Alisher Navoiy – yuksak ma’aviyat egasi, marifatparvar shoir. Reja: Kirish. I-bob. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida


II-bob. Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining muhim ahamiyat


Download 53.95 Kb.
bet5/7
Sana04.05.2023
Hajmi53.95 Kb.
#1426352
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Alisher Navoiy

II-bob. Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda Alisher Navoiy merosining muhim ahamiyat.

    1. Alisher navoiyning asarlarida ma’naviy barkamollik.

Alisher Navoiy o`zbek adabiyoti taraqqiyoti va o`zbek adabiy tili ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan ulkan ijodkordir.Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ulug` bobokalonimiz shaxsiyati va ijodiga munosabat tubdan o`zgardi. Hazrat Nvoiyning


boy adabiy merosiga to`laqonli va haqqoniy yondashish imkoniga ega bo`ldik. U
zotning ijodini yanada chuqurroq o`rganish bo`yicha ko`plab tadqiqotlar qilinyapti,
ilmiy izlanishlar ko`lami yanada kengaymoqda. Buyuk shoir, mutafakkir Alisher Navoiyning boy va bebaho merosi asrlar mobaynida ajdodlarimizni ezgulikka, mehr-muruvvatga, tinchlik va do`stlikka da`vat etib kelgan. Bobur Mirzo yozadi:
"...turkiy til bila to she`r aytibdurlar, hech kim oncha ko`p va xo`b aytqon emas." Bu haqda shoirning o`zi "Lisonut-tayr"da:
Nazmu nasrim kotibi taxminshunos
Yozsa, yuz ming bayt etar erdi qiyos,- deb yozgan edi. Buyuk mutafakkir, o`zbek adabiy tilining asoschisi, jahon adabiyotining tengsiz namoyandasi, shoirlarning sultoni – bu Alisher Navoiy bobomizdir. Buyuk so`z ustasi Alisher Navoiy o`zbek adabiy tilini dunyoga tanitib qolmasdan, balki beqiyos so`z ustasi bo`lgani uchun ham jahon adabiyotining tengsiz namoyandasidir . Olamda turkiy yoki forsiy tilda so`zlovchi biron – bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa.
Buyuk mutafakkir va alloma mir Alisqer Navoiy butun dunyoni o’z qalami bilan egallab oldi.
Besh asrki nazmiy saroyni,
Titratadi zanjirband bir sher
Temur tigi etmagan yerni,
Qalam bilan oldi Alisher.
Darhaqiqat, sherda keltirilgandek nazmiy va nasriy asarlari bilan butun dunyoni egallab olgan Alisher Navoiy asarlarida yosh avlodni barkamol, ma`naviy yetuklikka erishgan, barcha insoniy xislatlar egasi qilib tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi. Allomaning asarlari nafaqat miqdor jihatidan, balki mazmun-mohiyati bo`yicha ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Uning badiiy va ilmiy asarlari yuzlab olimlar tomonidan o`rganilgan, tadqiq etilgan. Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari, mehnatsevarlik, go’zallikka shaydo qalblarning o’z Vataniga, yoriga bo’lgan otashin muhabbati ulug’lanadi. Adibning lirik asarlarida odam va olam, hayot va uning go’zalliklari o’quvchilarga ravon va sodda qilib yetkazib beriladi. Yosh avlodni ma`nan yuksaklikka erishishida atrofdagilarga doimo yaxshilik qilish, ezgulik urug’ini keng olamga tarqatish bu esa o’z navbatida o’ziga va oila a`zolariga yaxshilik bo’lib qaytishi haqida asarlaridagi qahramonlar, she’riy misralarida o’z ifodasini topadi. Masalan, « Nazm ul- javohir» ( «Gavharlar tizmasi») asari, asosan, tazavvuf g’oyalari orqali talqin qilinadi:
Farzand ato qilligin chu odat qilgay,
Ul odat ila kasbi ko’p rivoyat qilgay,
Har kimki atoga ko’p rioyat qilgay,
O’g’lidin anga bu ish siroyat qilgay.
Adib otaga xizmat kilishning sharofatini birinchi ikki misrada ko’rsatib bermoqda. Keyingi misrada esa yana shu fikrga qaytilgandek ko’rinadi, ammo endi
natijada ayirma bor. Har kim ekkanini o’radi, deganlaridek, otaga qilingan hurmat va ehtirom, albatta qaytadi, ammo uni qaytaruvchi odam mutlaqo boshqa bo’ladi. Mana shu boshqa odam esa keyingi avlod vakili – otasiga yaxshi munosabatda bo’lgan o’g’ilning farzandlaridir.
Allomaning mukammal asarlar to`plami ilgari ham nashr etilgan, biroq o`sha
davrdagi mafkura nuqtai nazaridan asarlardagi butun-butun boblar tushirib qoldirilgan. Mustaqillik yillarida Navoiyning yigirma jildli mukammal asarlar to`plamini to`laligicha chop etish ishlari yakuniga yetdi.Har yili navoiyshunos olimlar tomonidan yangi-yangi ilmiy maqolalar, risolalar yaratilmoqda. Demak, Navoiyni o`rganish, uni yanada chuqur anglash borasidagi izlanishlar izchil davom etayotir. Alisher Navoiy hazrat ijodiyotini bepoyon ummonga qiyoslash mumkin. Uning tubida behisob javohirlar bisyor. Biroq Navoiy olamini hali-hanuz to`la zabt etolganimiz yo`q. Merosini o`rganish asnosida har doim yangidan-yangi kashfiyotlar qilish mumkin. Navoiy badiiyatini olaylik. Uning har bir bayti, misrasini tadqiq etishning o`zi juda katta izlanishlarni talab etadi. Mana uning mashhur bir bayti:
Yuzida terni ko`rib o`lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu, gul bargidin kafan qilg`il.
Bir qaraganda tushunarli va ravon misralar.
Ammo hazrat bu baytda nima demoqchi bo`lganlar ? Bu haqida qator taxmin va talqinlar aytilgan. Lekin hanuz yagona to`xtamga kelingani yo`q. Zero, bu oson ish emas. Navoiyning so`z tanlash va qo`llash mahorati, she`riyatidagi teran falsafa, diniy ma`rifiy qarashlari, Navoiy va jahon adabiyoti... Bu yo`nalishlar bo`yicha hali
qanchadan-qancha yangi ufqlarni ochish mumkin.
Navoiy umrining oxirlarida yozgan "Muhokamatul-lug`atayn" va "Mezonulavzon"
asarlarida o`zining barcha asarlari mundarijasini bergan. Ularning bari
Navoiyning mukammal asarlar to`plamiga kiritilgan. Biroq, bu Navoiyning hamma
asarlari bizning qo`limizda, degan xulosani bermaydi. Ma`lumki, Navoiy hayotlik
chog`ida va undan keyin ham ko`p asarlari, devonlari qayta-qayta ko`chirilgan.
Ularning nusxalarini dunyoning turli mamlakatlaridan topish mumkin, deb
o`ylayman. Sababi - bundan bir necha yil ilgari Hamid Sulaymonov va Fozila
Sulaymonova tomonidan Navoiyning bir qancha yangi g`azali topilgan va chop
etilgan edi. Bu boradagi izlanishlar yana davom ettirilsa, o`z samarasini berishiga
ishonaman. Navoiy merosiga xorijda ham qiziqish katta... Darhaqiqat, allomaning
asarlari hozirga qadar dunyoning o`nlab tillariga tarjima qilingan.
Ko`plab xorijlik olimlar uning hayoti va ijodini tadqiq va tahlil etib
kelishmoqda. Turkiya, Eron, Ozarboyjon va mintaqamizdagi barcha mamlakatlarda
uning asarlari takror va takror nashr qilingan va qilinmoqda. Xususan, Eron va
Tojikistonda Navoiyning fors tilidagi asarlari, jumladan "Devoni Foniy" atroflicha
o`rganilgan, o`rganilmoqda. Ushbu mamlakatlar adabiyotshunoslari fikricha, bu
borada Navoiy fors-tojik adabiyotining eng yetuk vakillari bilan bemalol bellasha
oladi. Navoiy avvalo turkiy adabiyotning zabardast vakili sifatida ma`lum va mashhur. Shu bois, Turkiyada uning merosiga qiziqish katta. So`nggi yillarda bu erda "Mezonul-avzon", "Lisonut-tayr", "Farhod va Shirin" kabi asarlari bosilib chiqdi. Ozarboyjonda Navoiyni sevishadi, ardoqlashadi. Uning ijodi Jannat Nagieva singari taniqli adabiyotshunoslar tomonidan chuqur o`rganib kelinyapti. 2001 yilda
olimaning "Navoiy Ozarboyjonda" nomli kitobi chop etildi. Bobokalonimiz ijod
namunalari rus, nemis, frantsuz va boshqa tillarga ham o`girilgan. O’tgan yili
"Lisonut-tayr" dostoni ingliz tiliga tarjima qilindi. Navoiy asarlarining bugungi
kundagi ahamiyati, yosh avlod kamolotidagi o`rni hozirga qadar o’rganilib
kelinmoqda.Ulug` bobomizning asarlari hech qachon o`z ahamiyatini yo`qotmagan,
yo`qotmaydi ham. Navoiyning o`tkir nigohi faqat o`z davrini emas, balki abadiyatni
va kelajakni ham ko`ra olgan. Bugungi kunda global ahamiyat kasb etayotan istalgan
muammoni oling: ekologik tanglikmi, terrorizmmi, diniy aqidaparastlikmi...
Navoiy asarlaridan javob topsa bo`ladi. Biz buyuk mutafakkirni shuning
uchun ham yuksak barkamollikka erishgan komil inson desak xato qilmaymiz.
Navoiy yilning to`rt fasliga qiyos qilib, o`z umrini to`rt bosqichga ajratadi.
Bolalik, yigitlik, o`rta yoshlik va keksalik. Bolalik 7-8 yoshdan 20 yoshgacha, yigitlik 20 yoshdan, 35 yoshgacha, o`rta yoshlik 35 yoshdan 45 yoshgacha, keksalik 45 yoshdan 60 yoshgacha. Shunga binoat devonlar ham quyidagicha nomlanadi:
1. "G`aroyib-us sig`ar" - bolalik ajoyibotlari,
2. "Navodir-ush shabob" - yigitlik nodirliklari.
3. "Badoyeo-ul vasat" - o`rta yoshlik badiyliklari,
4. "Favoyid-ul kibar" - keksalik foydaliklari.
Yosh avlod tarbiyasida Navoiyning o`lmas merosi muhim o`rin tutadi. Hozir
ba`zi yoshlar orasida jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik singari illatlarning
kuzatilayotgani ma`lum darajada Navoiydan uzoqlashganimizning achchiq mevasidir.
Bunday muammolarga barham berish uchun Navoiy hikmatlarini yosh avlod ongiga bolalikdan singdirib borish kerak. Navoiyni tushunish, tushuntirish uchun uni sevish, sevdirish lozim. Menimcha, yosh avlod qalbida Vatanga, millatga muhabbatni shakllantirishda ham Navoiy asarlarining o`rni katta. Navoiyning nafaqat ijodi, balki sermazmun hayoti ham yosh avlod uchun namunadir. Uning bunyodkorligi, xalqsevarligi, haqiqatparvarligi barchamizga o`rnak bo`lishi lozim. Navoiy ijodi esa barchamizni ogohlikka, ezgulikka, kamtarlikka undaydi. Mana bu purhikmat satrlarga e`tibor bering:
Bahrdin qatrag`a ta`zim ila tahsin ko`rdim,
Mehrdin zarrag`a e`zoz ila ehson topdim.
Ya`ni, dengizdagi tomchiga ta`zim ila tahsin qilganini ko`rdim, quyoshning
zarraga e`zoz va ehson ko`rsatganiga guvoh bo`ldim, deganlar. Shu baytning o`ziyoq hazratning insoniyatni kamtarinlikka, adolat va insofga da`vat etganini ko`rsatadi. Biz haqli ravishda Navoiyni milliy ong va shuurimizning ulug` charog`boni va ilhomchisi deya olamiz. Navoiy qoldirgan ilmiy-adabiy meros hayratlanarli darajada ulkandir. Shoirning epik asari "Xamsa", to’rt lirik devonni o`z ichiga oluvchi "Xazoyin-ul maoniy" asari, falsafiy dostoni "Lison-ut tayr". tarixiga oid "Tarixi anbiyo va hukamo", "Tarixi muluki Ajam", adabiyotshunoslikka oid "Mezon -ul avzon", "Majolis-un nafois", tilshunoslikka oid "Muhokamat-ul lug`atayn", axloqiy-falsaviy asari "Maxbub-ul qulub, tasavvuf tarixiga oid "Nasoim-ul muhabbat", ruboiylar majmuasi "Nazmul javohir", diniy mavzudagi "Arbain", "Sirojul muslimin", xotiralari "Xamsatul mutah-xayirin", "Holoti Said Hasan Ardasher", "Holoti Paxlavon Muxammad", maktublar to`plami "Munshaot", vaqf ishlari xaqida "Vaqfiya" va boshqa bir qator asarlari xalhimizning ma`naviy-madaniy mulki bo`lib qolmoqda. Asarlaridagi Farxod va Shirin, Layli va Majnun kabi ko’plab qaxramonlari yoshlarimizning sevimli qahramonlariga aylangan. Bu qahramonlar orqali o’quvchilar ulardagi mehnatsevarlik, o’z muhabbatiga vafo, xalqni uluglash va ular bilan doimo birga bulish, atrofdagilardan o’z yordamini ayamaslik, vatanparvarlik, tilni va millatni qadrlash kabi ezgu fazilatlarni ko’radilar va ulardan o’rganadilar. Xulosa qilib aytsak, Navoiyning umrboqiy merosi el va elatlarni ezgulik, poklik, haqiqat atrofida jipslashtirishga qodir bo`lgan bebaho boyligimizdir.




    1. Download 53.95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling