Algoritmlar. O’quv-uslubiy majmua


Funktsiya qism dasturi va unga murojaat


Download 1.78 Mb.
bet209/275
Sana08.01.2022
Hajmi1.78 Mb.
#247819
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   275
Bog'liq
Algoritmlar

Funktsiya qism dasturi va unga murojaat. Funktsiya qism dasturining umumiy ko`rinishi quyidagicha: Function < nom > (< soxta parametrlar ro`yxati >): < tur >; bu yerda function – xizmatchi so`z, <nom> - funktsiyaning nomi, <soxta parametrlar ro`yxati> - kiritiladigan soxta parametrlar sanab o`tiladi, <tur> - funktsiya natijasining turi. Bunda natija funktsiya nomida hosil bo`ladi. Bundan tashqari, funktsiyani parametrsiz ko`rinishini ham yozish mumkin:

Function < nom >:< tur >;

Har ikkala holda ham funktsiya natijasi funktsiya qism dasturi tanasida funktsiya nomiga hech bo`lmaganda bir marta o`zlashtirilishi shart. Funktsiya qism dasturiga murojaat uning nomi orqali amalga oshiriladi. Funktsiyaga murojaat qilinadigan joyda funktsiyaning nomi yoziladi.

1-misol. y = xn ni funktsiya qism dasturi ko`rinishida ifodalang.

Yechish.



Function Step2(n: integer; x: real): real ;

Var i: integer;

y: real;

begin y:= 1;

for i:= 1 to n do

y:= y*x;

Step2:= y

end.

Bu funktsiya qism dasturining nomi Step2 bo`lib, unda berilganlarni aniqlaydigan n, x parametrlari sanab o`tilgan. Lokal o`zgaruvchi y ning qiymati funktsiya qism dasturining nomi Step2 ga o`zlashtiriladi. Funktsiya qism dasturining natijasi haqiqiy bo`lib, u funktsiyaning sarlavhasida ko`rsatilgan. 2-misol. z=(a5+a -5)/(2am) funktsiyani hisoblash dasturini tuzing.

Yechish.

Program Step1;

Var m: integer; a, z, r: real;

function step2(n: integer, x: real): real;

var i: integer; y: real;

begin y:=1;

for i:=1 to n do y:=y*x;

step2:= y

end;

Begin read(a, m);

writeln(‘a=’, a, m=’, m);

z:=step2(5, a)+step2(5, 1/a);

if m = 0 then r:=1 else

if m >0 then r:=step2(m, a) else r:=step2(-m, 1/a);

z:=z/(2*r); writeln(‘z=’, z); End.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. O`.T.Haitmatov va b.Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. TKTI. 2005 y.

  2. O`.T.Haitmatov va b. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan laboratoriya ishlarini bajarish ushun uslubiy qo’llanma. T. TKTI. 2005 yHolmatov T.X.,Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va kompyuterning dasturiy ta’minoti. T.Mexnat, 2000 y. 27-32 b.

  3. В.А. Острейковский Лабораторный практикум по информатике: Учебное пособие для вузов. — М.: Высш. шк., 2003.

  4. Культин Н.Б.Программированиев Турбо Паскаль и Дельфи. СПб.:БХВ-Стнкт-Петербург,1999А.В. Петров и др. Вычислительная техника и программирование. Учебник для технических вузов.М.:Высш. шк.,1990.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   275




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling