Alibek Rustamov Alibek Rustamov
Chigit tikilmaydi ham, qadalmaydi ham!
Download 0.64 Mb.
|
Alibek Rustamov
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Shoir» so’zining ma’nosi
Chigit tikilmaydi ham, qadalmaydi ham!Ba’zilar «chigit ekildi» degan ma’noda «baraka urug’i tikildi», «urug’ qadaldi» degan iboralarni ishlatadilar. Holbuki, xalqimiz uruqqa, jumladan chigitga nisbatan «tikmak» va «qadamoq» fe’llarini ishlatmaydi. Chunki buning zararli tomoni bor. Bu shundan iboratki, buni eshitgan bolalar mazkur fe’llarning ma’nosi haqida yanglish tasavvur hosil qiladilar, natijada maxsus so’zlarning ahamiyati yo’qolib, nutq kambag’allashib va noaniqlashib boradi. Mazkur o’rtoqlar, o’zlaricha, biz nutqimizni rang-barang qilyapmiz, uni badiiylashtiryapmiz deb o’ylasalar kerak. Lekin rang-baranglikning o’rni, o’z vaqti va chegarasi bor. Yoz chillasida yangi kelin har kuni yoki bir kunning o’zida ko’ylagini yangilashi mumkin, lekin sepini ko’rsataman deb, ko’ylakni pidjak, yubka bilan almashtirmaydi. «Chigit ekdi» yoki «urug’ sochdi» deyish o’rniga nutqni rang-barang qilaman deb, «urug’ tikdi yoki qadadi» degan o’rtoqlar yoz chillasida ko’ylakni palto bilan almashtirgan kishiga o’xshaydi. «Qadamoq» fe’li umuman ekinga nisbatan ishlatilmaydi. «Tikmak» fe’li ko’chatga nisbatan ishlatiladi, chunki uning ma’nosi tikka qilib qo’ymoqdir. Binobarin, bu fe’l bayroqqa nisbatan ham ishlatiladi. «Ekmak» fe’li esa, uruqqa ham ko’chatga nisbatan ishlatiladi. «Shoir» so’zining ma’nosi«Shoir» so’zining lug’aviy ma’nosi «tuyg’uchi» bo’lib, urfiy ma’nosi she’rchidir. «She’r»ning lug’aviy ma’nosi «tuyg’u» bo’lib, urfda, asosan, hissiyot va qisman tafakkur, qisqacha qilib aytganda, zavq natijasida vujudga kelgan badiiy so’zlamni bildiradi. Ammo shoir so’zi o’zining bildirmishi nuqtai nazaridan teran mazmunga ega bo’lib, maxsus fazilatga ega bo’lgan kishini bildiradi. Bunday kishi birinchi navbatda inson darajasiga erishishga harakat qilishi shart. Bu faqat shoirga emas, hamma uchun kerak. Lekin bu bo’lmasa, shoirlikning poydevori, sodda qilib aytganda, tagi bo’sh bo’ladi. Poydevori bo’sh imorat tez yemirilganidek, insoniy asosi sust bo’lgan shoirning she’ri ham, o’zi ham tez shikast yeydi». Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling