Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
70
Havosi qildi meni tavba, tavbasida nasuh. 
Fig‘onki, tiyra ko‘ngul kunjida nihon rozim
Piyola sha’sha’sidin el ichra topti vuzuh. 
Baso kishiki ishi masjid ichra band o‘ldi,
Chu ochti dayri fano eshigin, yetishti futuh. 
Navoyiyo, nedin ul g‘amza tiyg‘ tortibdur, 
Gar istamaski, ko‘ngul saydin aylagay mazbuh. 
 103 
Ko‘ngulni mug‘bacha oldi, mug‘ona tut aqdoh
Ki yo‘q saloh ila bo‘lmog‘liq emdi bizga saloh. 
Bir oy firoqida bexudlug‘ istaram, to‘la tut,
Agar qilib esang aflok jurmidin aqdoh. 
Halol bo‘ldi xaroboti ishq ahlig‘a may,
Tutarbiz ahli vara’, kimki oni tutsa muboh. 
Hayotbaxsh maying ruh emishtuk, ey soqiy,
Magarki vovini i’lol etib, qilibsen roh. 
Yo‘q ersa jismda ul hosil aylagan qondin,
Hakim ne uchun ajzosini dedi arvoh? 
Saboh maykada bog‘liqturu xumorim tund,
Taajju^b etmang agar zikrim o‘lsa «yo fattoh». 
Ne erdi maykada g‘avg‘osi, raz qizin go‘yo
Bu shom qildi Navoiyg‘a piri dayr nikoh. 
104 
Nega ko‘rguzdi sovug‘ ohu sarig‘ ruxsor subh, 
Gar nihoniy mehridin mendek emas bemor subh? 
Gar havoyiy bo‘lmasa men telba yanglig‘, bas, nedur,
Ko‘nglagin chok aylabon bog‘ uzra majnunvor subh? 
Mehridin mendek nihoniy toza dog‘i bo‘lmasa,
Yuzda nevchun kavkabi ashkin qilur izhor subh? 
Dema shingarfiy bulut har yon erur qonlig‘ momuq,
Toza dog‘idin erur mendek magar xunbor subh. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
G‘am tuni ohim sharoridin tutashti ko‘kka o‘t,
Kim aning otin qo‘yubtur gunbazi davvor subh. 
Kun shuo’iy xatlari ermaski, tutmish motamim
Yuzni anjum tirnog‘i birla qilib afgor subh. 
Soqiyo, tutqil sabuhiy bodakim, bu dayrdin
Biz ketib, bu nav’ toli’ bo‘lg‘usi bisyor subh. 
Ey Navoiy, istasang bargu navo bu bog‘ aro
Guldek o‘l roki’ kecha, bulbul kibi bedor subh. 
 105 
Ravzayu gul yettiyu ichmas ul oy gulgun qadah
Ne ko‘ngulxushlug‘ bila tortay meni mahzun qadah? 
Yo meni mahrumg‘a xunobayi hijron berib,
O‘zga mahramlar bila ul oy ichar gulgun qadah. 
Bori har taqdir ilakim, bor men labtashnag‘a
Tutmas ermish zahri g‘amdin o‘zga dahri dun qadah. 
Soqiyo, bu g‘ussa daf’i mastu behudlug‘durur, 
Tut shafaqgun may to‘la, gar xud erur gardun qadah. 
Ravza oyin ko‘rmay ilgingdin qadahni solmag‘il,
Lek ol bayram hiloli ham ko‘rungan tun qadah. 
Jom erur men telbaga qonlig‘ ko‘zumnung kosasi,
Lolalar sahroda bas, gar istasa Majnun qadah. 
Chun fano dayrig‘a kirdim, boda tut, ey piri dayr, 
Zarf xoh eski safol o‘lsun, vagar oltun qadah. 
Yuz qadah qilg‘il murassa’kim, chekarsen jomi marg,
Hech kim xud topmadi Jamshiddin afzun qadah. 
Ey Navoiy, bizni yod etgaymu barqandon kuni
Ichsa jomi Jam tilab soniyi Afridun qadah? 
106 
Gadoyi fahr ila so‘z ayta olmas podsho gustox,
Shah ollinda nechukkim dam ura olmas gado gustox. 
Ne quvvat birla shah gustox so‘zlashgay aning birla,
Ki vahm etgay boshig‘a soya solmoqtin humo gustox. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling