Aliqulov shamsiddinning


Download 347.12 Kb.
bet1/13
Sana02.01.2022
Hajmi347.12 Kb.
#190809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Aliqulov Shamsiddin Taraqqiyotning innovatsion modeli




Qarshi Davlat universiteti

tabiiy fanlar fakulteti sirtqi bo`lim

kimyo yo`nalishi II kurs 019-20 guruh talabasi

ALIQULOV SHAMSIDDINNING

O`zbekistonni rovojlantirish strategiyasi

fanidan



Bajardi ___________________

Qabul qildi ___________________

QARSHI 2020

Mavzu:Taraqqiyotning innovatsion modeli

Reja:

  1. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” – xalqimiz farovonligining muhim omili

  2. O‘zbek modeli o‘zining nazariy va amaliy jihatlariga ega.

  3. Bozor munosabatlariga o‘tishning besh tamoyili:

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Mamlakatimiz uchun hal qiluvchi bir paytda eng to‘g‘ri yo‘l sifatida tanlangan, bugungi kunda o‘zining yuksak samaralarini berayotgan O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos taraqqiyot yo‘li – “o‘zbek modeli” ana shunday eng muhim omillardandir.



Qaltis vaziyat

Yurtimizda 80-yillar oxirida vujudga kelgan vaziyatni chuqur o‘rgangan olimlar, ekspert va tahlilchilar aynan ana shu iborani qo‘llaydilar. Darhaqiqat, o‘sha suronli yillarda O‘zbekistondagi ahvol juda qaltis edi.

O‘sha paytda respublikamiz barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sobiq ittifoq respublikalari ichida oxirgi o‘rinlarda turar edi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish ittifoqdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ancha kam edi.

Qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi oqibatida oziq-ovqat masalasida o‘zgalarga qaram edik. Kundalik ehtiyoj uchun zarur iste’mol mollarining uchdan ikki qismi, hatto oddiy tuz va gugurt ham chetdan olib kelinardi.

Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq hukumat majlisida respublikada vujudga kelgan o‘ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ob’ektiv baho berdi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday yakuniy xulosa chiqardi: “Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi”.

Bu da’vat yurtimizda siyosiy va iqtisodiy mustaqillikka erishish yo‘lida keng qamrovli ishlar, milliy davlatchilik tarixida yangi davrning boshlanishi bo‘lganini keyingi jarayonlar yaqqol ko‘rsatdi.




Download 347.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling