Jismoniy tarbiya fanidan Mavzular to’plami


Download 1 Mb.
bet2/28
Sana02.01.2022
Hajmi1 Mb.
#197248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
4.Ma'ruzalar matni

Qatordan «qirra bo ‘lib» qayta saflanish. Guruhda dastlabki sanoq, o‘tkazilgandan keyin buyruq beriladi («6—3 joyida», «6—4—2 joyda» va h.k.), so‘ng quyidagi buyruq beriladi: «sanoqlar bilan qadam bos talabalar sanoq, bo‘yicha zarur bomgan qadamni tashlab, so‘ng oyoqlarini juftlashadi. 0‘qituvchi birinchi qator to'xtagunga qadar sanab turadi. Sanoq, 6—3-joyida deb sanalganda 7 gacha; 9- 6—3-joyida deb sanalganda 10 gacha olib boriladi.

Qayta saflanish uchun quyidagi buyruq beriladi: «joyda qadam bos!», safdan chiqqanlarning hammasi orqaga burilib, o‘z joylarga qaytadilar, joylariga yetgach, yana orqaga buriladilar.

0‘qituvchi safni oxiridagi talaba turib, orqaga burilgunga qadar («bir» «ikki» deb) sanab turadi (11 l-rasm).






11 l-rasm.

Qatorni guruhlarning qanotini aylanib о ‘tib ketma-ketga qayta saflanishi. Dastlab uchtadan, to‘rttadan va h.k. Deb sanalgandan keyin quyidagi buyruq beriladi: «guruh, kollonnaga (3—4 va h.k.), chap (o‘ng) yelka bilan oldinga qadam bos!» bu buyruqqa ko‘ra sanab chiqilgan guruhlar front bo‘ylab tekislikni saqlagan holda ketma-ketlik hosil bo‘lgunga qadar, qanot bilan oldinga yuradilar. Ikkinchi buyruq: «guruh, to‘xta!» yana qayta saflanish uchun quyidagi buyruqlar beriladi:

  1. «ortga!»

  2. «bo‘lim bilan bir qatorga. 0‘ng (chap) yelka bilan oldinga qadam bos!»

«guruh to‘xta!»



Umumrivojlantiruvchi mashqlar deb, turlicha tezlik va ko‘lamda maksimal va o‘rtacha mushak ishlashi orqali tananing ayrim qismlari bilan bajariladigan harakatlar yoki ularning birikmalariga aytiladi. Bundan maqsad — jismoniy sifatlarni rivojlantirish, qaddi-qomatni to‘g‘ri shakllantirish, talabalarni murakkab harakat malakalarini egallashga tayyorlashdir.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar jihozlarsiz va jihozlar (gantellar, to‘ldirma to'plar, toshlar, shtangalar, rezina amortizatorlar, tayoqlar va h.k.) Bilan har xil gin nastika jihozlarida va shuningdek,talabalarni bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatishlari orqali bajarilishi mumkin.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar o‘z tarkibiga ko‘ra oddiy bo‘lib, u bilan barcha yoshdagi bolalar va turli yoshdagi kishilar shug‘ul- lanishlari mumkin. Ularni o‘rgatish juda oddiydir: mashqni o‘rganib olish uchun, talaba uni bir necha marta takrorlashi kerak, xolos.

Shuni inobatga olish kerakki, mukammal o‘zlashtirilgan mashqlarni bajargandagina maksimal foyda olish mumkin. Mashqlarni o‘rgatish jarayonida esa barcha mushaklarni qisqarish imkoniyati bir xil jalb qilinadi. Demak, biron-bir jismoniy sifatni rivojlantirish uchun u yoki bu mashqdan foydalanishdan oldin uni yaxshi o‘rganib olishga zaruriat tug‘iladi.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar yordamida tana qismlari va mushaklarni guruhlariga alohida ta’sir ko‘rsatish ham mumkin. Bu xususiyat talabalar organizmiga, ayniqsa, harakat-tayanch apparatiga har tomonlama ta’sir ko‘rsatish va butun tana mushak - larini har tomonlama rivojlantirish imkonini beradi.

Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarayotganda jismoniy yuklamani boshqarish oson. Organizmga jismoniy yuklama berish uchun mashqlar tanlashga va bir mashg‘ulotda ularning soni qancha bo‘lishiga bog‘liq. Bir xil mashqlar (mushakni ishga solish) berishi darajasiga va ishda qatnashadigan mushak guruhlarining soniga ko‘ra, osonroq, boshqalari murakkabroq bo‘ladi.

Mashq bajarilganda mushakdan foydalanish darajasiga ko‘ra o‘zgaradi. Mushak zo‘riqish berish darajasini quyidagi usullar (ayni bir mashqning davom etishini) takrorlash sonini ko‘paytirish, mashqlarni bajarish tezligini o‘zgartirish, og‘irlikni oshirish yoki o‘zaro qarshilik darajasini ko‘paytirish, dastlabki holatni yoki bajarish usulini boshqacharoq qilish orqali o‘zgartirish mumkin.







Tayanib sakrash. Buning uchun avval ikki oyoqlab sakrashni, ko‘prikchaga depsinib chiqib, ikki oyoqlab tushishni o‘zlashtirib olish kerak. Sakrashni bajarishda quyidagilar amalga oshiriladi: yaqinroq masofadan yugurib kelib ko‘prikcha ustiga ikkala oyoqda chiqish va qo‘llarni to‘g‘riga cho‘zib, sport anjomi („kozyol“) ustida tayanch hosil qilish, qo‘l va oyoqlar bilan itarilgan holda qo‘llarni tepaga ko‘tarib, yelka qismigacha olib chiqish. Sakrash mashqini bajarishga xavfsizlik choralari ko‘rilgandagina ruxsat beriladi.

kozyol“ ustidan oyoqlarni yozib sakrash (qiz va o‘g‘il bolalar uchun). Bu mashqni bajarish uchun avval qisqa masofadan yugurib kelib, ko‘prikchadan ikkala oyoq bilan depsinib „kozyol“ ustiga qo‘llar qo‘yiladi va undan itarilib, ikkala oyoq ikki yonga yoziladi, bel biroz egilib, bosh ko‘tariladi. Yerga tushish oldidan oyoqlar juftlanib, biroz bukiladi. Mashqni bajarishdan avval quyidagilarni,

Ya’ni turgan joydan depsinib tepaga sakrashni, oyoqlarni yozib, qayta juftlashni, qo‘llarni tayanch qilib yotgan holatda birdaniga sakrab turish va oyoqlarni bukib-yozishni, uzunlikka, chuqurga, balandga sakrayotganda oyoqlarni bukib-yozishni o‘rganib olish kerak.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling