Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua
MAVZU: Turbo Paskal algoritmik tilida sodda takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlash
Download 1.93 Mb.
|
Algoritmlar
MAVZU: Turbo Paskal algoritmik tilida sodda takrorlanuvchi jarayonlarni algoritmlashAmaliy mashg’ulotning maqsadi: Sikl operatorlari haqida qisqacha nazariy ko`nikmalar hosil qilish. Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, tsikl operatorlarini qo`llab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlashni o`rganishPaskal dasturlash tilida arifmetik va mantiqiy ifodalar, ularning yozilishi, amallarning bajarilish tartibi va qiymatlarini tahlil qilishni o`rganish. Amaliy mashg’ulot natijasi : Sikl operatori, uning turlari, yozilishi va ishlashini o`rganish, tsikl operatorlarini qo`llab takrotlanuvchi hisoblash jarayonlarini dasturlash va ulardan amaliy masalalarga dastur tuzishda foydalanish malakasiga ega bo’lish. Amaliy ish rejasi rejasi: Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish Mos variantidagi topshiriqni bajarish Nazariy ma’lumotlar.Paskal algoritmik tilida uch xil ko`rinishda takrorlanuvchi hisoblash jarayonini tashkil qilish mumkin va bu jarayonlarni dasturlash uchun maxsus operatorlar belgilangan: sharti avval tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «toki») takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi;sharti keyin tekshiriladigan («…gacha») takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi;parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan jarayonlarga alohida- alohida to`xtalib o`tamiz. Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. Takrorlauvchi jarayonning bu ko`rinishi takrorlanish soni oldindan noma’lum bo`lgan hollarda, ya’ni takrorlanishdan chiqish ma’lum shartga bog`liq hollarda ishlatiladi. Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi. Ushbu operatorning ko`rinishi quyidagichadir: WHILE <mantiqiy ifoda > DO < operatorlar > ; bu yerda, while – toki, do – bajarish ma’nosini anglatuvchi xizmatchi so`zlar, operatorlar takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish tanasida bitta yoki bir necha opeatorlar guruhi bo`lishi mumkin. Bunda operatorlar guruhi, begin va end ga olib yoziladi. 1-misol. a haqiqiy son berilgan bo`lsin. Shunday eng kichik butun musbat k sonini topish talab qilinsinki, bu son 3 k > a shartni qanoatlantirsin. Yechish. Masalaning dasturini tuzish uchun 3k ifodaning qiymatini saqlaydigan qo`shimcha o`zgaruvchi kattalik kiritishimiz lozim. Agar uni S bilan belgilasak, u holda k=0 da S=1 dan boshlab, bitta qadam bilan o`zgarishda yuqoridagi formulani S=S*3 rekkurent formula bilan almashtiramiz. U holda takrorlanishdagi hisobdan chiqish sharti S > a bo`ladi. Dasturni tuzamiz. Program wel; Var k: integer; S, a: real; Begin S:= 1; k:= 0; a:= 30; While S<= a do Begin S:= S*3; k:= k+1; Writeln(‘k=‘, k, ‘S=’, S); end; End. Natijada a = 30 son uchun eng kichik k son 4 ekan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling