- ALGORITMLARNI YARATISH USULLARI VA TURLARI.
ALGORITM SO’ZI QAYSI O’ZBEK MUTAFAKKIRI ISMIDAN KELIB CHIQQAN? - Buyuk o’zbek mutafakkiri Al-Xorazmiyning
- (783-855) ishlari bilan yevropaliklarning birinchi
- bor tanishishi bilan bogliqdir. Bu ilmiy ishlar ularda
- juda chuqur taasurot qoldirib, algoritm (algoritm)
- so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldiki, u
- Al-Xorazmiy ismining lotincha aytilishidir.
- A l g o r i t m - bu biror masalani yechish uchun bajarilishi zarur bo’lgan buyruqlarning tartiblangan ketma-ketligidir. Har bir algoritm aniq va tugallangan qadamlarga bo’lingan bo’lishi kerak.
ALGORITMNING XOSSALARI - 1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Tugallanlangan amallar ketma-ketligi qadam deyiladi. Demak, algoritm chekli qadamlardan iborat bo’lishi kerak.
ALGORITMNING TUSHUNARLILIK XOSSASI - 2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |