Alisher Navoiy asarlarining adabiy til rivojiga ta’siri. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishi e ski o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud


Download 31.9 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi31.9 Kb.
#1837217
  1   2   3
Bog'liq
11-mustaqil talim



Mavzu: Alisher Navoiy asarlarining adabiy til rivojiga ta’siri. Adabiy tilning shakllanishi va rivojlanishi
E ski o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud. Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining xususiyatlari haqida gap borganda buyuk Alisher Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki u o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, bo‘lishi bilan birga eski o‘zbek adabiy tilini shakllantirish va rivojlantirish ishiga ulkan hissa qo‘shgan siymo. X.Doniyorov ta’biri bilan aytganda, «Haqiqatan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir». Ma’lumki, Alisher Navoiy asarlarining tili ko‘p shevalarni birlashtirganligi bois shoir tiliga zamin bo‘lgan sheva masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Bunga Zahriddin Muhammad Boburning fikri asos bo‘lmoqda: «Eli turkdur. Shahri va bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi qalam bila rosttur. Ne uchunkim Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, Hirida nashu namo topiptur, bu til biladur». V.Bartold Boburning bu so‘zlarini o‘sha davrdagi madaniy shahar bo‘lgan Andijonda adabiy tilga yaqin tilda gapirishgan deb tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda bo‘lgan emas, deb ko‘rsatadi. Ilminskiy adabiy til bilan mahalliy shevalarning murakkab xarakterini ta’kidlab, Navoiy adabiy tili Andijon shevasiga o‘xshasa-da, unga to‘la mos kelmasligini qayd etadi. Chunki uning fikricha, jonli xalq shevasida adabiy tildagi kabi chet til unsurlari ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Navoiyning adabiy tilini Andijon shevasi bilan to‘la mos deyish qiyin. Shoir Andijonga bormagan, faqat andijonliklar bilan suhbatda bo‘lgan, xolos. A.Yakubovskiy esa «Черт обшественной и културной жизни эпохи Алишера Навои» degan asarida «Bu o‘rinda Bobur hech narsani bo‘rttirib ko‘rsatgan emas» deb ta’kidlaydi. Professor F.Abdullaev «XV asr o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari» nomli maqolasida bir necha omillar xususida so‘z yuritadi. Navoiy asarlari tilini biror shevaga bog‘lash mumkin emas, u temuriylar saltanati, qolaversa, musulmon turk ellarida qo‘llangan adabiy tilda ijod qildi va unga yetakchilik qildi. Buni “Lisonut tayr” asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi: Turk nazmida chu men tartib alam, Ayladim ul mamlakatni yakqalam21 . Ma’lumki, Navoiygacha ham ikki tillilik keng tarqalgan edi. Xorazmiy, Atoiy, Lutfiy va boshqa shoirlar har ikki tilda ijod qildilar. Ammo bu hol tojik shoirlarida uchramas edi. XV asr o‘rtalaridan boshlab Navoiy ta’sirida fors-tojik adabiyotida ham turkiguylik paydo bo‘ldi. Navoiyning dastparvarlaridan Kamoliddin Binoiy, Badriddin Xiloliy, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiylar birinchi bo‘lib o‘zbekcha she’r yozganlar. Bu davrda Navoiy o‘zbek adabiyotini yuksak darajaga ko‘tarish bilan o‘zbek tilining tarakqiyotiga ham salmoqli hissa qo‘shdi. Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida 5004 ta22, Navoiy asarlari tilida 26035 ta23 , 1400 ga yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga oid so‘zlar mavjudligi24 aniqlangan. 1983-1985-yillar yaratilgan to‘rt jildlik Navoiy asarlari izohli lug‘ati XV asr o‘zbek adabiy tili leksikasining 98-99 foizini tashkil etadi. Shoir asarlarining tovush tarkibi borasida turli fikrlar mavjud. Professor A.Borovkov Navoiy tilida 8 unli bor deydi.
1-topshiriq. Navoiy asarlariga oid quyidagi so‘zlarni guruhlarga ajratib yozing.
|Huna, qïlčaqči, suyqun, qatlama, bulamïq, tay, ǧunan, tulan, čïrǧa, qurut, qïmïz, , tutmač, umač, kömäč, mantu, arǧumaq, , lanǧa, jibildir, toqum, čilvïr, dastār, qalpaq, toppï, šïrdaq, jalak, qur, terlik, kiyik, toŋǧuz, , buǧu, maral, āhu, ǧavazn, huk, gurāz, suzma, quymaq, boza,


Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling