Alibek Rustamov Alibek Rustamov
Download 0.64 Mb.
|
Alibek Rustamov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda akademik Alibek Rustamiy vafot etdi
Alibek Rustamov Alibek Rustamov Alibek Rustamov (1931.15.5, Yangiyoʻl sh. - 2013.10.10) — manbashunostilshunos olim. Oʻzbekiston FAakad. (1995), filol. fanlari d-ri (1968), prof. (1968). Oʻrta Osiyo universiteti sharq fakultetining eronafgon boʻlimini tugatgan (1955). Shu untning tilshunoslik kafedrasida laborant (1956—57), aspirant (1957-59), oʻqituvchi (1960). Oʻzbekiston FA Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi (1960-61), ToshDU sharq fakulteti dotsenti (1961-65), Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti umumiy tilshunoslik kafedrasining mudiri (1965—90), Toshkent sharqshunoslik instituti turkiishunoslik kafedrasining mudiri (1991—99), kafedra prof. (2000 yildan). R. asarlari turkiishunoslik hamda umumiy tilshunoslikning amaliy va nazariy masalalariga, qad. turkiy (uzbek) tili va yozuvi, Navoiy asarlari tilini oʻrganishga, uslub va uslubshunoslik, aruz sheʼr tizimi, mumtoz adabiyot terminlari tadqiqiga bagʻishlangan; u, shuningdek, ilmiy va badiiy tarjima bilan shugʻullanadi (Mas, Atoulloh Husayniyning "Badoye ussanoye" asarining forschadan uzbekchaga, Alisher Navoiyning "Mahbub ulqulub" asarining ruschaga tarjimasi); "Oʻzbek tilining izohli lugʻati"ni (1981) tuzishda qatnashgan. O‘zbekistonda akademik Alibek Rustamiy vafot etdi O‘zbekistondan kelgan xabarlarga ko‘ra, taniqli sharqshunos, navoiyshunos, manbashunos olim, akademik Alibek Rustamiy 82 yoshida olamdan o‘tgan. Tilshunos olim Alibek Rustamiy 150dan ortiq ilmiy ishlar muallifi edi. U faoliyatining katta qismini Alisher Navoiy asarlari ilmiy talqiniga bag‘ishlagandi. Aynan Navoiy asarlari olimning ilmiy izlanishlari bosh mavzusi bo‘lgan. "Alibek Rustamiyning vafoti ilm ahli uchun katta yo‘qotish", deydi navoiyshunos olim Aziz Qayumov. "Men Alibek Rustamiy bilan 1952-1953 - yillar boshlarida tanishganman. Alibek o‘sha paytlar Toshkent Davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti Fors filologiyasi bo‘limi rus guruhida tahsil olardi. Men ularga dars berganman. Alibek talabalik paytidan juda qiziquvchan, ilmga chanqoq inson edi. Undan ajoyib tilshunos olim chiqishiga ishonganman va bu ishonchim keyinchalik o‘zini oqladi", deya eslaydi Aziz Qayumov. Olim Alibek Rustamiy butun umrini ilmga bag‘ishlagan inson bo‘lganini aytadi. "Alibek oliygoh tahsilini tugatgach, ko‘p yillar Respublika rus tili va adabiyoti institutida tilshunoslik bo‘yicha dars bergandi. Keyin Toshkent sharqshunoslik instituti ishladi...O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi katta ilmiy xodimi bo‘ldi. U Alisher Navoiyning ko‘plab asarlarini ilmiy jihatdan tahlil qilib berdi. "Mahbub ul-qulub" asari bo‘yicha, Navoiy tili fonetik va morfologik xususiyatlari bo‘yicha ilmiy ishlar yoqlagandi. Alibek Rustamov yirik manbashunos ham edi. Arab, fors, eski o‘zbek tili bo‘yicha juda ko‘p manbalarni o‘rganib chiqqandi. Alibek qilgan ishlar haqida ko‘p gapirish mumkin. Lekin, u kishi bir katta ish qilganlar. Mahmud Qoshg‘ariyning "Devoni lug‘ati Turk" asarini arab tilidan rus tiliga o‘girganlar", deydi olim. 1967 yil Navoiy tavalludi 525 yilligi arafasida uning o‘zbek tilida 15 tomlik asarlari, rus tilida 10 tomligi bosiladi. Aziz Qayumov bu ishda Alibek Rustamiyning katta hissasi bo‘lganini eslaydi. Alibek Rustamiy turkiy tillar, she‘rshunoslik, adabiyotshunoslikka oid o‘nlab ilmiy-badiiy maqolalar muallifi ham edi. Bundan tashqari olim "Qur‘oni Karim"ning ma‘noli tarjimasiga yirik hissa qo‘shgan. "Alibek Rustamiy hammamiz uchun juda qadrli inson edi. U ilm ahli orasida katta hurmat qozongan, o‘zi esa, o‘ta kamtar, mehnatsevar olim sifatida tarixga qolishiga ishonaman", deydi taniqli adabiyotshunos olim Aziz Qayumov. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling