Alifbe davrida yozuv darslarini tashkil etish Reja: Alifbe davri Alifbegacha davrda yozuv
Download 39.58 Kb.
|
Alifbe davrida yozuv darslarini tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozuv sifatini shakllantirish
Alifbe davrida yozuv darslarini tashkil etish Reja: 1.Alifbe davri 2. Alifbegacha davrda yozuv 3. Alifbegacha davrda yozuv darslarini tashkil etish O’quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan oldin, ularni sifatli yozuv qurollari bilan ta'minlash lozim. Yozuvning chiroyli bo’lishi ko’p jihatdan yozuv qurollariga bog’liq. Ularning yozuv qurollarini muntazam nazorat qilib borish o’qituvchining muhim vazifasidir. Dastur talablari bo’yicha 1-sinf o’quvchilari «Alifbe» kitobiga ilova tariqasida chiqarilgan «Yozuv daftari»dan foydalanishlari lozim. «Yozuv daftari» sifatli qog’ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko’rinib turadigan bo’lishi lozim. Daftardagi qiya chiziqlar oralig’i 25 mm, qiyaligi 65°, kichik harflar yoziladigan satr chizig’i oralig’i 5 mmga teng bo’lishi lozim. O’quvchilar uchun tavsiya etiladigan sharikli yoki gelli avtoruchkalarning yo’g’onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo’lib, uzunligi 130 mmdan oshmasligi lozim. O’quvchilar yozuvining sifati ko’p jihatdan yuqorida ko’rsatib o’tilgan yozuv qurollariga bog’liq. Yozuv sifatini shakllantirish Yozuvning sifatini shakllantirish deganda, biz uning aniq va toza, bir xil qiyalikda va balandlikda bo’lishini, bir tekis silliq yozilishini tushunamiz. O’quvchilarda yozuv sifatlarini shakllantirish uchun o’qituvchi quyidagi ko’rsatmalarga amal qilishi lozim:
Harf unsurlari va harflarni to’g’ri bog’lab yozish. Yozuvni 65° qiyalikda yozishga o’rgatish. Har bir qatordagi harflarning bir xil balandlikda bo’lishiga erishish. Harf unsurlari, harflar va so’zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash. Sinfdagi barcha o’quvchilarni bir xil tezlikda ravon qilib yozishlariga erishish. Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari 1. Namunaga qarab yozish Chiroyli yozuvga o’rgatishning eng asosiy usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir. Har bir harf namunasi doskada barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o’quvchilarga daftarda alohida-alohida ko’rsatib berilishi lozim. o’quvchining vazifasi esa doskada eslab qolgan shakllarini (harf, bo’g’in, so’zlar) o’z daftarlariga to’g’ri aks ettirishdir. Doskada yozib ko’rsatilayotgan har bir harf barcha o’quvchilarga aniq ko’rinib turishi shart, agar ayrim o’quvchilar uni ko’ra olmagan bo’lsalar, qaytadan takrorlab ko’rsatish lozim. Ayniqsa, yangi harf yoki ularning bog’lanishini ko’rsatish, vaqtida qayta-qayta takrorlash juda muhimdir. o’qituvchi tomonidan har bir harf yoki harflarning bog’lanishi, og’zaki yoki doskada tushuntirish orqali, qo’lni qayerga qo’yish kerakligi, qayerda qo'1 harakatining burilishi va qayerda bu harakat uzilishi talab etilishi, harflarning baland-pastligi qay darajadaligi kabilar ko’rsatmalar orqali tushuntiriladi. Keyinchalik o’quvchilar ham u yoki bu harfning yozilishini o’qituvchi bayon etgan tarzda tushuntirib beradilar. Download 39.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling