Alibek Rustamov Alibek Rustamov


Download 0.64 Mb.
bet5/10
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1011392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Alibek Rustamov

Xonim kim? Begim kim?
Xotinlarni falonchi xonim yoki begim deb atash bor. Bu so’zlardagi «-im» qo’shimchasini egalik qo’shimchasi deb tushunish bor. U holda nima uchun egalik qo’shimchasi qo’shilganda xon bilan bek ayol kishiga aylanadi, degan savol tug’ilishi tabiiy. Vaholanki, «xonim» va «begim» so’zlaridagi «-im» qo’shimchasi egalik qo’shimchasi emas. Qadim turkiy tillarda ona ma’nosidagi «uma» so’zi bo’lgan. «Begim» va «xonim» so’zlari tarkibidagi «-im» ana shu «uma» so’zining ixchamlashganidir. Demak, aslida «xonim» «mening xonim» emas, xon-ona va begim «mening begim» emas, beg ona degan ma’noda ekan.

«So’pi» so’zining ma’nosi


To’rg’ay qushi ba’zan «so’pito’rg’ay» deb ataladi. Bu so’zdagi «so’pi»ning aslida «so’fi» yoki «sufiy» deb tushunuvchilar bor. Ammo bu qushning asl oti «to’rg’ay», «so’pi» aniqlovchidir. Bu «so’pi»ning muazzin, ya’ni azon aytuvchi ma’nosidagi «so’fi» so’ziga ham, «darvesh» ma’nosidagi «sufiy» so’ziga ham hech qanday aloqasi yo’q. «So’pi» so’zining ma’nosi «konus»dir. Konussimon, ya’ni quyi qismi keng bo’lib, yuqoriga uchli bo’lib borgan har qanday narsani «so’pi» deyiladi. Tasbihning so’pisi ham konussimon bo’lgani uchun shunday deb atalgan. Boshi shu shaklga ega bo’lgan kishini «so’pibosh» deydilar. Agar biror narsaga konus shakli berilsa, «so’pilandi» deyiladi. To’rg’ayning boshi so’pi, ya’ni konussimon bo’lgani uchun «so’pito’rg’ay» deyilgan. Binobarin, bu so’zni yozishda ham «so’fito’rg’ay» deb «f» harfi bilan emas, «so’pito’rg’ay» deb «p» harfi bilan yozish kerak.

«Erkak» so’zini insonga nisbatan ishlatmaslik kerak


Ba’zan erlar kiyimini «erkak» so’zini noto’g’ri tushunish natijasida «erkaklar kiyimi» deyiladi. Bu to’g’ri emas. Chunki o’zbek adabiy tilida «er» so’zi insonga va «erkak» so’zi hayvonlarga nisbatan ishlatiladi. «Er» so’zi «xotin»ning, «erkak» so’zi esa «urg’ochi», «moda»ning ziddidir. «Erkak» so’zi ba’zi xotinlarning nutqida erni kamsitish maqsadida yoki uyalib, tortinib tilga olish natijasida erga nisbatan ishlatiladi. Buni hisobga olish kerak va «erkak» so’zini insonga nisbatan ishlatmaslikka harakat qilish lozim.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling