Alibaba group sultanov baxrom


Download 194.03 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi194.03 Kb.
#1412134
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ALIBABA GROUP

MEDIAAKTIVLAR :

  • Milliarder Jack Ma tomonidan asos solingan „Alibaba“ oʻtgan yillar davomida mediakativlarning katta qismini, shu jumladan, bosma, televideniye, internet, ijtimoiy tarmoqlar va reklama aktivlarini yiqqan. Xususan, Twitterʼning xitoycha koʻrinishi boʻlgan Weibo platformasining 30 foiz ulushiga, shuningdek, bir nechta mashhur raqamli va bosma yangiliklar nashrlarining ulushiga egalik qiladi. Bundan tashqari, qayd etilishicha, kompaniya tarkibiga Gonkongda joylashgan «Alibaba Picture Group» kinokompaniyasi hamda Xitoyning eng yirik video platformalaridan biri boʻlgan «Yoku Tudou» ham kiradi.
  • Xitoy hukumati „Alibaba Group“dan ommaviy axborot vositalaridagi aktivlaridan voz kechishni iltimos qilgan. Hukumat kompaniyaning XXRdagi jamoatchilik fikriga taʼsiridan xavotirdaligi bois shu qarorga kelgan. Bu masala boʻyicha munozaralar 2021-yilning boshida — nazorat organlari asosiy ishi savdo-sotiq boʻlgan kompaniyaga tegishli boʻlgan mediaaktivlar roʻyxati bilan tanishgandan soʻng boshlangan. Hukumat kompaniyadan mediaaktivlari sezilarli darajada kamaytirish rejasini ishlab chiqishni soʻragan

KORPORATIV BOSHQARUV :

  • „Alibaba“ning asosiy hammuassisi Jack Ma kompaniya tashkil topganidan 2019-yil 10-sentyabrigacha boʻlgan sobiq ijrochi raisidir. Amaldagi ijrochi raisi – 2019-yil 10-sentyabrda Ma oʻrnini egallagan Daniel Zhang va shuningdek, 2015-yildan buyon „Alibaba“ bosh direktori. Shuningdek, u 2015-yilda «Hupan» biznes maktabiga asos slogan.
  • Joseph Tsai 2013-yildan beri Alibaba raisining ijrochi oʻrinbosari. J. Michael Evans 2015-yildan buyon Alibaba prezidenti. „Alibaba“ direktorlar kengashiga yuqori menejment Jack Ma, Joseph Tsai, Daniel Zhang, J. Michael Evans va rejissyor Eric Jing, shuningdek, Chee Hwa Tung, Walter Kwauk, Börje E. Ekholm va Wan Ling Martello kabi mustaqil direktorlar kiradi. Bundan tashqari, „Yahoo!“ asoschilaridan biri va sobiq bosh ijrochi direktori Jerry Yang. Masayoshi Son („SoftBank“ asoschisi va bosh direktori) 2020-yilda lavozimidan ketishdan oldin firmaning boshqaruv kengashida ishlagan

Download 194.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling