«Yozuv daftari»dan foydalanish
«Yozuv daftari» «Alifbe» kitobi asosida tuzilgan bo’lib savod o’rgatish davrida o’quvchilarni yozuv malakalarini shakllantirishga mo’ljallangan. «Yozuv daftari»da harflarning o’rni va shakli aniq berilgan bo’lib, o’quvchilar shu namunalarga qarab yozadilar. «Yozuv daftari» o’qituvchining ishini ancha osonlashtiradi, har bir o’quvchiga harf namunasini yozib berishdan ozod bo’ladi. Ammo shu bilan birga harf unsuri yoki harfning shaklini sinf taxtasida ko’rsatib berishi shart.
«Yozuv daftari»da harf yoki uning unsurlari va so’zla^bilan bir qatorda bo’sh satrlar ham berilgan. Undan har bir o’qituvchi shu kunning topshirig’iga moslab foydalanishi mumkin.
Ba'zi bir betlardagi nuqtachalar bilan berilgan harflarning ustidan ruchka yurgizib chiqish orqali o’quvchilar shu harf shaklini to’g’ri tasavvur qilishga o’rgatiladi. Bu mashqlarni barcha o’quvchilarga qo’llash shart emas. Uni xunuk yozadigan va harflarni yozishda qiynalayotgan o’quvchilarga qo’llash mumkin.
«Yozuv daftari»dan o’quvchilar «Alifbe» davrining oxirigacha foydalanadilar. So’ngra ikki chiziqli oddiy yozuv daftaridan foydalanish mumkin.
«Yozuv daftari»ga yozdirishga boshlashdan oldin ularga sinf partasida o’tirish qoidalari, ruchkani to’g’ri ushlash, daftarni to’g’ri qo’yish qoidalari eslatib o’tiladi. Yozuv mashqlari kichik yoshdagi o’quvchilar uchun mashaqqatli bo’lib, ular tez charchab qoladilar. Bu davrda o’qituvchi o’quvchilarga bir darsda bir necha marotaba jismoniy mashqlar qildirishi lozim.
«Yozuv daftari»ning dastlabki bir necha beti yozuv mashqlari uchun berilgan bo’lib, qolgan betlaridagi harflar alifbe tartibida yozishga o’rgatiladi.
Yozuvga tayyorgarlik davrida o’tkaziladigan 1 soatlik dars namunasini ko’rsatamiz.
Darsning maqsadi.
Yozuv daftari va sharikli ruchka bilan tanishtirish.
Daftarning chiziqlari bilan tanishtirib, qiya chiziqlarning ahamiyatini tushuntirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |