Alifbe davrida yozuv darslarini tashkil etish Reja: Alifbe davri Alifbegacha davrda yozuv


Download 39.58 Kb.
bet10/18
Sana17.06.2023
Hajmi39.58 Kb.
#1520377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Alifbe davrida yozuv darslarini tashkil etish

To’qqizinchi guruh mashqlari

Darsning maqsadi. Harf unsurlarini bir qatorga to’g’ri joylashtirishga o’rgatish.

Birinchi vazifa. o’quvchilarga bir qator ovalsimon shaklni chizdirib mashq qildirish.

Ikkinchi vazifa. o’quvchilarga zangori qalam bilan oval shakli ichiga har xil masofada tayoqchalar chizib chiqishni topshirish.

Har bir tayoqcha olma shaklining o’rta qismi, ya'ni uning o’ng va chap tomonlari vazifasini bajaradi. Olma shaklining tashqarisiga ham kichik tayoqcha chiziladi, bu esa uning bandi hisoblanadi.

Tayyorgarlik mashqlarini bunday tashkil etish o’quvchilarni ruchka bilan yozishga tayyorlashda katta rol o’ynaydi. Ammo tayyorgarlik davrida o’quvchilar yozuvga taalluqli bo’lgan hamma malakalarni to’liq hosil qiladilar deb bo’lmaydi. Shuning uchun ayrim tayyorgarlik mashqlarini harflarni o’rgatish davrida ham olib borish mumkin. Masalan, kichik harfini yozishni o’rgatishda uning ikkinchi tagi tugunchakli unsuri bog’lanishida qiynalishlari tnumkin.

Yuqorida ko’rsatilgan tayyorgarlik mashqlarini o’qituvchi o’quvchilarning kuchiga qarab biroz soddalashtirishi yoki, aksincha, murakkabroq qilib olishi mumkin.

«Yozuv daftari»da harflarning eng ko’p qo’llaniladigan asosiy unsurlari bilan tanishtiruvchi materiallar bilan birga unsurlarni qo’shib yozish uchun mo’ljallangan ayrim mashqlar ham berilgan. Bu mashqlar o’quvchilarning qo'1 harakatini uzmasdan qo’shib yozishlarida katta rol o’ynaydi.

Ayrim mashqlarda harf unsurlari nuqtalar bilan qo’shib beriladi, bunday ishlar o’quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o’stirishga katta yordam beradi.

«Yozuv daftar»idagi raashqlarning ko’pchiligida unsur aralash beriladi, chunonchi, bir qatorda kichik tayoqcha, cho’zinchoq doira shakli va boshqalar.

O’quvchilar uchun tanish bo’lgan unsurlarni bunday aralash qilib berish ularni yozuvga tayyorlashda muhim rol o’ynaydi, chunki bir qator yozuvda bir necha xil unsur takrorlanadi. Mashqlarni bunday tuzish takrorlash vazifasini ham bajaradi.

«Yozuv daftari»da namunalar berilgan bo’lsa ham, sinfda husnixat mashqlari o’qituvchi tomonidan xattaxtada yozib ko’rsatilgan namunalar asosida olib boriladi. Shuning uchun har bir o’qituvchidan harf shaklining yozilishini yaxshi bilish talab etiladi.

Yozuv daftarida berilganlar bilan o’qituvchining yozib ko’rsatgan namunasi o’rtasida farq bo’lmasligi kerak.

o’qituvchi yangi materialni to’liq tushuntirib bergach, shu materialni yozuv daftaridan qarab yozishga ruxsat etadi. o’tilmagan harf unsuri yoki harfni mustaqil yozishga ruxsat etilmaydi.



Download 39.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling