Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
Yuz mehrga netsun chu erur mujibi hayrat,
Har zarraki tahqiqida aql etsa tafakkur. 
Idroki kamolingni xirad haddi sog‘ing‘on
Har qatra aro ayladi yuz bahr tasavvur. 
Kavnayn adam bo‘lsa, vujudungg‘a ne tag‘yir?
Gar mavj sukun topsa, tengizga ne tag‘ayyur? 
Qahring yo‘q etar xalqnikim, turg‘ali bo‘lmas
Sarsar yo‘lida pashsha guruhiga tahavvur. 
Bu turfaki, daf’ini yarim pashshag‘a qo‘ydung,
Har pilnihodiyki sanga qildi takabbur. 
Hajring tunida sham’ kibi qoldi Navoiy,
Har tun, ne ajab, kuysa to‘kub ashki tahassur. 
 122 
Sipehr osiybidin solim qutulmog‘liq ne imkondur,
Ki mehri tashtu tiyg‘u kulgusi barqi duraxshondur. 
Munungdek mehr ko‘rgach, shod o‘lub kulgan zihi g‘ofil, 
Bu yanglig‘ kulgu sori mehr solg‘on asru nodondur. 
Tengiz ko‘nglida andoq mehrdin yuz shu’la paydodur,
Qiyo bag‘rida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur. 
Hijoridin qiyodur anga yuz ming tiyg‘ ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming ko‘z ila anga hayrondur. 
Chekib qavsi quzahtin yo ko‘ngullar qasdig‘a oning,
Yog‘in maddi xadangu qatra suvlar anda paykondur. 
Bu yo birla aningdek o‘qni yog‘durg‘ach, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sori qilmoq rahna osondur. 
Hayot ichra baqo chun mumkin ermas, Nuh bo‘lsinkim
Ular holatda tug‘may o‘lgan o‘g‘li birla yaksondur. 
Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yo‘qki, ul zulmat
Sikandar ohi o‘tidin yig‘ilg‘on dudi hirmondur. 
Navoiy, o‘rtabon o‘zluk, qadam bu yo‘lg‘a qo‘y, ya’ni 
Ki har hamrohkim bo‘lg‘ay tajarrud moni’i yondur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
 123 
Parim bo‘lsa uchub qochsam ulusdin to qanotim bor,
Qanotim kuysa uchmog‘din, yugursam to hayotim bor. 
Chiqib bu dayrdin Isog‘a nevchun hamnafas bo‘lmay,
Bihamdillah, tajarrud birla himmatdin qanotim bor. 
Xaloyiq suhbatidin ming g‘amim bordurki, muft o‘lg‘ay
Agar ming jon berib bilsamki, bir g‘amdin najotim bor. 
Chekib ag‘yordin yuz javru tortib yordin ming g‘am,
Ne o‘zga xalqdin g‘ayrat, ne o‘zumdin uyotim bor. 
Kechib ko‘zdin yozay bir xatki, dahr ahlig‘a ko‘z solmay,
Bu damkim ko‘z savodidin qaro, ko‘zdin davotim bor. 
Tilar ko‘nglum qushi anqodin o‘tgay nori yuz vodiy,
Munungdek sayr etarga Qofdin ortuq sabotim bor. 
Navoiy, bilki shah ko‘ngli manga qayd o‘lmasa, billah,
Agar kavnayng‘a xoshok chog‘lig‘ iltifotim bor. 
 124 
Kema og‘zi demakim, ishqingda ko‘ksum chokidur,
Bahr mavji yo‘qki, ashkim selining ko‘lokidur. 
Suvda ermas mehr aksi, balki daryo jonig‘a
Solg‘on o‘tlar xasta ko‘nlum ohi otashnokidur. 
Xas emas girdob arokim, boshingga evrulgali
Suv uza sargashta oshiq jismining xoshokidur. 
Vahki, ul kishtida daryokash, manga xud yo‘q hayot,
El degandinkim falonning kofiri bebokidur. 
Ul balig‘ tutmoqqa solib shastu oning rashkidin
Suvdin ayrilg‘on balig‘ yanglig‘ ko‘ngul tobokidur. 
Ko‘rma faqr ahli sirishki bahrida har yon hubob,
Kim fano kavkablari, balkim balo aflokidur. 
Ey Navoiy, kema tiyri ko‘ksum ichra hajr o‘qi,
Kema og‘zi go‘yiyo ishqida ko‘ksum chokidur. 

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling