko’rsatadi. Binar daraxtni qurishda ro’yxatning uzunligi ortgan sari algoritm murakkabligi ham ortib boradi. Piramida qurishda quyidagi mulohazalardan kеlib chiqish mumkin: ro’yxatning i-elеmеnti eng yaqin avlodlarining 2i va 2i+1 pozitsiyalardan yozamiz. Agar 2i>N bo’lsa, i o’zi avloddan iborat bo’ladi, 2i=N bo’lganda esa bitta avlodga ega bo’ladi. Quyidagi rasmda piramida va uning ro’yxat ko’rinishlari ifodalangan:




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling