Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Uruj istar esang bu dayr ichinda foniy o‘lg‘ilkim,
Malak uzra qadam bosib o‘tar ahli fano gustox. 
Balo ichra daler urma qadam to oshiq o‘lmaysen,
Samandar bo‘lmag‘uncha kirsa bo‘lmas o‘t aro gustox. 
Ne muhriq vodiy ermish ishq ko‘yi dashtikim, ul yon
O‘ta olmas samum o‘lmoq harosidin sabo gustox. 
Shijoat birla kirmak kulbayi faqr ichra bo‘lmaskim,
Bu vayronni qila olmas vatan har ajdaho gustox. 
Chu topmas har neki taqdirdur bu dayr aro tag‘yir,
Adab ermasturur qilmoq har ishni muddao gustox. 
Ne nozik xo‘yi bor ul dilraboningkim, niyoz ahli,
Shikoyatqa ne yetgaykim, dey olmaslar duo gustox. 
Navoiy ishq istig‘nosini to angladi, vahkim,
Qila olmas fig‘on forig‘, cheka olmas navo gustox. 
 107 
Bahor sensiz o‘lubtur manga ajab do‘zax,
Qizil gul anda o‘tu oq shukufalardur yax. 
Bahor sensiz agar do‘zax o‘lsa, tong zrmas,
Bihisht ichinda liqo bo‘lmasa erur do‘zax. 
Xayoli xayli ko‘zumga kelurgadur go‘yo
Yuzumki yo‘llar o‘lubtur sirishkdin rax-rax. 
G‘arib kelmadi shirin labingdin achchig‘ so‘z,
Emas g‘arib, chuchuk meva bo‘lsa xastag‘a talx. 
Ko‘ngul fano kuchidin zo‘rbozu istarkim,
Havos panjasini anglamish bag‘oyat shax. 
Navoiy eshi yalangdur, demangki, bordur anga
Fano hasiri, balo xorasi nasij ila nax. 
Magar shah ashhabi ollinda payk bo‘ldi sipehr,
Ki qildi o‘n kechalik oydin egnida nochax. 
 108 
Tong emas, gar bo‘lsa har sarvi pariruxsor sho‘x,


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Lek erur sarvi pariro‘yum mening bisyor sho‘x. 
Gar mening sho‘xi sitamkorim parizod o‘lmasa,
Mumkin ermas odamiy bo‘lmog‘lig‘ ul miqdor sho‘x. 
Turmasa qon bu kecha ko‘ksum shikofidin, ne tong,
Kim erur ko‘nglumga kirgan chobuki ayyor sho‘x. 
Vah, ne tong, har lahza betoqatlig‘imkim, dilbarim
Bovujudi husn ham shirin erur, ham bor sho‘x. 
To yetishgay jonni kuydurgan ko‘ngulga yuz balo,
Shukr etarmenkim, nasib o‘lmish manga dildor sho‘x. 
Sho‘xlardin tuz qadam qo‘ymoq chu kelmas, voqif o‘l,
Ham sitamgar chobukedur charxi kajraftor sho‘x. 
Gar desangkim, jong‘a yetmay har zamon bir javrdin,
Ey Navoiy, pand eshit, yor istama bisyor sho‘x. 
109 
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx,
Har kishi zahr ichsa bo‘lg‘ay kom anga nokom talx. 
Hajr yetsa may bila dedim ovung‘aymen, valek
Yorsiz bor ermish ichmak bodayi gulfom talx. 
Shomi hajrimdin ne ogoh ulki, hijron tunlari
Tongg‘a tegru to‘kmadi sho‘robani bir shom talx. 
Sharbati sabr otini tutmangki, bir oy hajrida
Og‘zima hayvon zulolin aylamish ayyom talx. 
Og‘zidin achchig‘ so‘z aytib zohir etsa zahrchashm,
Ayb zmastur, pista sho‘ru, tong emas, bodom talx. 
Jomi hijron ichgali bildimki javring sa’b emas,
May necha talx o‘lsa, ko‘rmas oni zahroshom talx. 
Nosabur o‘lur ko‘ngulga yetsa xunobi firoq
Ne uchunkim talx may ichgandin o‘lmas jom talx. 
Umr shahdi bas chuchukdur, lekin oxir qilmasa,
Marg zahri birla oni dahri nofarjom talx. 
Vasl jomidin Navoiy elga bo‘ldi bahra no‘sh,
Vahki, hijron sharbatidin bizga bo‘ldi kom talx. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling