Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


Download 1.78 Mb.
bet95/179
Sana14.08.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1667105
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179
Bog'liq
Algoritmlar

3-AMALIY MASHG’ULOT


MAVZU:Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash


Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash qoidalarini o’rganish
Amaliy mashg’ulot natijasi : Takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarini algoritmlash malakasiga ega bo’lish.
Amaliy ish rejasi rejasi:

  1. Amaliy mashg’ulot nazariy materiali bilan tanishib chiqish

  2. Mos topshiriq variantidagi masalani echish algoritmini tuzish



Nazariy qism: Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘patmasini hisoblash jarayonlarini qarash mumkin. Quyidagi yig‘indini hisoblash algoritmini tuzaylik.

Bu yig‘indini hisoblash uchun i=0 da S=0 deb olamiz va i=i+1 da S=S+i ni hisoblaymiz. Bu yerda birinchi va ikkinchi qadamlar uchun yig‘indi hisoblandi va keyingi qadamda i parametr yana bittaga orttiriladi va navbatdagi raqam avvalgi yig‘indi S ning ustiga qo‘shiladi va bu jarayon shu tartibda to i sharti bajarilmaguncha davom ettiriladi va natijada izlangan yig‘indiga ega bo‘lamiz. Bu fikrlarni quyidagi algoritm sifatida ifodalash mumkin
Topshiriqni bajarish namunasi



  1. Masalaning qo’yilishi: 1 dan N gacha bo’lgan butun sonlarning yig’indisini hisoblash algoritmi tuzilsin.

  2. Masalaning matematik modelini qurish:.

  3. N–natural son (algoritm uchun boshlang’ich berilgan);

  4. i – takrorlashlar hisobchisi;

  5. S – Natija.

  6. Masalani echish algoritmini tuzish:

  1. Yozma shaklda ;

  2. Blok-sxema shaklida(1-rasm).



Algoritm matni:

  1. O’zgaruvchilarni kiritish(N);

  2. S ning boshlang’ich qiymatini berish (S=0);

  3. i ning boshlang’ich qiymatini berish (i=0);

  4. Sikl boshi

  1. S ga ketma-ket 0 dan Ngacha bo’lgan sonlarni qo’shish (S=S+i);

  2. i ni qiymatini 1 ga oshirish (i=i+1);

  3. i<=N shartni tekshirish

  4. Agar shart bajarilsa , sikl boshiga o’tish;

  1. Aks holda Natijani olish (S);

  2. Tamom.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling