Algoritmlarni grafik ifodalsh vositalari
Download 0.79 Mb.
|
ALGORITMLARNI GRAFIK IFODALSH VOSITALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritm tuzilishi Chiziqli tuzilishdagi algoritm Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm
- Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm
- Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm
ALGORITMLARNI GRAFIK IFODALSH VOSITALARI Reja:
Tayanch so’z va iboralar: Chiziqli, tarmoqlangan, davriy hisoblash jarayonlari Algoritmlar asosan quyidagi sxemada keltirilgan tartib bo‘yicha tasniflanadi Algoritm tuzilishi Chiziqli tuzilishdagi algoritm Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm Bularni birin-ketin ko‘rib chiqamiz. Chiziqli tuzilishdagi algoritm Chiziqli tuzilishdagi algoritmlar umuman mantiqiy shartlarni o‘z ichiga olmagan bo‘lib, har bir qadam bir marotaba va ketma-ket bajariladi An A2 A1 Boshlash Tamom Bu yerda A1, A2, .., An ketma-ket bajariladi va algoritm o‘z ishini tugatadi. Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritmlarda kamida bitta mantiqiy shart bo‘lishi kerak. Ushbu shartning qiymati bajarilishi lozim bo‘lgan ketma-ketlikni o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Masalan - - + + 1-shart A1 A2 A5 ○ A3 A4 ○ 2-shart Ushbu algoritmda agarda 1-shart bajarilsa A1,A2,A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1-shart bajarilmasa va 2-shart bajarilsa bu holda A3 va A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1 va 2-shartlar bajarilmasa bu holda A4 va A5 qadamlar bajariladi. Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm Ba’zi-bir algoritmlarda bajarilishi lozim bo‘lgan qadamlar takrorlanishi talab qilinadi. Ushbu jarayon sikl deb ataladi va bevosita ma’lum-bir shartni bajarilishi bilan bog‘lanadi. Ya’ni agar shart bajarilsa hisoblash jarayoni takrorlanadi aks holda sikl tugatiladi. - + A B ○ shart ○ - + A B ○ shart ○ a) b) Keltirilgan a) va b) variantlarda sikllar bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunki a) variantida shart bajarilgan holatda A bandi bajariladi, aks xolda ushbu band umuman bajarilmaydi. Ikkinchi sikl b) variantida esa, shartning qiymati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kamida bir marotaba A bandi bajariladi. Ushbu ko‘rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar iteratsion algoritmlar deb ataladi. + ○ m,n n=n-m m=m-n + - - mn m>n m ○ Tamom boshlash Misol sifatida Yevklid algoritmini to‘liq keltiramiz. Lekin ba’zida takrorlanuvchi tarkibni maxsus sikl yasovchilar yordamida tuzilishi mumkin va undagi qadamlar sonini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu yerda keltirilgan “A” bandi siklning sarlavhasi deb atalmish parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni i=k,m,n larga. Masalan i=1,10,1 bo‘lsa “A” qadami 10 marta bajarilgan bo‘ladi. Ushbu ko‘rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar esa siklik algoritmlar deb ataladi. - + A B 1>0 ○ - + shart Ba’zida cheksiz ko‘rinishdagi algoritmlardan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ushbu ko‘rinishlagi algoritmlarni, masalan, quyidagi yaratish mumkin. Bu yerda keltirilgan 1-shart, ya’ni “1>0” doimo bajariladi, shundan so‘ng “A” qadami bajarilib, 2-shartga o‘tiladi. Ushbu 2-shartda jarayondan chikib ketish albatta bo‘lishi kerak, aks holda jarayon cheksiz bajariladi va bu algoritmni noto‘g‘ri tuzilganidan dalolat beradi. Yana bu yerda “B” band umuman bajarilmaydi. Siklik algoritmlarda ham cheksiz jarayonni yaratish mumkin. Lekin xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, har kanday cheksiz jarayondan albatta undan chiqish usuli bo‘lishi shart. Takrorlanuvchi algoritmlarning ya’ni bir xususiyati mavjud, bu ham bo‘lsa ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi. Masalan bizga 2 ta takrorlanuvchi algoritmlar berilgan va ularni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlaymiz 1 2 1-rasm 1 2 2-rasm 1 2 3-rasm Bu yerda keltirilgan variantlardan 1- va 3-rasmlarda keltirilgan algoritmlarga o‘rin bor. 2-rasmda keltirilgan algoritm, ya’ni ikki sikl bir-biri bilan kesishganda, ushbu holat xatoga olib keladi. Yuqorida keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkin. Har qanday takrorlanuvchi, ya’ni siklik algoritmlar bitta kirish va bitta chiqish nuqtasiga ega bo‘ladi. Umuman, har qanday algoritmni yuqorida keltirilgan 3 ta tipli algoritmlardan yasash mumkin. Bu esa o‘z navbatida algoritmlarni yig‘ish imkonini yaratadi, ya’ni masala kichik masalalarga bo‘linadi va ular uchun alohida algoritmlari bloklari tuziladi va keyinchalik ular ketma-ket bir-biri bilan bog‘lanadi. Ba’zida ular bir-birini tarkibiga kirishi mumkin. Asosan katta loyihalarda ushbu texnologiya qo‘llaniladi. Ya’ni, masalaning umumiy blok-sxemasi yaratiladi va ulardagi qadamlar birin-ketin tuzilib dasturga qo‘shilib boriladi. Ushbu texnologiyani qismlash deb atasak bo‘ladi, chunki ular uchun yaratiladigan dasturni qism dastur deb atashishadi. Bu yerda oldindan yaratilgan algoritmlarni qo‘llash imkoni tug‘iladi, qaysikim dasturlovchining qimmatli vaqtini tejashga olib keladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling