Alisher Navoiy (1441 1501)
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
@Davlat_tili_archives
Gar budur mehrob, bir-bir qoʻygusidir barcha bosh. Oʻn sakkiz yosh hayratlari Oʻn sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur, Ne ajab, chun sarvinozim oʻn sakkiz yoshindadur. Desa boʻlgʻaykim, yana ham oʻn sakkiz yil husni bor, Oʻn sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur. Oʻn sakkiz yil dema, yuz sakson yil oʻlsa, uldurur, Husn shohi, ul balolarkim, koʻzu qoshinadur. Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor, Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur. Tan anga siymu ichina tosh muzmar koʻnglidin, Aqlgʻa yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur. May ketur, ey mugʻki, yuz hayrat aro qolmish Masih, Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur. To Navoiy toʻkti ul oy furqatidin bahri ashk, Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur. Istadim Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim, Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim. Kimga kim jonim fido aylab sogʻindim dam-badam, Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim. Bilmadim olam elida yoʻqturur mutlaq vafo, Vahki, umri ulcha yoʻqtur sogʻinib yor istadim. Ulki, topilmas bashar jinsida vah gʻaflat koʻrung, @Davlat_tili_archives Kim pari xaylida men devonai zor istadim. Sirri ishqimni koʻngul koʻz birla fosh etmak ne tong, Qalbu tardomanni men chun sohib asror istadim. Shayx birla xonaqahdin chun yorugʻluq topmadim, Dayr piri xizmatigʻa koʻyi xammor istadim. Ey Navoiy, chun rafiqi topmadim, bu gʻussadin, Oʻzni bekaslik balosigʻa giriftor istadim. Meni men istagan kishi Meni men istagan oʻz suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas. Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra, Chu ulkim bahrai andin tilarmen bahramand etmas. Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimgʻa, Ayon ul zahr chashm aylab nihon, bu noʻshxand etmas. Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin, Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas. Kerak oʻz chobuki majnunvashi qotil shiorimkim, Buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerga javloni samand etmas. Koʻngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir Ajal sarrishtasidin oʻzga boʻynunggʻa kamand etmas. Ul oy oʻtlugʻ yuzin ochsa, Navoiy tegmasun deb koʻz, Muhabbat tuxmidin oʻzga ul oʻt uzra sipand etmas. Ruboiylar Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish, @Davlat_tili_archives El anga shafiqu mehribon boʻlmas emish. Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulgʻa tikondek oshyon boʻlmas emish. * * * Zohid, senga — hur, manga — jonona kerak, Jannat — sanga boʻlsun, manga — mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak, Paymona necha boʻlsa toʻla, yona kerak. * * * Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz, Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz. Har neniki sevmak ondin ortuq boʻlmas, Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz. * * * Gar oshiq esang mehru vafo qilma havas, Dard istayu dafʼigʻa davo qilma havas. Hijronu visol mutlaqo qilma havas, Dildoringdan gʻayri rizo qilma havas. * * * Jonimdagi "jim" ikki dolinggʻa fido, Andin soʻng "alif" toza niholinggʻa fido, "Nun"i dogʻi anbarin hilolinggʻa fido, Qolgʻon iki nuqta ikki xolinggʻa fido. @Davlat_tili_archives * * * Koʻz birla qoshing yaxshi, qabogʻing yaxshi, Yuz birla soʻzing yaxshi, dudogʻing yaxshi. Eng birla menging yaxshi, saqoqing yaxshi, Bir-bir ne deyin boshtin-ayogʻing yaxshi. Dunyo tan olgan mutafakkir Navoiy ijodi nafaqat Oʻzbekistonda, balki Yevropa, okeanorti mamlakatlarida ham yuksak qiziqish bilan oʻrganiladi. Shu sabab, adabiyotshunoslik fanidan mustaqil “Navoiyshunoslik” fani vujudga keldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Navoiy ijodi u yashab oʻtgan davrdayoq mukammal oʻrganila boshlagan va hamon oʻrganilmoqda. Uning ijodi va hayotiga bagʻishlab butun dunyoda minglab ilmiy ishlar, maqolalar, traktatlar, asarlar, filmlar, spektakllar, badiiy asarlar yaratilgan. Jumladan, oʻzbek adabiyotida yozuvchi Oybekning “Navoiy” romani, (bu roman bilan Oybek oʻzbek adabiyotida tarixiy shaxslar haqida badiiy asar yaratish anʼanasiga asos soladi) Mirkarim Osimning turkum hikoyalari mashhur. Yevropada Navoiy asarlariga qiziqish katta. Bu borada koʻplab sharqshunos olimlarning ishlari misol boʻla oladi. Chunki, uning asarlari shunchaki badiiy xayolot mahsuli boʻlib qolmasdan, sharq xalqlari tarixi va falsafasini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Alisher Navoiy asarlaridagi uslub, yoʻnalishlar keyinchalik adabiyotda koʻplab oqimlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Buyuk sharqshunos olim Armeniy Vamberi Navoiy haqida: “hammaga maʼlum va mashhur buyuk oʻzbek shoiri” deya eʼtirof etgan. Yana bir buyuk mutafakkir, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur Navoiy haqida “Boburnoma” asarida: “Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytubturlar, hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas”deya toʻxtalib oʻtgan. Har yili 9 fevral - Navoiy tavallud topgan kun respublika boʻylab keng miqyosda nishonlanadi. @Davlat_tili_archives Oʻzbekistonning har bir burchagida Navoiy nomi bilan nomlangan maskanlar va manzillar bor. Jumladan: bir viloyat (Navoiy viloyati), shahar, (Navoiy shahri), oliy oʻquv yurti (Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti instituti), Oʻzbekiston milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Adabiyot muzeyi, Toshkentdagi Katta akademik opera va balet teatri, Sanʼat saroyi, Toshkentdagi metro bekati, oʻnlab koʻchalar va jamoa xoʻjaliklariga Alisher Navoiy nomi berilgan. Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti hamda talabalar uchun davlat stipendiyasi ham mavjud. Respublika hududlaridan tashqari Alisher Navoiy haykallari dunyoning Moskva, Minsk, Vashington, Tokio, Boku, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida oʻrnatilgan. Document Outline
Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling