Reja: Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi
Download 0.79 Mb.
|
YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi.
- Yotiq chiziqlar.
YO`L BELGI GURUHLARI VA ULARNING QULLANISHI Reja:
Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi. Yotiq chiziqlar. Ko`ndalang chiziqlar tavsifi. Orolchalar tavsifi Yo`nalishni belgilovchi chiziqlar Yo`l chiziqlari va ularning xarakteristikasi. Yo`llarning qatnov qismida (qattiq qoplamali) bordyurlarda,yo`l elemenlarida yo`l sharoitini ko`rsatuvchi chiziqlarni yo`l belgi chiziqlari deb xisoblanadi va ular yo`l belgilari xamda svetoforlar bilan birgalikda va aloxida qo`llash mumkin bo`ladi. Yo`l chiziqlari harakatlanishni tashkil etishda keng qo`llanib, haydovchining asosiy ehtibori yo`naltirilgan joylarga chiziladi. Yo`l chiziqlari yotiq va tik chiziq guruhlariga bo`linadi. Har bir gurux o`z raqami bilan belgilanadi.Birinchi raqam guruxni (1-yotiq va 2-tik chiziqlarni anglatadi), ikkinchi raqam guruxdagi yo`l belgi chizig`ining tartibini va uchinchi raqam yo`l belgi chiziqning ko`rinishlarini anglatadi. Yotiq va tik chiziqlar. 3.1-rasm. Yotiq chiziqlar. Ma`lumki, yo`l belgi chiziqlari yotiq va tik chiziqlarga bo`linadi. Yotiq chiziqlar asosan harakatlanish tartibini belgilaydi. Yotiq chiziqlar ko`rinishi, yani ranggi bo`yicha oq va sariq rangda bo`ladi. Oq rangli yotiq chiziqlarning o`zi uzluksiz, uzuq-uzuq, yozuvlar va raqamlar ko`rinishidan iborat bo`lib ular bir biridan o`lchamlari bilan farq qiladi. Sariq rangli yotiq chiziqlar uch hil bo`ladi: uzliksiz, uzuq-uzuq va zigzag shaklida. Bularning ham chizilish joylarini, ularning ahamiyatini aniq bilib olish talab etiladi. Yo`lning o`rtasida chizilgan ensiz, sidirg`a oq chiziq qarama-qarshi transport oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi. 3.2-rasm. Yo`lning xavfli joylarida harakatlanish bo`laklari o`rtasida chizilgan uzliksiz oq rangdagi sidirg`a chiziq bo`laklarining chegarasini bildiradi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi. Avtomagistrallarda qatnov qismining chekkasiga chizilgan enli (20 sm) uzluksiz sidirg`a chiziq qatnov qismining chegarasini bildiradi. Chiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin. 3.3-rasm. Yo`lning o`rtasida chizilgan parallel ikki sidirg`a oq chiziq to`rt va undan ko`p bo`lakli yo`llarda qarama-qarshi yo`nalishdagi transport vositalarining oqimini ajratadi. Chiziqni kesib o`tish taqiqlanadi. 3.4-rasm. Yo`lning harakatlanish qismi chetiga yoki yo`l chetidagi to`siqqa (bordyurga) chizilgan sariq chiziq transport vositalarining to`xtashini taqiqlaydi. Belgilangan yo`nalishli transportlarga dahli yo`q. CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin. 3.5-rasm. Yo`lning o`rtasiga chizilgan ensiz uzuq-uzuq oq rangdagi chiziq ikki yoki undan ortiq bo`lakli yo`llarda bo`laklarning chegarasini bildiradi (oraliq masofaning chiziqqa nisbati 1/3). CHiziqni istalgan tarafdan kesib o`tish mumkin. 3.6-3.7-rasmlar. Sidirg`a chiziq yonida chizilgan uzuq-uzuq chiziq faqat biror bo`lakka qayta tizilishga ruxsat etiladi. Ushbu chiziqni kesib o`tish: a) uzuq-uzuq tarafdan mumkin. b) sidirg`a chiziq tomondan taqiqlanadi. 3.8-rasm. Reversiv harakatlanishda qatnov qismining chegarasini belgilaydi. Reversiv harakatlanish amalga oshiriladigan yo`llarda (reversiv svetofor o`chirilgan holatda) qarama-qarshi yo`nalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetofor bo`lmaganda yoki ular o`chirib qo`yilganda 1.9 chizig`ini faqat u haydovchining o`ng tomonida bo`lsa, bosib o`tishga ruxsat etiladi. 3.9-rasm. Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo`nalishli bo`laklarni ajratayotgan 1.9 chizig`ini istalgan tomonidan bosib o`tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o`chirilganda haydovchilar darhol 1.9 chizig`idan o`ngga qayta tizilishlari kerak. Reversiv svetofor o`chirilgan bo`lsa, qarama-qarshi yo`nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig`ini bosib o`tish taqiqlanadi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling