Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
150 
Ko‘k g‘azoli chunki kofur uzra mushkafshon bo‘lur,
Kavkabafshon ko‘zlarimdin ul quyosh pinhon bo‘lur. 
Mung‘ayib andog‘ sinug‘ ko‘nglum buzulurkim, sipehr
Bul’ajab holimg‘a yuz ming ko‘z bila hayron bo‘lur. 
Gah yurub, gah o‘lturub, bir lahza tutmasmen qaror,
G‘ussa bandidin bari olam manga zindon bo‘lur. 
Gah ko‘ngul o‘ti urar ko‘ksum shikofidin alam,
Gah bag‘ir pargolasi ko‘z yo‘lidin g‘alton bo‘lur. 
O‘lturur uy saqfig‘a ohim tafidin qatralar,
Yo mening holimg‘adurkim tomu tosh giryon bo‘lur. 
Eyki istarsen salomat, ishq ko‘yin so‘rmag‘il,
Kim bu yo‘lg‘a har kishikim tushti, sargardon bo‘lur. 
Istaganga do‘st komin istabon kuymak, ne tong,
Gar tutun sunbul, o‘tun ashjoru o‘t rayhon bo‘lur. 
Ichni uryon qilki, toshing zebi man’i faqr emas,
Faqr emastur gar iching mamlu, toshing uryon bo‘lur. 
Ey Navoiy, ishq man’in elga irshod aylading,
Olloh-olloh, bu ne makru hiylavu doston bo‘lur?! 
151 
Vahki, maydon azmig‘a sekretti ul chobuk suvor,
Kimdururkim asrag‘ay emdi inoni ixtiyor? 
Qoshu yuzungdin agar ortar jununim, ne ajab,
Telbalikka ham yangi oydur madad, ham navbahor. 
Chok eting ko‘ksumki, chiqsun o‘tlug‘ ohim shu’lasi,
Bir nafas bo‘lg‘ayki, bu anduh o‘ti topqay qaror. 
Aqlu fahm oshuftahol o‘ldi yigit joning uchun,
Kim yana uydin munungdek chiqmag‘il oluftavor. 
Bir zamonlig‘ hajr chun ming yilcha bor, o‘lsam, ne tong 
Chunki bo‘lmas hech kishining umri ming yil poydor. 
Soqiyo, chun ichkumizdur oqibat jomi ajal, 
Boda tut ondin burunkim, bizni o‘lturgay xumor. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
Orazi bog‘idag‘i ter ko‘nglum o‘tin qildi tez,
Markabi na’lidag‘i o‘t jonima urdi sharor. 
Ey Navoiy, shukrkim, maydong‘a ul shah qo‘ydi yuz„
Kim yo‘lida qolmadi navmid joni xoksor. 
152 
Vahy nozil bo‘ldi yoxud yorning payg‘omidur,
Kim g‘amim taskini g‘amgin xotirim oromidur. 
Safhayi kofur uza mushkin rahamkim aylamish,
Go‘yiyo subhi saodat uzra davlat shomidur. 
Hajridin jonim arosig‘a agar xud kirmadi,
Nega shakli jon aro kirgan alif andomidur? 
Kirdi jonu jismg‘a xat safhasin ko‘rgach, magar
Elga jon bermakka mehr uzra Masih arqomidur? 
Va’dayi vasl erdi mazmun, gah o‘lukmen, gah tirik
Anglamon, qotilmudur bu mujda, ruhafzomidur? 
Vodiyi hayratda qolg‘onlarg‘a jon hirzi uchun
Ruq’ayi maqsud komil nutqi yo i’lomidur. 
Ey Navoiy, nega surtub ko‘zga, solmay jong‘akim,
Ham ko‘zumnung nuri, ham ozurda jonim komidur. 
 153 
Ikki ko‘zumki dardu balo jo‘yboridur,
Ohim buxori ustida abri bahoridur. 
Ushshoq tiyra axtari har yon shafaq aro
Go‘yo sipehr sabzasining lolazoridur. 
Bilmay deding, uzulmish ekan subhayi aqiq,
La’ling g‘amida hon kibi ashkim qatoridur. 
G‘am gulshanida qaddim erur ul yig‘ochkim,
Paykonu bori hajring oning bargu boridur. 
Har kimki Yusufum g‘amidin o‘ldi dasht aro,
Har tun magar bo‘ri ko‘zi sham’i mazoridur. 
Bu dasht tufrog‘in dema mushkinki, har ovuch


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling