Alibek Rustamov Alibek Rustamov


Download 0.64 Mb.
bet6/10
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1011392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Alibek Rustamov

Telbalarning so’zi
Matbuotda, «qayinona»dagi «qayin» so’zi «xotin» so’zidan kelib chiqqan, «qayinona» aslida «xotin ona» bo’lgan, degan fikr e’lon qilindi. Bu fikr to’g’ri emas. Birinchidan, o’zbek tilidagi tarixiy tovush o’zgarishlarida «t» tovushi «y»ga aylanmaydi. «Qayin» so’zi qadim «xotin» shaklida emas, «qazin» shaklida bo’lgan va uning ma’nosi nikoh natijasidagi qarindoshlikdir.
Mazkur fikr muallifining ikkinchi xatosi shundan iboratki, u «qayinota», «qayinini» so’zlarini hisobga olmagan. Agar qayin «xotin» bo’lgan bo’lsa, demak qayinota «xotin ota» va qayinini «xotin ini» bo’lgan bo’ladi. Xalq bu usulda so’z yasamaydi. Kuyov kelinning, kelin kuyovning, masalan, balog’atga yetmagan ukasiga, agar sog’ bo’lsa, «xotin uka» deb murojaat qilmaydi. Telbalarning so’zini esa xalq o’z tiliga kiritmaydi.

Kishining yoli bo’lmaydi


Endi g’alat ta’bir va noto’g’ri iboralarga aniqlik kiritishimiz lozim.
«Yuragida yoli bor» degan ibora bor. U aslida yuragida yolini bor degan shakldadir. Ya’ni, ikkinchi so’z «yol» emas, «yolin»dir.
«Yolin» so’zining ma’nosi «alanga» bo’lib, buni mumtoz shoirlarimiz ko’p ishlatadilar. Masalan, Navoiyda:
O’rtasa ishq meni, so’rma sabab,
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab
degan satrlar bor. Mazkur iboraning to’g’risi «yuragida yolini bor» va bu ibora «yuragida o’ti bor» iborasining ma’nodoshi ekan. Binobarin, uni «yuragida yoli bor» deyish noto’g’ri va kishini chalg’itishdan iborat ekan. Chunki kishining yuragida yol bo’lmaydi. Hatto ko’kragida ham bo’lmaydi. Yol ot, eshak, xachir kabi hayvonlarda bo’ladi. Shuning uchun «ko’kragida yoli bor» deyish ham noto’g’ri, «ko’kragida yolini bor» deyish zarurdir.

«Mirishkor»mi, «mirshikor»mi?


Ba’zan «mirshikor» so’zini «mirishkor» tarzida o’rinsiz ishlatadilar. Holbuki, buning to’g’ri shakli «mirshikor» bo’lib, «mir» va «shikor» so’zlaridan yasalgandir. «Shikor» ov degani, «mir» esa «mirob», «mirshab» so’zlaridagi «mir» bo’lib, «amir» kabi boshliq ma’nosini bildiradi. Aslida «mir» «amir» so’zining qisqargan shakli. «Amir»ning lug’aviy ma’nosi «buyurguchi»dir. «Mirshab» deb tungi qorovullarning, «mirob» deb suvchilarning, «mirshikor» deb ovchilarning boshlig’iga aytiladi. «Mirshikor» so’zini dehqonlarga nisbatan «mirishkor dehqon» deb ishlatish to’g’ri emas.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling