Alisher navoiy asarlarida tilshunoslikka oid qarashlar


Download 93 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi93 Kb.
#1198702
Bog'liq
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TILSHUNOSLIKKA


ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TILSHUNOSLIKKA
OID QARASHLAR

R e j a:


  1. Navoiyning tilshunoslikka oid qarashlari

  2. «Muhokamat-ul lug`atayn» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.

  3. O`zbek adabiy til tarixida Alisher Navoiyning o`rni.

Buyuk shoir va adib, ulug` mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarda, xususan ona tilida munosobati alohida o`rin egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o`zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va go`zalligi haqidagi, o`z xalqini ana shu tilda yozilgan g`oyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi g`oyalarini, fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirlarida esa o`zining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtirdi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qiymatga ega bo`lgan «Muhokamat-ul lug`atayn» (ikki til muhokamasi asarini yozdi).
Navoiy lisoniy qarashlaridan eng muhimlari tilning kelib chiqishi, uning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkurning masalalari, mazmun bilan shakl birligi kabilardir.

Insonni so`z ayladi judo hayvondin,


Balkim guxari sharifroq yo`q ondin.

Bu satrlar Navoiyning til haqidagi asosiy g`oyasidir. Uning fikricha, tafakkur va til bir-biri bilan bog`liqdir. Inon qalbi-tafakkuri daryodir, so`z esa qimmatbaho toshdur, so`zlovchi esa g`avvoz-tafakkur daryosidan dur teruvchidir: ... so`z durredurkim, aning daryosi kunguldir va kulgul mazxarudurkim, jomiy maoniy juzv va «kuldur». Uning tushuni shicha mazmun, ma`no birlamchi, shakl so`z esa ikkilamchi ma`noning ifodasidir: «Ammo chun alofoz va iboratdin murod ma`nidur va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul maoniy va bayon so`z aning so`zindadur va takallum aning kalomida borur». Shuni ng uchun «mani adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma`ni fahm bo`lur». Durning qiymati turlicha bo`lgani kabi so`z ham har xil bo`ladi,va «sharifidin ulgan badanga ruhi pok etar, kasifidin hayotlik tanga zaxri halok hosiyati zuxur etar». U asosda Navoiy tilining ijtimoiy xususiyatini, u mazmunning ifoda vositasi ekanligini, madaniyat va ma`rifatning rivojiga xizmat qilishini ko`rsatadi. U til doim rivojlanib boradi, tillar bir-biridanta`sir va boyishi kabi masalalaoda bir qator cheklanganlik va ziddiyatlar, qarama-qarshi mulohazalar uchrab turadi.


Navoiyning tilning lug`at boyligi, lug`aviy birliklarning turlicha uslubiy maqsadlarda qo`llash haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. U ikki tilning lug`atini bir-biri bilan qiyosiy tarzda o`rganar ekan, fors-tojik tilida muqobil bo`lmagan ko`plab o`zbek so`zlarini keltiradi.
Mansabda kurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, shilonchi,va hunar-peshada quriqchi, tamg`achi, xalvochi, kemachi, kuychi, qushchi kabi.so`zga bir «voz»va «lom» qochish orqali harbiy va bazm sohalariga xos belgi bildiruvchi ot-sifat hosil bo`ladi: xirovul, qorovul, suzovul, bakovul, chiqvul, yasovul kabi so`zlarga«lom qo`shib, sifat ma`nosidagi yasol, kabol, tunkol, sevargol kabi.
Navoiyda so`z yasalishida quyidagilarni ko`rish mumkin:

  1. Agar tilga xos mutoala shakli- ikki va undan ortiq shaxslar xarakatini anglatgan birgalik shakli fors-tojik tilida yo`q, o`zbek tilida esa bir «chin» harfi qo`shish orqali ifodalanadi: chopishmoq, topishmoq, qichishmoq, o`pishmoq kabi:

  2. Arabiy ikki maf`ullik fe`llar (vositali ob`ektli buyruq ma`nosi) ham sortlarda yo`q, turklar bir harf qo`shish orqali bu ma`noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar: kildurg, yashurt, chikart kabi:

  3. Harakatning gumon bilan bajarilishini ifodalaydi borgudek yrgudek, kelgudek, bilgudek, aytgudek shakllar ishlatiladi:

  4. Fe`l oxiriga bir «chim» qo`shish orqali harakatning bajarilishi sur`ati, ezlik ifodalanadi: tegach, aytkach, borgach, ergoch, topgoch, sotgoch: «re» harfini qo`shish bilan muolag`a, kuchaytirish anglashiladi: bilakur, ketakur, etakur:

  5. Sifatlarda belgining ortiqligi, mubolag`a ma`nosida oldidan bir «r», «mim,» harfi qo`shadilar: or-oq, qor-qora, qip-qizil, ko`m-ko`k, yam-yashil, bo`m-bo`sh kabi.

«Muhokamat – ul lug`atayin» asari 1499 yilning dekabrida yozib tugallandi. Navoiy bu asarida turk - o`zbek tili bilan sort fors- tojik tilini bir-biriga qiyoslash asosida o`rganadi. Ma`lumki, Navoiy yashagan davrda o`zbek adabiyoti, o`zbek adabiy tilning rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy,Yaqiniy,Amriy, Atoiy,Sakkokiy va ayniqsa Lutfiy o`z asari bilan katta hissa qo`shdilar.Bu haqda Navoiy sShunday deydi:«...Xologuxok (Xolakuxon) zamonidin, sultoni sohibqiron Temur Kuragon zamonidin farzandi xalafi hoxrux Sultonning zamonini oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo`ldilar, ...Sakkokiy va Xaydar Xorazmiy va Atoiy, Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar va forsiy mazkur bo`lgon shuaro mukoba asida kishi paydo bo`lmadi, bir Mavlono Lutfiydin o`zgakim, bir nechta matla`lari borkim, tab` axli qoshida ukusa bulur».
hunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy-g`oyaviy jihatdan yuksak asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy til va jonli so`zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboralarda bu nav`daqoyiq ko`pdurkim, bu bukunga degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu bu yashurun qolibdur». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi va imkoniyatlari buyuk so`z san`atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar, tazkiralar ham yaratilgan edi. hu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish, asarlar yozish bir muncha osonroq va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg`ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko`paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq tilida so`zlashishi lozim edi.
Buning ustiga o`zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini bilgan o`qimishli bir qismidan tashqari, xalqning asosiy ko`pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbain» asarida bunday deydi:

Forsiydonlar aylabon idrok,


Oriy erdi bu naf`din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo`lmagaylar bu naf`din oriy.

Binobarin dastlab Navoiyning o`zi fors-tojik adabiyoti namunalarini chuqur o`rgandi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hoqoniy, Anvariy, Sa`diy, Hofiz Fariddin Attor, o`z ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiy va boshqalarning boy adabiy merosini o`zlashtirdi, ularning adabiy-ijodiy an`analarini ona tilida davom ettirdi, «Xazoyin-ul maoniy»dagina 16 xil adabiy janrda asarlar yaratdi. Buyuk shoir «Xamsa», «Lison-ut tayr» , «Maxbub-ul qulub», «Nazm-ul javohir», «Nasoim-ul muhabbat», «Arbain» singari shox asarlar bilan o`z xalqining adabiy-badiiy durdonalardan bahramand qildi, ayni zamonda o`z xalqi orasidan etishib chiqqan shoirlar ona tilida asarlar yaratishga da`vat etdi.


Navoiy «Muhokamat –ul Lug`atayn»da o`zbek tilining boyligi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini asoslab bergandan keyin shoilarga murojaat qilib bunday deydi: «Andin so`ngrakim, turk tilining jome iyati muncha daloil bila sobit bo`ldi, kerak erdimki, bu xalq orasidin paydo bo`lg`on tab` salohiyat va tab`larini o`z tillari torg`och, o`zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo`lsa, o`z tillari bila ko`proq aytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag`a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga xud yo`l bersa bo`lmaskim, turk ulusining xush tab`lari majnun sort tili bila nazm aytkaylar va bilkul turk tili bila aytmagaylar, balki ko`pi ayta olmagaylar...».
Navoiy ona tilini forsig`oylar tanasidan butunlay xolos etish uchun ona tilini tahqirlagan, uni mensimagan shoirlarga qarshi keskin kurash olib bordi. U ilm-fanda arab tili va badiiy adabiyotda fors-tojik tili an`analarini keskin rad etdi, ona tilining boyligini, badiiy-uslubiy vositalari, imkoniyatlarini namoyish etdi. hoir barcha badiiy asarlari «Majois-un nafois» va boshqa ilmiy asarlarini ona tilida yaratdi.
Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo`lgan ikki tilni bir-biriga qiyoslab o`rganish orqali o`zbek tilining ham boy tillardan bo`lib, g`oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlaydi, uning to`liq ma`noda rivojlangan adabiy til ekanligini amaliy ravishda va ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
«Muhokamat-ul lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. M: «... Xusn ta`rifida ulug`roq xoldakim, turklar meng o kuyupturlar».

Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi,


Buyi birla sochini teng yaratdi»
Deb yozadi shoir.

Yoki: «Vatomshimokki, g`oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa oz-oz ichar. Bu grib mani adosida turkcha bu matla` bordurki»:


Bayt: «Sokiy, chu, ichib, manga tutar kush:


Tomshiy – tomshiy ani qilay nush», deydi.

Navoiy o`zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o`rganish, o`zbek tilining lug`at boyligini ko`rsatishda xolisona fikrlarni bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda bo`ladi, til hodisalarini, aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida o`zbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va go`zalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqda Navoiy sShunday deydi: «Bu so`zlardan xasm mundoq bilmasun va mudday bu nav` gumon qilmasunki, mening ta`bim turk alfozda muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izxor qilurmen va forsiy iboratka munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga isror ko`rguzurmnkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istixosin kishi mendan ko`prak qilmaydur erkin va salox va fazodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin...». Darhaqiqat fors-tojik tili Navoiy uchun ikkinchi ona tiliday bo`lgan. U yoshligida ijodiy faoliyatini shu tilda she`rlar mashq qilish, yozish bilan boshlagan,umrining oxirigacha «Foniy» taxallusi bilan g`azallar, rivoiy va qasidalar bitgan, maxsus devon tuzgan. Uning fors-tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.


Ikki tilni qiyoslab o`rganish jarayonida Navoiy bu tillarga boy barcha masalalarni to`la hal qilib berish vazifasini qo`ymaydi. U «Muhokamat-ul lug`atayn»da bu masalaning faqat bir tomoniga- asosan fors-tojik tiliga muqobil bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni tahlil qilish bilan birga chegaralanadi, shular asosida ma`lum xulosalara keladi. Aksincha, fors-tojik tillarga arab tilidan kirib qolgan so`zlar haqida hech narsa demaydi. Xolbuki, o`zbek tilini himoya qilish, uni har xil ta`na- kamsitishlardan qo`tqarish uchun har ikkala tilning o`zaro bir-biriga ta`sirini ko`rsatish va shu orqali o`zbek tilining lug`at boyligi jihatidan badiiy asarlar yaratishga katta imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlash lozim edi. To`g`ri, Alisher Navoiy arab va fors- tojik tillardan o`zbek tiliga kirib qolgan so`zlar haqida, o`zbek va fors-tojik tillarning o`zoro aloqasi haqida bo`nday deb ma`lumot beradi. «Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va gufti guzori bor, ul birining bu biri bila xamonchi takallum va guftori bor».
Ammo qiyosiy tadqiqot o`zbek tilining fors-tojik tiliga ta`sirini va aksicha fors-tojik tilning o`zbek tiliga ta`sirini kengroq aniqroq yoritishni taqazo etadi.
Demak, «Muhokomat- ul lug`atayn» o`zbek adabiy tilning takomiliga erishuvi uchun Navoiy olib borgan kurashining, u amalga oshirgan btun adabiy, ilmiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyatining yakuni, umumlashmasi sifatida maydonga keldi.
Alisher Navoiyning tula asos bilan va haqli ravishda o`zbek adabiy tilining asoschisi deb hisoblaymiz. Bu albatta, Navoiy qandaydir yangi bir til yaratdi degan ma`noni anglatmaydi. Ammo Navoiyning buyuk xizmatlarini kamsitish ham adolatdan emas.
Shuni ta`kidlash kerakki, ikki shaxs, alohida bir kishi, hatto Navoiy singari daho iste`dod va qobiliyat sohibi bo`lsa ham, u o`z xalqi tilini yarata olmaydi. Biroq ona tilining takomili uchun, uning yashirinib yotgan juda katta imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishda nihoyatda vazifalarni bajarishi mumkin.
Alisher Navoiy XY asr o`zbek adabiy tili uchun, uning kelgusi istiqboli uchun ana sShunday buyuk xizmatlarini ado etdi. Jamiyatning, ijtimoiy hayotining til oldiga yangi yuksak talablar quyganligini yaxshi tushungan Navoiy xalq jonli tiliga, o`zidan oldin o`tgan va zamondosh shoir- yozuvchilarning tiliga asoslangan holda asarda tildan foydalanish usullari va yo`nalishlarini qaytadan ko`rib chiqdi va o`zgartirdi. Buning natijasida tilda yangi aniq, erkin, qisqa ranglar, bo`yoqlar paydo bo`ldi, xilma-xil voqea-xodisalarni, turlicha fikrlar va kechinmalarni badiiy tarzda chiroyli, ixcham, ta`sirchan qilib foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuni ng uchun Navoiy adabiy tili o`sha davrdayoq uning zamondoshlari va izdoshlari tomonidan eng yaxshi erkin namunali til sifatida qabul qilingan edi. hu tariqa Navoiy she`riyati va nasriy asarlari tili uchun asos soluvchilik ahamiyatiga ega bo`ldi.
Navoiyning buyuk xizmati shundaki, uning asarlarida o`zbek adabiy tilining umumxalq me`yorlari ishlab chiqildi va qat`iylashtirildi. Bu me`yorlar uning zamondoshlari va keyingi avlodlar tomonidan to`la ma`qullandi, yana rivojlantirildi. Adabiy tilning umumiy me`yorlarini yaratish faqat til qurilishidagina emas, balki uning turli uslub ko`rinishlarini ham qamrab oldi. Garchi Navoiy yagona umumiy me`yorlarni badiiy adabiyot tili asosida ishlab chiqqan bo`lsa ham, lekin ular faqat badiiy adabiyot tilinigina emas, balki umuman o`zbek adabiiy tilining keyingi taraqqiyoti uchun ham muhim manba bo`lib xizmat qiladi.
Navoiy yaratgan juda ko`p hikmatli so`z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o`zbek tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – xodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa- lo`nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko`rsatdi. hu tariqa Navoiy uzining badiiy asarlari orqali o`zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko`rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo`llarini belgilab berdi. Navoiy bu to`g`rida faxrlanib, «Muhokamat-ul lug`atayn»da: «..umidim uldir va xayolimga andoq kelurkim, suzuv martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a`lo darajada o`zga erni beganmagay»degan edi. Bu sohada o`z faoliyati va xizmatlari haqida bir qancha faxriyalar yozdi.
1. Alisher Navoiy o’zi haqida.
O’zbek xalqining ulug’ mutafakiri va shoiri A.Navoiy jahon adabiyotining buyuk ijodkorlaridan biri hisoblanadi. U Gomer va Dante, Rudakiy va Jomiy, Firdavsiy va Nizomiy, Shota Rustaveli va Sa‘diy, Shekspir va Balzak, Pushkin va Tolstoy, R.Tagor va kabi ulkan so’zshunos va san‘atkorlarning nomi va merosidek o’lmas asarlar bitgan siymodir.
A.Navoiy «Muhokamat-ul lug’atayn» asarining boshlanish qismida o’zi va o’z ona tilisining kamsitilayotganini ko’ra-bila turib, chidab bo’lmasligi xususida quyidagicha yozadi: «So’z ahli xirmonining boshoqchisi va so’z qimmatbaho toshlari xazinasining poyloqchisi va nazm gulistonining sayroq bulbuli, ya‘ni Navoiy deb taxalluslangan Alisher arz qiladiki, so’z bir dur bo’lib, uning daryosi ko’ngildir. Ko’ngil shunday bir o’rin bo’lib, unda mayda va yirik ma‘nolar to’plangandir. Bu shunga o’xshaydiki, gavhar daryodan g’avvos vositasida chiqariladi. Uning qiymati esa toshiga qarab ma‘lum bo’ladi. So’z duri ham ko’ngildan so’zga chechan kishi vositasi bilan nutq sharafiga erishadi, uning qiymati ham o’zining darajasiga qarab shuhrat qozonadi va hamma yoqqa yoyiladi. Nechunki, gavhar qiymat yuzasidan juda ko’p darajalarga bo’linadi, xatto bir diramdan yuz tumangacha desa bo’ladi».
A.Navoiy o’zi haqida va «Muhokamat-ul lug’atayn»ning yozilish sabablarini bayon qilar ekan, so’z ahlining xirmonining boshoqchisi, nazm gulistonining sayroqi bulbuli, ya‘ni Navoiy deb taxalluslangan Alisherni ochiqdan-ochiq aytadi.
O’tmish va bugun esa A.Navoiyning aslida shunday komil inson, buyuk shoir ekanligini tan olib, hozir ham o’zi haqida aytgan fikrlarni o’zgalar «nazm gulining bulbuli», «ona tilining kurashchisi», «Navoiy-tilshunos» kalimalarini keltiradiki,bunday fikrlar yuqoridagi fikrlarimizni shubha ostiga olmaydi.
Ha, buyuk shoir o’zining buyukligini hammadan oldin bilgan, bu buyuklikdan mag’rurlangan, o’zga tillarga mehr va muhabbat bilan qaragan, eng muhimi o’z ona tilisining kamsitilayotganidan arz qilib, bu tilning nafis va boyligini ochiqdan-ochiq namoyish etgan tilshunos olim edi.
Darhaqiqat, A.Navoiy o’zi va o’zgalar to’g’risida so’zlaganda, ochiq haqiqatni va adolatni aytishdan tap tortmaydi.
U doimo turk nazmida alam chekkanligini, mamlakatni esa bu turk tili bilan «yak qalam» qilganligini e‘tirof etadi.
SHuning uchun bo’lsa kerak, daqiq va faylasuf shoirimiz A. Oripov:
Temur tig’i Etmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher,
deb yozganida ming bora haqdir.
2. Alisher Navoiy so’z haqida.
Ma‘lumki A.Navoiy «Muhokamat-ul lug’atayn»ni 1499 yilning dekabrida yozib tugatgan. Bu asarida u turk eski o’zbek tili, fors-tojik tilini bir-biriga chog’ishtirish asosida turk tilining boy til ekanligini va bu tilda ham badiiy asarlar yaratish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini amalda asoslab bergan edi.
Buyuk shoir ona tilimizdagi so’zlar xususida fikr yuritib, so’zni durga, uning ma‘nolarini esa, cheksiz va mavqei nihoyatda tengsiz ekanligini e‘tirof etadi. Ya‘ni «so’z durrining tafovuti mundin dog’i beg’oyatroqdur. Andog’ki, sharifidin o’lg’an badang’a ruhi pok etar, kasifidin hayotlig’ tang’a zahri halok xosiyati zuhur etar».
Qit‘a:
So’z gavhardurki, rutbasining
Sharhidadur ahli nutq ojiz.
Andinki erur xasis muxlik,
Ko’rguzguncha durur Masih mo’‘jiz.

Emdi kelduk so’z bayonig’a va kalom dostonig’a: muncha mutannavi shahr va quro va jibol va sahro va besha va daryo xalqikim, biva tanavvu va tag’ayyurini sharh etildiki, majmuida ma‘ni adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma‘ni fahm bo’lur».


A.Navoiy so’z haqida shunday yozadi: «So’z shunday gavhardirki, martabasini aniqlashdan nutq egalari ojizdirlar. Martabasi - yomon so’zning halok qiluvchanligidan tortib, yaxshi so’z bilan Isoning mo’‘jiza ko’rsatishigacha boradi. So’zning turlari shunchalik ko’pki, o’ylash va tasvirlab chiqish mumkin emas. Agar mubolag’a qilmasdan, yuzaki bayon qilinsa va qisqalik bilan yozib chiqilsa, Etmish ikki navga bo’linib, Etmish ikki xil xalqning so’ziga aylanishida hech bir so’z yo’q, lekin mundin ham ko’pdir. U shundayki, Er yuzining Etti iqlimining har birida necha mamlakat bor, har bir mamlakatda necha shaharcha va kent bor, har dashtda necha xil sahronishin xalq, har bir tog’ning kamarlarida va yuqorisida, har bir daryoning orolida va qirg’og’ida necha guruh odamlar bor. Ammo so’z va gapdan maqsad insondir va u ma‘ni va nutqning egasidirki, shuning uchun, bizning so’zimiz uning so’zi ustida boradi» (175-bet).
A.Navoiy so’z haqida so’z yuritganda so’zning qudratini, u inson uchun zarur qurol va manba ekanligini bayon etadi. Jumladan, shoir tili bilan aytadigan bo’lsak, u quyidagicha so’zga izoh beradi:
Donau dur so’zini afsona bil,
So’zni jahon bag’rida durdona bil.
Yoki:
So’z qotig’i el ko’ngliga ozor aylar,
Yumshog’i ko’ngillarni giriftor aylar.
U so’z haqida so’zlaganda «Muhokamat-ul lug’atayn»da quyidagicha fikr yuritadi: «emdi kelduk so’z bayonig’a va kalom dostonig’a. Muncha mutanavvi shahr va quro va jibol va sahro va besha va daryo xalqikim, bitildi va tanavvi va tag’ayyurini sharh etildiki, majmuida ma‘ni adosida alfoz va ul alfozdin ma‘ni fahm bo’lur», ya‘ni endi so’zni bayon qilishga kirishaylik, yuqorida turliligi va bir-biridan ayirmasi aytilgan turli shahar, qishloq, tog’, o’rmon va daryo xalqlarining hammasida ma‘nini so’zlar uchun ifoda qilinadi va bu so’zlardan ma‘ni anglashiladi. (175-bet).
So’z haqida so’zlarimizni xulosalab, shuni aytish o’rinliki, A.Navoiy ko’ngullarning mahzanini qulfi til va ul mahzanning kalidin so’z bil, deydi. Quyida A.Navoiyning so’z va til haqidagi fikrlarini keltiramiz:
«So’zki ma‘nosida ishq o’ti nishoni bo’lmag’ay,
Bir taharruksiz badan onglaki, joni bo’lmag’ay».
«Tilga ixtiyorsiz, elga e‘tiborsiz».
«Tilga iqtidorlig’- hakimi hiradmand,
So’zga ixtiyorsiz laimi najand».
«So’zning asnofi bag’oyat cho’qtur».
«CHin so’z mo’‘tabar, yaxshi so’z muxtasar».
«Ul kim dimog’ida xabt-so’zida yo’q rabt».
... «Befoyda so’zni ko’p aytma, foydali so’zni eshiturdan qaytma».
«Tilingni ixtiyoringda asrag’il, so’zungni ehtiyot bila degil».
«So’zni ko’nglungda pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim, ko’nglungda bo’lsa tilga surma» va b.
3. Alisher Navoiy tillarning kelib chiqishi to’g’risida.
A.Navoiy tillarning kelib chiqishi xususida fikr yuritarkan, quyidagicha yozadi: .«..uch nav til borki, bular hamma tillarning aslidir. Bu tillarning shoxobchalari benihoyat ko’pdir. Bu tillarning o’z so’zlashuvchilari bordir. Ammo turki, forsiy va hind tillari asl tillarning chiqish o’rnidirki, Nuh payg’ambarning uch o’g’li: Yofas,Som va Homga borib taqaladi. Bu qisqa so’zning tafsili shuki, Nuh to’fon fitnasidin xalos topganda va uning halokatidan qutulganda, dunyo yuzida bashar jinsidan asar va inson navidin namuna qolmagan edi. Bu vaqtda Yofasni-uni tarixchilar Abut- turk deb yozgan-Xitoy malakatiga yubordi. Somni-uni Abul-furs deb yozganlar- Eron va Turon mamlakatlarining o’rtasiga hokim qildi. Homni esa-uni Abul-hind deb ataganlar-Hindistonga uzatdi. Bu uch payg’ambarzodalarning avlodlari va o’zlariga qarashlilari mazkur mamlakatlarda yoyiladilar, u Erlarda zichlanib ketadilar.
Abut-turk deb atalgan Yofas, tarixchilarning bir og’izdan aytishicha, payg’ambarlik toji bilan ustun va elchilik bilan qardoshlaridan imtiyozli bo’ldi. Uch til: turki, forsi va hindi tillari bu uchchovining avlod va qaramlari o’rtasida tarqaldi». 176-b.
SHoir tillarning kelib chiqishi haqida fikr yuritar ekan, diniy fikrlardan qochib qutulolmaydi. O’zidan oldin o’tgan tarixchilarning fikriga asoslanadi. Navoiyning fikricha, arab tili bundan mustasnodir. U «kalomi ilohiydir», hamma tillardan go’zalroq va boyroqdir, chunki Xudoning kalomi bo’lgan Qur‘on va payg’ambar hadisi so’zlari shu tilda yaratilgan deydi.
Navoiyning tushunishicha, til ijtimoiy hodisadir. Til insonni hayvondan ajratuvchi «gavhari sharifdir». U tilni qotib qolgan, o’zgarmas narsa deb hisoblamaydi. Til o’sadi, rivojlanadi, u har doim jamiyatning talab va ehtiyojiga muvofiq ravishda bir-biri bilan aloqada bo’ladi, chatishadi, deb yozadi.
4. A.Navoiy 100 fe‘l haqida.
O’zbek adabiy tilining asoschisi A.Navoiy ilmiy asarlarni arab tilida va badiiy asarlarni fors-tojik tilida yozish an‘anasiga qarshi chiqib, o’zbek tilining ham badiiy, ilmiy asarlar yaratish uchun boy imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi.
Fors- tojik tilida qaysi tur, qaysi janr va uslubda asarlar yaratilgan bo’lsa, A.Navoiy shularning hammasida o’zbek tilida original asarlar yaratdi. A.Navoiy o’z asarlarida o’zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonimlar va oomonimlardan, xalq maqol va matallaridan, frazeologik, ideomatik birikmalaridan, keng foydalandi. Natijada, leksik va grammatik normalarni ma‘lum qolipga, sistemaga solishga intildi.
Ona tilining boyligidan ijodiy foydalangan. A.Navoiy o’zbek tilining leksik jihatdan fors-tojik tilidan qolishmasligini ham ta‘kidlaydi.
A.Navoiy o’zbek tilining boy sinonimlaridan o’z asarlarida ustalik bilan foydalangan. O’zbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100tasii «Muhokamat-ul lug’atayn»da ham eslatib o’tadi: «Bu 100 lafzdurki, g’arib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar».
A.Navoiy o’zi keltirgan 100 fe‘lning har biri o’zbek tilida o’z sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi.
Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini ko’rsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy Bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza o’zimdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.
Soqiy, chu ichib, menga tutar qush,
Tomshiy-tomshiy oni qilay no’sh.
A.Navoiy asarlarida «yig’lamoq» so’zining yig’lamsinmoq, bo’xsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, o’kirmak, inichkirmak, hoy-hoy yig’lamoq kabi sinonimlarini samarali qo’llagan.
Istasam dabir gulidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.
Ul oyki, kula-kula hirog’latti meni
Yig’latti meni demaki, siqtatti meni.
A.Navoiy yuqoridagi misollrni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik bo’yoqdorligini va poeziyadagi rolini ko’rsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib Etganligini ko’rstadi.
Ma‘lumki, «Muhokamat-ul lug’atayn» ning hamma nashrlarida shoir tomonidan 100 ta deb keltirilgan fe‘llarning soni 98 yoki 99 tadir, - deb yozadi tilshunos S.Umarov. U kishi yozadi: «Biz ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun «Muhokamat-ul lug’atayn»ning to’rt nusxa-uch nashr va 1 qo’lyozmasini o’rganib chiqdik. Qo’lyozma Turkiyadagi Fotih kutubxonasida saqlanadi. Uch nashrdan birinchisini 1640 yilda O.Usmonov va P.SHamsiev, ikkinchisini shoirning 15 tomlik asarlar to’plami uchun P.SHamsiev, uchinchisini 1968 yilda, Ogoh Sirri Levind nashrga tayyorladi. Chog’ishtirma chog’ida 100-fe‘l chimdilamak ekanligini Ogoh Sirri Levind aniqlagani ma‘lum bo’ldi. Bu so’z shoirning Turkiyadagi fotih kutubxonasidagi qo’lyozmasi tarkibidan topiladi. Bundan tashqari, chog’ishtirish vaqtida fe‘llarning orfografiyasiga ayrim aniqlik kiritish imkoni tug’ildi. Chunonchi, ikkinchi nashrdagi yigirmak fe‘lli qo’lyozma va boshqa nashrlarda bikirmak ekanligi aniqlandi. Qiynamoq fe‘li, Turkiyada nashr qilingan asarda qimsamoq, bo’shmoq fe‘li bo’smoq, qiqzanmoq so’zi qizg’anmoq shaklida berilgan.
100 ta fe‘l ichidagi 1, 3, 5, 8, 13, 15, 38, 35, 36, 47, 48, 50, 51, 55, 61, 62, 63, 73, 64, 76, 77, 78, 79, 80, 81, 83, 85, 88, 90, 91, 94, 95, 96 raqamlaridagi fe‘l ma‘nolari Fitrat tomonidan qayd etilgan. Qolgan so’zlarning ma‘nolarini aniqlashda «O’zbek xalq shevalari lug’ati», «O’zbek tilining izohli lug’ati»dan foydalandik. Bunga qaramasdan, afsuski, ayrim fe‘llarning ma‘nolarini aniqlash imkoni bo’lmadi.
Navoiy yozadi: «Bu 100ta so’zni ingichka maqsadlarni ifodalash uchun belgilabdirlarki, ularning hech biri uchun sart tilida so’z yasamabdur. Lekin ularning hech biri uchun kishining ehtiyoji tushmaydi deb bo’lmaydi, so’zlashish chog’ida kishi unga muhtoj bo’ladi. Bularning ko’pi shunday so’zlarki, forschada uning mazmunini aslo anglatib bo’lmaydi. Ba‘zisini anglatsa bo’ladi, lekin bir so’zni tushuntirish uchun bir necha so’zni tizmaguncha bo’lmaydi. Bu ham arabcha so’zlar yordami bilan bo’ladi. Turk tilida bu xil so’zlar ko’p bo’ladi. Masalan, yuqorida mazkur bo’lgan so’zdan bir nechtasini ustida isbot qilaylik, toki da‘vogar qarshilik ko’rsatganda uyalib qolmasin, shuning bilan boshqalarini ham solishtirsin. Shoirlarning kattalaridan ba‘zilari «may» ta‘rifida mubolag’a qilibdurlar bu narsa odat bo’lib ketganki, may ichmoq qoidalari to’g’risida ko’p so’zlar yurgizib, nihoyatsiz xushta‘blik ko’rsatadilar».
SHoir 100 fe‘l haqida so’z yuritar ekan, fors tilida bu so’zlar o’rniga u tilda so’zlar yaratilmaganligini, turk tilining bu sohada boyligini yana bir karra isbotlaydi.
Quyida biz tilshunos E.Umarov ma‘nolarini aniqlagan 100ta fe‘lni nomma-nom ism keltirishni lozim topdik: Quvarmoq- turlicha tusda ko’rimoq, quruqshamaq, usharmak-itarmak, ilgari tomon otmoq, kekkaymoq, o’daymak-to’g’rilanmoq, to’g’ri kelmak, chekirmak, xumsaymoq-achchig’idan qovoq solib o’tirmoq, umunmoq-umidvor bo’lmoq, usanmoq, igirmak, egarmak-ergashmoq, o’xranmoq, toriqmoq-achchig’lanmoq, aldamoq-, yo’ldan urmoq, ag’darmoq-allamoq, ishanmak-inochmoq, inglanmak, aylanmoq-sayr qilmoq, orikmak-xafa bo’lmoq, igranmoq, ovunmoq-o’zini tinchitmoq, istamoq-zo’r berib undamoq, qiynamoq-ozor bermoq, qo’zg’almoq-o’rnidan siljimoq, sovrilmoq-shamolda tozalanmoq, chayqalmoq-tebranmoq, Evdashmoq, kimsamoq-qimirlamoq, qizg’anmoq-rashk qilmoq, nikamak, siylanmoq-hurmat qilinmoq, tanlamoq-saralamoq, qimirdamoq-qimirlamoq, sirpmak, sirmamak-qopmoq, kanorgamak-otini aravaga qo’shmoq, sig’riqmoq- sig’inmoq-sajda qilmoq, qilimoq, yalinmoq-yolvormoq, munglamoq, indamak-sukut saqlamoq, tergamak-tekshirmoq, tevramak- keng’aymoq, shig’aldamoq-, singramak-sekin yig’lamoq, yashqamoq-yashirmoq, ko’zning yoshdan to’lmog’i, isqarmoq, ko’ngramakk-g’azablanib, o’zicha gapirmoq, suxranmoq-o’zicha gapirmoq, siypamoq-silamoq, qoralamoq-orqasidan bormoq, surkanmoq-surkalmoq, kuymanmak-bahona qilish, ingranmak-fig’on qilmoq, to’shalmak, mung’aymoq-ma‘yuslanmoq, tanchqamoq, tanchqolmoq, ko’ruksamak-ko’rmakni istash, tushurg’anmoq-qiynalmoq, g’umsamoq-azob chekmoq, kirkinmak-sovuqdan Engil yo qo’rquvdan sekingina titramak, sukadamak, bo’smuq, burmak-yo’nalishini o’zgartirmoq, turmak-yashamoq, tomshimoq-oz-oz ichmoq, qahamoq, sipqormoq-oxirigacha ichmoq, chicharkamak, murkanmak-quymoq, o’rtanmak-qiynalmoq, sig’g’urmoq, gurpaklashmak-engillashmoq, cho’prutmoq-yopishtirmoq, yirg’amoq-kayf-safo g’ilmoq, bichimoq, kingzanmoq, singurmak, kundalakmak-yumaloq qilmoq, ko’mo’rmak-tish bilan uzib Emak, bikirmak-bekitmak, ko’ngurdamak-qarimoq, bo’shashmoq, kinarkamak-otini aravaga qo’shmoq, kezarmak, do’ptulmoq-tepilmak, chidamoq-bardosh bermoq, tuzmak-sabr qilmoq, qazg’anmoq-foydalanmoq, qichig’lamoq, gangiramak, yodamoq-kuchsiz,holsiz qolmoq, qadamoq-iztirobdan qutulg’ondan dam olmoq, chiqanmoq-oyoq osti bo’lmoq, ko’ndirmak-rozi qilmoq, so’ndirmak, so’qlatmoq, chimdilamak-tirnog’i bilan chimchilamoq.
A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonim va omonimlarning poetik ustunligi, uslubiy bo’yoqdorligini va nazmdagi rolini ko’rsatadi. Bu esa A.Navoiyning tildagi sinonim va omonimlarning rolini yaxshi tushunib Etganligini ko’rsatadi.
5. A.Navoiyning «Muhokamat-ul lug’atayn»da
turkiy va forsiy tillar va qiyosi.
A.Navoiy bu asari bilan «fors-tojik tiligina boy va nafisdir, o’zbek tili qashshoq, qo’poldir» degan g’ayriilmiy an‘analarni uzil-kesil tor-mor keltirdi, o’zbek yozuvchilarini o’z ona tilisida ijod qilishga rag’batlantirish, o’zbek tilini fors-tojik tili bilan chog’ishtirishni, bu tilning boyligi va go’zalligini, uning o’ziga xos leksik-morfologik xususiyatlarini so’z yasalish, fonetik tartibi, uslubiyati va boshqa jihatlarini solishtirib, o’zbek tilining fors tilidan qolishmasligi, qolaversa, undan qolishmasligini isbot etdi hamda o’zbek tili so’z boyligi va boshqa ayrim xususiyatlari bilan fors-tojik tilidan bir qator ustunliklarga egaligini ko’rsatib berdi.
A.Navoiy tilning lug’at boyligiga alohida e‘tibor beradi. U ikki tilni bir-biriga chog’ishtirar ekan, fors-tojik tilida ekvivalenti bo’lmagan ko’pgina o’zbekcha so’zlarga e‘tibor qildi.
SHoir, ayniqsa, ot turkumi yuzasidan fors-tojik tilida og’o ham, ini ham birodar so’zi bilan, egachi so’zi ham xohar so’zi bilan aytiladi, otning egari zin deyilsa, jibilgir, to’qum; torlig’, to’qa, qushqun kabi asboblari turkiy so’zlar bilan aytilishini ta‘kidlaydi.
A.Navoiy so’z yasalishi masalalari haqida ham to’xtalib, o’zbek tilining yangi so’z yasash imkoniyatlari va usullarini misollar asosida isbotlaydi, izohlaydi: o’zbek tilida shin sh harfi chopishmoq, topishmoq, -chi vositasida ko’rchi, suvchi, qushchi kabi so’zlar vujudga keladi deydi va shu kabilar.
Olimning asarlarida -chi qo’shimchasi vazifasida -vul qo’shimchasining ham ishlatilishini qayd etadi: yakkavul-yo’l boshlovchi,kiptavul-qo’rg’on qorovuli, yasavul-bakavul, chingovul kabilar. Hozirgi o’zbek tilida qo’llanilmaydigan va Navoiy davrida normal hol hisoblangan harakat nomi yasovchi -l qo’shimchasi ham mavjuddir: qabol, yasol, tutkal kabi.
A.Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslar ekan, juda ko’p turli soha so’zlarini bittama-bitta yig’adi, tahlil qiladi. Hayotning turli sohalarga tegishli istilohlarini o’z asarlariga singdirdi. Quyidagi turkiy so’zlarni misol sifatda keltirmoqchimiz:
Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamiq, qurut, manti, quymoq, o’rqamach, qimiz, suzma, bo’za, tatmach, umach, kumach va b.
CHorvachilikka doir nomlar: to’bichak, arg’umak, yaka, yabu,tatu, toy, g’unon, dunon, to’lan, chirg’a, lang’a, jibildir, xana, tuqum, chilvir.
Kiyim-bosh nomlari: dastor, qalpoq, navruzi, tuppi, shirdoq, jarak, dakla, qur, terlik.
Ov hayvonlari nomlari: kiyik, to’ng’uz, xuna, qilchaqchi, suykun, bug’u, maral, ohu, gavazin, huk, guraz kabilar.
Yoki ushbu qiyosga e‘tibor bering.
Turk tilida Sart tilida
Qarindosh urug’chilik terminlari qiyosi:
Ulug’ini og’a, kichigini «ini» derlar birodar
Ulug’ qiz qardoshini «egachi»
Kichigini «singil» hohar
Otaning og’a-inisini «opag’a» alar hech qaysig’a ot
Ona qarindoshini «tog’oyi» qo’ymabdur
«ko’kaltash» turkcha til bila
atka, enaga aytur.
Hayvon, qush nomlari.
Kiyik erkagini «xo’na» ohu
Urg’ochisini «qilchoqchi» der gavazin
Suyqunning erkagini «bug’u»
Urg’ochisini «maral»
Elbasun-o’rdakning bir turi sartlar uni bilmaydi
Turklar o’rdakning erkagini sartlar ikkalasini ham
«suna»,urg’ochisini «burchin» «murg’obi» derlar.
Turkiy alfozda: kurka, erka,
Suqtur,chaqirqavot,temirqanot,
Oldaldag’a, alapo’ka,bonchol kabi sartlar barisin
Nomlar bilan o’rdakning turla- murg’obi derlar.
rini ayturlar.
Ot nomlari:
Tubichoq, arg’umoq, yaka, yobu barisin turkcha ay-
Tatu turlar
Toy, g’unon, do’nan, go’lan, bilimdonlari turk-
CHirg’a,lang’a yoshiga qarab cha aytur, ko’plari
Bilmaydur.
Kiyim-kechak nomlari.
Dastor, qalpoq: navro’ziy,to’ppi turkcha ayturlar.
SHirdoq, dakla, yalak, yog’lig’,terlik
Taom nomlari
Orqa,oshuqlig’,yonso’ngak turkcha ayturlar
qoburg’alik, qatlama, bo’g’izlag’u
qaymog’, qurut, ulabi
qimiz,suzma va b.
Ko’rinadiki, A.Navoiy o’zbek tilining leksik imkoniyatldari fors tilidan qolishmasligini yuqoridagi misollar bilan ochiq-oydin isbotlagan. Buning uchun u turkiy xalqlarning mahalliy sheva xususiyatlarini, har bir so’z anglatgan ma‘nolarni chuqur bilgan va o’rgangandir.
A.Navoiy turkiy va sart tillaridagi so’z yasalishi sohasida quyidagilarni misol sifatida keltiradi:
-sh- turk tilida harakatning bir necha kishi tomonidan bajarilishini bildiradi: chopishmoq, topishmoq, quchishmoq, o’pishmak;
-t- turk tilida orttirma nisbat yasaydi: yugurt, yashurt, qildurt, chiqart;
-chi qo’shimchasi mansab nomlarini yasaydi: qurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, tamg’achi, jebachi, yo’rg’achi, holvachi, qo’ychi, quvchi, kiyikchi, turnachi.
-vul esa: qiravul, yasavul, chingavul, bakavul, latavul , suzavul kabi.
-l qaqol, yasol, qabol, tumqol,tusgol, sevog’ol kabi.
Gumon va nisbat etish qo’shimchasi.
-dek: borg’udek, yorg’udek, kelgudek, bilgudek, aytqudek, urg’udek, surg’udek.
-ch fe‘lda harakat turii ko’rsatadi: aytgach, barg’ach, topg’ach, satqach.
-r so’zlarning oxiriga qo’shilib, mubolag’a va harakat bildiradi: bilako’r, qilako’r, ketako’r, Etako’r.
Sifatlar shaklining yasalishi haqida A.Navoiy o’zi «Muhokamat-ul lug’atayn»da quyidagicha yozadi: «Va yana bir rang yo bir sifatning shumuli holig’a mubolag’a uchun aning avvalinda, avval harfiga bir «p» yo «mim» izofa qilib, ul shayg’a zoid qilurlar; «p» misoli: op-oq, qap-qars, qip-qizil, sap-sariq, yup-yumaloq, yap-yassi, op-ochiq, chup-chuqur, bu nav hili ham topilur, «mim» misoli: ko’m-ko’k va yam-yashil, bo’m-bo’z va b.»
Hozirgi o’zbek tilida esa kap-katta, tap-tayyor, dum-dumaloq, kuppa-kunduz, chippa-chin, up-uzun, jim-jimaloq kabilar.
Xulosa sifatida, A.Navoiyning turk va sart tillarining leksik-morfologik, fonetik imkoniyatlari xususidagi fikrlarini muqoyasa qilib shuni aytish zarurki, shoir bu o’rinda ham o’z ona tilisining fidoyisi va jonkuyar tilshunosi sifatida ona tilimizning imkoniyatlari: so’z boyligi, morfologik vositalarning ko’pligi, fonetik, uslubiy bo’yoqdorligini namoyish etadi.


ADABIYOTLAR:



  1. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.

  2. Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.

  3. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.

  4. Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.

  5. www.ziyonet.uz

Download 93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling