Alisher navoiy (1441 1501) « Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir»
Download 46.14 Kb.
|
ALISHER NAVOIY
ALISHER NAVOIY (1441 - 1501) «... Bu ulug‘ amir dinu davlat homiysi, shariat hamda millatning pushti panohidir». Davlatshoh Samarqandiy. «Aning nazmi vasfida til qosir va bayon ojizturur». Husain Boyqaro. «...turkiy tilda hech kim Navoiydek ko‘p va xo‘p she’r aytmagan hamda nazm gavharlarini sochmagan edi». A.Jomiy «Bahoriston» dan. «Undan avval va undan keyin hech kim turkiy tilda she’rni undan ko‘proq va undan yuksakroq yozolgan emas. U forsiy sherni ham ko‘p yozgan. » (Muhammad Haydar Mirzo «Tarixi Rashidiy» dan). Buyuk mutafakkir shoir, olim, musiqachi, rassom va davlat arbobi, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, Bobur ta’biricha, «tili Andijon shevasi bilan rost» bo‘lgan Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirotning Bog‘i Davlatxona atalmish joyida dunyoga kelgan. Otasi G’iyosiddin Muhammad (G’iyosiddin Kichkina) temuriylar saroyidagi amaldorlardan, onasi Shayx Abu Said Changning qizi, tog‘alari Mir Said Qobuliy va Muhammad Ali G’aribiylar esa shoir bo‘lganlar. Alisher 4-5 yoshlaridanoq Qosim Anvarning g‘azallarini, Shayx Sa’diyning «Guliston» va «Bo‘ston» asarlarini, Farididdin Atgorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») asarini berilib o‘qiydi. 1447 yilda Alishsrlar oilasi Iroqqa ko‘chib ketadi va 1451 yilda Hirotga qaytadi. Bo‘lajak iyuir 12 yoshida (1453 yilda) otasidan yetim qoladi va Xuroson nodshohi Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kiradi. 1456 yilda Abulqosim Bobur o‘z poytaxtini Xurosondan Mashhadga ko‘chirgandan so‘ng Alisher ham o‘z do‘sti Husayn Boyqaro bilan Mashhadga boradi. U yerda Alisher Kamol Turbatiy, Mavlono Abdussalom Sheroziy, Pahlavon Muhammad kabi yirik olimu fuzalolar bilan tanishadi. 1464 yilda Navsiy Hnrotga qaytadi. Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqand madrasalarida tya’lim olgan. Samarqandda olimu fozillardan Ulug‘bek madrasasi mudarrisi Xoja Xurd, shoirlar - Uloyi Shoshiy, Yusufshoh Badiiy, Safoyi Andijoniy, Riyoziy, Javhariy, Xavofiy kabilar Alisherning hayotida o‘chmas iz qoldirdilar. Ular keyinchalik shoirning «Majolis un-nafois» asaridan o‘zlarining munosib o‘rinlarini oldilar. 1469 yilda Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallaydi va maxsus noma bilan Alisherni Hirotga chaqirib oladi. Shoir Husayn Boyqaroga bag‘nshlab «Hiloliya» qasidasini yozadi Navoiy 7-8 yoshlaridan boshlab shs’rlar yoza boshlagan va 15 yoshida shoir sifatida tanilgan. O’zbekcha she’rlariga «Navoiy» («navo» - kuy, ohang; bahra; dard, g‘am), forscha she’rlariga «Foniy» («o‘tkinchi») taxalluslarini qo‘llagan. Navoiy davlat arbobi sifatida 1469-1472 yillarda muhrdor, 1472-1476 yillarda vazir, 1487-88 yillarda Astrobodga hokimlik qiladi. Husayn Boyqaro va uning o‘g‘illari o‘rtasiga tushdi, Badiuzzamonga maslahatlar berib, uni yo‘lga soladi. 1499 yilda Marvda Husayn Boyqaroning yana bir o‘g‘li Abulmuhsin otasiga bosh ko‘targanda, otasi bilan sulh tuzish uchun Alisherning podshoh nomidan vakil bo‘lib kelishini shart qilib qo‘ygan. Hajga otlangan Alisherni Mashhaddan qaytarishadi. U ota-o‘g‘ilni yarashtirib, Hirotga qaytadi. Navoiy o‘z iltimosiga ko‘ra Hirotdagi mashhur Xoja Abdulla Ansoriy xonaqohiga jorubkash (supuruvchi, xizmatkor) qilib tayin etilgan. U ko‘pgina xalqparvarlik siyosatini amalga oshirishga urindi: shaharlarni obod qildirdi, ariqlar qazdirdi, shifoxonalar, kutubxonalar qurdirdi. U Ixlosiya, Nizomiya, Xusraviya kabi madrasalar, Xalosiya, Shifoiya, Fanoiya kabi xonaqohlar, o‘nlab masjidlar, 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko‘prik va 9 hammom qurdirgan. Davlatshoh Samarqandiy o‘zining «Tazkirat ush-shuaro» Navoiy boshchiligida Xurosonning mashhur buloqlaridan - Tus viloyatining yuqori qismida bo‘lgan Chashmai gil suvi 80 km ariq qazdirib, muqaddas Mashhad shahriga olib kelingani sababli xalqning suvsizlik azobidan xalos bo‘lgani haqida yozgan. Xondamirning yozishicha, shoirning sa’y-harakati bilan 90-yillarning oxirida zilzila bo‘lib, butkul vayron bo‘lgan Hirotdagi Jome’ masjidi qayta tiklangan, 1500 yil 16 martda barcha ishlar tugagan, Amir Alisher elni to‘plab, osh bergan va imoratni bitirishda ishtirok etgan 100 ga yaqin ustaga in’omlar ulashgan. Shoiriing bu boradagi ishlarining batafsil ro‘yxatini Xondamir o‘zining «Makorim ul-axloq» asarida keltirgan. «Vaqfiya» asarida ham bu haqda qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. Navoiy o‘z she’rlaridan biriga «Isfahon» degan kuy ijod qilgan. U «Amiri kabir» (ulug‘ amir), “Amirul mukarrab” (podshohga eng yaqin amir) unvonlariga musharraf bo‘lgan. Buyuk mutafakkir 1501 yil 3 yanvarda sakta (tananing harakatdan qolishi) kasalligidan vafot etgan. Navoiy Sulton Husayn tarixini, Yusuf va Zulayho haqida turkiy tilda bir asar yozajagini ma’lum qilgan edi. Xondamir o‘zining «Makarimul - axlok» («Yaxshi xulqlar») asarini Navoiyga bag‘ishlab yozg‘an. Shoirning 500 yillik yubileyi 1948 yil may oyida keng nishonlangan. Navoiy tarixchi Mirxond, she’r ilmining bilimdoni Atoulloh Husayniy, ko‘p fanlarni egallab shuhrat qozongan Husayn Voiz Koshifiy kabilarni tarbiyalagan. Asarlari: «Vaqfiya» (1481 - 82), «Xamsa» (1483-85 y), «Tarixi muluki Ajam» (1488, «Muhokamat ul-lug‘atayn» da «Zubdat ut-tavorix» («Tarixlar qaymog‘i») deb atalgan), «Sab’atu abhur» («Yetti dengiz», lug‘atshunoslikka oid), «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1498-1499, turk va fors tillari qiyoslab yozilgan, ikki til muhokamasiga bag‘ishlangan asar. Unda Navoiy «Mundin so‘ngra uch nav’ tildurkim, asl va mo‘tabardur... Ammo turkiy va forsiy va hindiy asl tillarning mansha’idurki, Nuh payg‘ambar...ning uch o‘g‘lig‘akim, Yofas (Abu-t-turk) va Som va Homdur, yetishur» deb yozgan), «Mezon ul-avzon» (1492), «Munshaot» (1492, 88 ta xat jamlangan), «Majolis un-nafois» (1491 - 93), «Lison ut-tayr» (1498-99), «Tarixi anbiyo va hukamo» («Anbiyo va hokimlar tarixi», 1488), «Siroj ul-muslimin» («Musulmonlik nuri», 1488), «Holoti Sayid Hasan Ardasher» (1490, u haqda Navoiy «Bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko‘rmaydurmen»,- deya e’tirof etgan), «Holoti Pahlavon Muhammad» (1496, Navoiy uni «shamsul millat» deb atagan), «Xamsatul mutahayyirin» (1492-1494, Jomiyga bag‘ishlangan. Navoiy Jomiyni «Nuran maxdum» deb e’zozlagan), «Nazm-ul- javohir» (1485, 266 ruboiydan tashkil topgan), «Chixil hadis» («Arba’in», mashhur hazrat Alining «Nasr ul-laoliy» asarining she’riy tarjimasi, hadislar asosidagi 40 ruboiyni o‘z ichiga olgan), «Nasoyim ul-muhabbat» («Muhabbat ishbadalari», 1496. U Jomiyning «Nafohat ul-uns» nomli kitobining erkin tarjimasi bo‘lib, unda 750 ta mutasavvuf shayx haqida ma’lumot berilgan), «Mufradot» (1491, fors-tojik tilida yozilgan), «Hiloliya» (1469), «Tuhfat ul-afkor», «Ayn ul-hayot», «Fusuli arba’», «Sittai zaruriya», «Mahbub ul-qulub» (1500, dunyoning achchiq-chuchugini ko‘rgan, goho «komronlig‘», goho «notavonlig‘» topgan buyuk shoir Navoiyning 60 yillik hayotiga yakun bo‘lgan asar. U uch qismdan tarkib topgan: ijtimoiy tabaqalar; axloq-odatlar; pand-hikmatlar) va boshq. Download 46.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling