Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
Barcha qad shamshodi bu mijmar ichinda ud erur. 
Eyki, qadding bo‘ldi xam, olam bila qil xayrbod,
Kim xam etmak qad hamisha lozimi padrud erur. 
Ey Navoiy, ermas ul zolim ko‘zi uyqudakim,
Zulm eshigi shohi G‘oziy adlidin masdud erur. 
127 
Yig‘lasam, ko‘nglumga ishim ohi dardolud erur,
O‘tqakim yomg‘ur yog‘ar, oning nishoni dud erur. 
La’li shavqidin ko‘ngul xursand erur xunob ichib,
Telbaga rangin suv bersa, may debon xushnud erur. 
Yuz ayog‘i tufrog‘idin olmon ushbu vajh ila,
Kim necha tufrog‘ ichinda tursa oltun, sud erur. 
Chiqmas ohim shiddatidin ul mahi xirgahnishin,
Sham’g‘a fonus yeldin asramoq maqsud erur. 
Yaaslin istab ko‘p inoldim, qovdi ko‘yidin meni,
Bo‘lsa mubrimsheva, albatta, gado mardud erur. 
Talx maydin, soqiyo, topti chuchuk jonim hayot,
Ey baso makruhkim, zimnida bir behbud erur. 
Telba itdekdur Navoiy ul parivashsiz, ne tong,
Og‘zidin gar o‘t sochib, a’zosi gardolud erur? 
 128 
Ulki yuz mehnatg‘a jonim ishqidin pomol erur,
Anga rahmu manga toqat yo‘q, ajoyib hol erur. 
Zeb erur husi ahlig‘a ahli nazar nazzorasi,
Ko‘zki bulbul tikti gul ruxsori uzra xol erur. 
Xatti shavqidin to‘kuldi jismim ul yanglig‘ qurub,
Kim so‘ngaklarda qalam ko‘rgan sog‘ing‘ay nol erur. 
La’lidin kom olmag‘uncha bilmadim shirinlig‘in,
Bargi gul zanbur komi ichra kirgach bol erur. 
Gulxani majnundek ohim chiqqoch, oqg‘an yoshlarim
Telba keynidin yugurgan go‘yiyo atfol erur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
Bu chaman gulbargi xushrang o‘lsa, mayl etmangki, ul
G‘oza bulbul qonidin surtarki, lavni ol erur. 
Ey Navoiy, kimgakim bir jur’a chekti jomi vasl,
So‘ngra hijron zahridin yuz jomi molomol erur. 
 129 
Yo‘q ajab, la’lingdin ar bexudlug‘um oyin erur,
Chunki usrukrak bo‘lur har mayki lab shirin erur. 
Raz qizi to pardadarlik aylagay talbis uchun,
Shisha me’jardur angavu mavji oning Chin erur. 
Qon yoshim ta’siridin sorig‘ yuzumning safhasi
Kog‘azedurkim, hino suyi bila rangin erur. 
Muhlik o‘tumni damingdin tez qilma, ey Masih,
Kim bu o‘tqa motam ashki suyidin taskin erur. 
Ul pari ishqida ashkim lahv tuxmidur demang,
Kim malak tasbihig‘a bu donadin tazyin erur. 
Olmayin yerdin qadam sayri maqomot aylamak,
Chang piridin bu bazm ahlig‘a xush talqin erur. 
Sizu vasl, zy aysh ahlikim, Navoiy jonig‘a
Anduhi hijron azal devonidin ta’yin erur. 
130 
To labing shavqida jismim garqayi xunob erur,
Har junun toshi angakim tegdi, la’li nob erur. 
Gar asir o‘ldum, tong ermaskim, ko‘ngulnung lomidek
Mubtalo ko‘nglumda zulfi toridin qullob erur. 
Qaddi yodeklarni zor etmish hiloliy jom uchun,
Egma qoshingkim o‘zi roki’, o‘zi mehrob erur. 
Ko‘z qarosin yub, sorig‘ orazni beqadr etti ashk,
Go‘yiyo har vajh ila ayn ofati siymob erur. 
G‘am tuni gar tobsiz jismim kuyar, vah, ne ajab,
Kuydururlar kecha ko‘prak rishtakim betob erur. 
Har taraf na’lu alif jismimda go‘yo ishq aro
Xatti idborimni vozih qilg‘ali i’rob erur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling