Algoritmlarni grafik ifodalsh vositalari


Download 0.79 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1537914
Bog'liq
ALGORITMLARNI GRAFIK IFODALSH VOSITALARI


ALGORITMLARNI GRAFIK IFODALSH VOSITALARI

Reja:

  • Chiziqli hisoblash jarayonlari
  • Tarmoqlangan hisoblash jarayonlari
  • Davriy hisoblash jarayonlari

  •  
    Tayanch so’z va iboralar: Chiziqli, tarmoqlangan, davriy hisoblash jarayonlari
     

Algoritmlar asosan quyidagi sxemada keltirilgan tartib bo‘yicha tasniflanadi

Algoritm tuzilishi
Chiziqli tuzilishdagi algoritm
 
Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm
Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm
Bularni birin-ketin ko‘rib chiqamiz.
 
Chiziqli tuzilishdagi algoritm
Chiziqli tuzilishdagi algoritmlar umuman mantiqiy shartlarni o‘z ichiga olmagan bo‘lib, har bir qadam bir marotaba va ketma-ket bajariladi

An
A2
A1
Boshlash
Tamom



Bu yerda A1, A2, .., An ketma-ket bajariladi va algoritm o‘z ishini tugatadi.
Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritm
Tarmoqlanuvchi tuzilishdagi algoritmlarda kamida bitta mantiqiy shart bo‘lishi kerak. Ushbu shartning qiymati bajarilishi lozim bo‘lgan ketma-ketlikni o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. Masalan
-
-
+
+
1-shart
A1
A2
A5

A3
A4

2-shart
Ushbu algoritmda agarda 1-shart bajarilsa A1,A2,A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1-shart bajarilmasa va 2-shart bajarilsa bu holda A3 va A5 qadamlar bajariladi. Agarda 1 va 2-shartlar bajarilmasa bu holda A4 va A5 qadamlar bajariladi.

Takrorlanuvchi tuzilishdagi algoritm
Ba’zi-bir algoritmlarda bajarilishi lozim bo‘lgan qadamlar takrorlanishi talab qilinadi. Ushbu jarayon sikl deb ataladi va bevosita ma’lum-bir shartni bajarilishi bilan bog‘lanadi. Ya’ni agar shart bajarilsa hisoblash jarayoni takrorlanadi aks holda sikl tugatiladi.
-
+
A
B

shart

-
+
A
B

shart

a)
b)
Keltirilgan a) va b) variantlarda sikllar bir-biridan tubdan farq qiladi. Chunki a) variantida shart bajarilgan holatda A bandi bajariladi, aks xolda ushbu band umuman bajarilmaydi. Ikkinchi sikl b) variantida esa, shartning qiymati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kamida bir marotaba A bandi bajariladi. Ushbu ko‘rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar iteratsion algoritmlar deb ataladi.
+

m,n
n=n-m
m=m-n
+
-
-
mn
m>n
m

Tamom
boshlash
Misol sifatida Yevklid algoritmini to‘liq keltiramiz. Lekin ba’zida takrorlanuvchi tarkibni maxsus sikl yasovchilar yordamida tuzilishi mumkin va undagi qadamlar sonini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Bu yerda keltirilgan “A” bandi siklning sarlavhasi deb atalmish parametrlarga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni i=k,m,n larga. Masalan i=1,10,1 bo‘lsa “A” qadami 10 marta bajarilgan bo‘ladi.
Ushbu ko‘rinishdagi takrorlanuvchi algoritmlar esa siklik algoritmlar deb ataladi.
-
+
A
B
1>0

-
+
shart
Ba’zida cheksiz ko‘rinishdagi algoritmlardan foydalanish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ushbu ko‘rinishlagi algoritmlarni, masalan, quyidagi yaratish mumkin.
Bu yerda keltirilgan 1-shart, ya’ni “1>0” doimo bajariladi, shundan so‘ng “A” qadami bajarilib, 2-shartga o‘tiladi. Ushbu 2-shartda jarayondan chikib ketish albatta bo‘lishi kerak, aks holda jarayon cheksiz bajariladi va bu algoritmni noto‘g‘ri tuzilganidan dalolat beradi.
 
Yana bu yerda “B” band umuman bajarilmaydi.
Siklik algoritmlarda ham cheksiz jarayonni yaratish mumkin. Lekin xulosa qilib shuni ta’kidlash zarurki, har kanday cheksiz jarayondan albatta undan chiqish usuli bo‘lishi shart.
Takrorlanuvchi algoritmlarning ya’ni bir xususiyati mavjud, bu ham bo‘lsa ularning bir-biriga nisbatan joylashuvi. Masalan bizga 2 ta takrorlanuvchi algoritmlar berilgan va ularni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlaymiz
1
2
1-rasm
1
2
2-rasm
1
2
3-rasm
Bu yerda keltirilgan variantlardan 1- va 3-rasmlarda keltirilgan algoritmlarga o‘rin bor. 2-rasmda keltirilgan algoritm, ya’ni ikki sikl bir-biri bilan kesishganda, ushbu holat xatoga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan shunday xulosa qilish mumkin. Har qanday takrorlanuvchi, ya’ni siklik algoritmlar bitta kirish va bitta chiqish nuqtasiga ega bo‘ladi.
Umuman, har qanday algoritmni yuqorida keltirilgan 3 ta tipli algoritmlardan yasash mumkin.
Bu esa o‘z navbatida algoritmlarni yig‘ish imkonini yaratadi, ya’ni masala kichik masalalarga bo‘linadi va ular uchun alohida algoritmlari bloklari tuziladi va keyinchalik ular ketma-ket bir-biri bilan bog‘lanadi. Ba’zida ular bir-birini tarkibiga kirishi mumkin.
Asosan katta loyihalarda ushbu texnologiya qo‘llaniladi. Ya’ni, masalaning umumiy blok-sxemasi yaratiladi va ulardagi qadamlar birin-ketin tuzilib dasturga qo‘shilib boriladi. Ushbu texnologiyani qismlash deb atasak bo‘ladi, chunki ular uchun yaratiladigan dasturni qism dastur deb atashishadi. Bu yerda oldindan yaratilgan algoritmlarni qo‘llash imkoni tug‘iladi, qaysikim dasturlovchining qimmatli vaqtini tejashga olib keladi.
Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling