Jismoniy tarbiya fanidan Mavzular to’plami


Download 1 Mb.
bet1/28
Sana02.01.2022
Hajmi1 Mb.
#197248
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
4.Ma'ruzalar matni


O’zbekiston respublikasi
oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va

Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi

Baxmal 1-son kasb hunar maktabi



Jismoniy tarbiya fanidan

Mavzular to’plami

Bo’lim bishlig’i; ochilov qahramon

O’qituvchi; hakimov ulug’bek

2020–yil
Saflanish va qayta saflanish



Saflanish — talabalarning o'qituvchi buyrug‘idan so‘ng biron- bir safda turish uchun bajariladigan harakatdir. Saflanishlarda, o‘qituvchi barcha talabalar ko'ra oladigan joyda turishi shart.

Mashg‘ulot oldidan guruh qoida bo‘yicha bir qator bo‘lib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi.

Saflanish uchun: «bir, ikki, uch qatorga saflan!» buyrug‘i beriladi. Buyruq berilishi bilan guruh sardori yoki navbatchi safni old tomoniga qarab «rostlan!» holatida turadi, guruh uning chap tomonida saflanadi.

Guruhni mashg‘ulotga tayyorligi to‘g‘risida raport berishdan oldin sardor (navbatchi) guruh safini tekislaydi, uni sanatib chiqadi so‘ng, «rostlan!», «0‘ngga tekis lan!», («chapga!», «0‘rtaga») buyrug‘ini beradi.

Guruh sardori (navbatchi) o‘qituvchiga 2—3 qadam yetmasdan (shaxdam qadam bilan) to‘xtaydi va raport beradi: «0‘rtoq o‘qi- tuvchil. Fakultetining ...,kurs...guruhi mashg‘ulot o‘tish uchun saflandi.ro‘yxat bo‘yicha...kishi, safda ...kishi. Sardor (nav­batchi)...» keyin eng qisqa yo‘l bilan o‘qituvchi turgan tekislikka borib, safga qarab turadi. 0‘qituvchi salomlashib, guruh javob qay- targandan so‘ng guruh sardori (navbatchi) o‘qituvchining «erkin!» buyrug‘ini takrorlaydi va safning o‘ng qanotiga turadi.

Saflanish va raport berishni tantanaviy ruhda o‘tkazish lozim.

Mashg‘ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o‘qituvchini jiddiy munosabatda bo‘lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi-qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatishi lozim.

Ketma-ket qatorga saflanish — «ketma-ket qatorga (bir, ikki, uch va h.k.) Saflan!» buyrug‘iga binoan bajariladi. Guruh o‘qituv- chini (navbatchini) qo‘li bilan ko‘rsatgan tomonda bajariladi.

Buyruq bo‘yicha qator, ketma-ket, doira va h.k. Bo‘lib saflanadi. Masalan, «doiraga tur!», «ikki qatorga tur!»

Bir qator dan ikki qatorga qayta saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan so‘ng, «ikki qatorga saflan!» buyrug‘i beriladi. Bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagilar chap oyoqni bir qadam orqaga qo‘yadilar (hisob «bir»), o‘ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o‘ngga qo‘yadilar (hisob «ikki») va safda birinchi turganning orqasiga o‘tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob «uch»).

Bir qatordan uch qatorga qayta saflanish. Dastlab sanab chiqilgandan so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «uch qatorga saf­lan!» bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagilar joyida turadilar, birinchi raqamdagilar o‘ng oyoq bilan bir qadam orqaga, chap oyoqni juftlamasdan turib, oldinga bir qadam qo‘yadilar va o‘ng oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarni orqasiga o‘tadilar. Uchinchi raqamdagilar chap oyoq bilan bir qadam oldinga, o‘ng oyoqni juftlamasdan yonga qadam tashlaydilar va chap oyoqni juftlab, ikkinchi raqamdagilarning oldiga o‘tib turadilar. Avvalgidek, saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «bir qatorga saflan!» qayta saflanish, saflanishga teskari tartibda o‘tkaziladi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling