Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


sharti avval tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «toki») takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi


Download 1.78 Mb.
bet195/275
Sana08.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#247819
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   275
Bog'liq
Algoritmlar

sharti avval tekshiriladigan (sharti oldin kelgan «toki») takrorlanish jarayoni, bu maxsus WHILE operatori orqali amalga oshiriladi;

  • sharti keyin tekshiriladigan («…gacha») takrorlanish jarayoni, bu jarayonni maxsus REPEAT operatori orqali amalga oshiriladi;


  • parametrli takrorlanish jarayoni, bu jarayon maxsus FOR operatori yordamida amalga oshiriladi.

  • Yuqorida keltirilgan jarayonlarga alohida- alohida to`xtalib o`tamiz.


    Sharti avval tekshiriladigan takrorlanish jarayoni. Takrorlauvchi jarayonning bu ko`rinishi takrorlanish soni oldindan noma’lum bo`lgan hollarda, ya’ni takrorlanishdan chiqish ma’lum shartga bog`liq hollarda ishlatiladi. Takrorlanishning bu jarayonida takrorlanishdan chiqish sharti takrorlanish tanasini bajarishdan oldin tekshiriladi. Ushbu operatorning ko`rinishi quyidagichadir: WHILE <mantiqiy ifoda > DO < operatorlar > ; bu yerda, while – toki, do – bajarish ma’nosini anglatuvchi xizmatchi so`zlar, operatorlar takrorlanish tanasini belgilaydi. Takrorlanish tanasida bitta yoki bir necha opeatorlar guruhi bo`lishi mumkin. Bunda operatorlar guruhi, begin va end ga olib yoziladi.

    1-misol. a haqiqiy son berilgan bo`lsin. Shunday eng kichik butun musbat k sonini topish talab qilinsinki, bu son 3 k > a shartni qanoatlantirsin.

    Yechish. Masalaning dasturini tuzish uchun 3k ifodaning qiymatini saqlaydigan qo`shimcha o`zgaruvchi kattalik kiritishimiz lozim. Agar uni S bilan belgilasak, u holda k=0 da S=1 dan boshlab, bitta qadam bilan o`zgarishda yuqoridagi formulani S=S*3 rekkurent formula bilan almashtiramiz. U holda takrorlanishdagi hisobdan chiqish sharti S > a bo`ladi. Dasturni tuzamiz.

    Program wel;

    Var k: integer; S, a: real;

    Begin S:= 1; k:= 0; a:= 30; While S<= a do

    Begin S:= S*3; k:= k+1;

    Writeln(‘k=‘, k, ‘S=’, S); end; End.

    Natijada a = 30 son uchun eng kichik k son 4 ekan.



    Download 1.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   275




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling