Alifbe” fanidan dars ishlanmasi mavzu: “ V tovushi va V v harflari” Darsning maqsadi
Download 34.47 Kb.
|
TAT 6-topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvchi
- Darsning borishi
- I.Tashkiliy qism: O’quvchilarni dars shiori bilan tanishtirish — “ BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON” II.Kirish
- III. Mavzu bayoni
1-SINFDA BIR SOATLIK “ALIFBE” FANIDAN DARS ISHLANMASI Mavzu: “ V tovushi va V v harflari” Darsning maqsadi: Ta’limiy : a)O’quvchilarni V tovushi va uning yozuvdagi ifodasi Vv harflari bilan tanishtirish; b) v tovush- harfining so’z tarkibida aniqlay olishni o’rgatish; d) “ Vatanim ” she’rini bo’g’inlab o’qishni o’rgatish. 2.Tarbiyaviy: a) o’quvchilarning “vatan” so’zi haqida tushunchalarini kehgaytirish; b) vatanga, ota — onaga munosib farzand bo’lish bo’lish tuyg’usini singdirish; 3.Rivojlantiruvchi: a) o’quvchilarning “v” harfi bilan bog’liq so’z boyligini oshirish; b) og’zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish; d) mustaqil fikrlashlarini shakllantirish. Dars tipi: Aralash. Dars turi: Nazariy va amaliy. Dars metodi: Og`zaki, amaliy, ko`rsatmalilik. Dars jihozi: Televizor, soat, rangli qog`oz, rangli markerlar Darsning texnik vositalari: Kompyuter, multimediya . Darsning borishi
I.Tashkiliy qism: O’quvchilarni dars shiori bilan tanishtirish — “BU MUQADDAS VATANDA AZIZDIR INSON” II.Kirish : O’quvchilarning o’tilgan harflar yuzasidan bilimlarini harf kassasi bilan ishlash orqali mustahkamlash. 1-qator: “J” harfi ishtirokidagi so’zlar ( m: jo’ja, jiyda,jasorat) 2-qator:“G” harfi ishtirokidagi so’zlar ( m: g’alla, g’alaba’ G’ayrat) 3-qator:“Z” harfi ishtirokidagi so’zlar ( m: zina, ziyrak, zog’cha) O’quvchilar kesma harf va bo’g’inlardan hosil qilgan so’zlarini o’qitish va rag’batlantirish. III. Mavzu bayoni O’quvchilarga “V” tovushini talaffuz qildirish, havo oqimi og’izda qanday to’siqqa uchrayotganligini (tepadagi old tishlar pastki labga tegib, undosh tovush hosil bo’ganini) aniqlash. Tovushning yozuvdagi ifodasi “Vv” harfi bilan ko’rgazmali qurol yordamida tanishtirish Har bir qatorga topshiriq berish: 1-qator “V” harfi so’zning boshida , 2-qator so’zning o’rtasida, 3-qator so’zning oxirida kelishiga imkon qadar misollar keltiradilar ( berilgan rasmlar misollar topishga yordam beradi). vatan tovuq olov vazifa navro’z tanlov varrak televizor darrov vaqt ovqat palov vergul meva kuyov velosiped svetofor undov Darslik bilan ishlash.Berilgan so’zlarni bo’g’inlab o’qitish: Va- tan Na-vo-iy Vo-diy Gav-har To-vus Vo-hid To-vuq Mav-ju-da Dam olish daqiqasini o’tkazish: Download 34.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling