Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
Bas, g‘aniymen ko‘hi g‘am birla junun toshi aro,
Iynak-iynak taxti johim; ulduru molim budur. 
Yor shavqidin o‘lar holatdadurmen, ey tabib
Ne ilojing bor, mening xud za’f ahvolim budur. 
Cho‘mg‘ali qo‘ymas quruq naydek so‘ngaklar ashk aro,
Turfa ko‘rkim, bahri bepoyon aro solim budur
Topmayin dunyoda kome, dinni barbod ayladim,
Hayf do‘zax ham manga, billah gar a’molim budur. 
Ey Navoiy, gar o‘larda jon talashsam, qilma ayb,
Dermen ul oyni ko‘rub: jon bersam, ihmolim budur. 
147 
Tirguzur har dam raqiblarniyu mani o‘lturur,
O‘t yoqib el jonig‘a, mening ichimni kuydurur. 
Ko‘nglum ahvolin sabodyn so‘rdum ersa dedikim:
«Telbalardek bir pari ko‘yida sargardon yurur». 
Ul quyosh yuziga boqqan soyi ortar ko‘z yoshim,
Mehr tobidin agarchi har nima o‘ldur qurur. 
Qon yoshim rangi yoshurdi xotami la’l og‘zini,
O‘ynamoqda yoshlar andoqkim uzukni yoshurur. 
Senki yo‘qsen, mohruxlar jilva aylarlar, valek
Kecha ishnar qurt nuri mehr chiqqach bilgurur. 
Ul quyosh hijronida har tun iki munglug‘ ko‘zum
Tongg‘a tegru subhidam yo‘lig‘a boqib telmurur. 
Tuzluk aylab sham’dek, vah, bilmadimkim, bu nihol
Mehnat o‘ti gul ochar, yosh qatrasi bar kelturur. 
Bul’ajablig‘lar bahori ishq aro ko‘rkim, meni
Gah bulutdek yig‘latur, gohi choqindek kuldurur. 
Zuhd ohangin Navoiy har nechakim soz etar,
Bir navo birla mug‘anniy yona yo‘ldin ozg‘urur. 
148 
Yana sensizin munisim g‘am bo‘lubtur,
Ko‘zumga yurak qoni hamdam bo‘lubtur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Qarorib ko‘zum dam-badam zor yig‘lar,
Anga shomi hajringda motam bo‘lubtur. 
Yaramdin chekarga o‘qin sa’y qilmang, 
Ki paykon so‘ngak ichra mahkam bo‘lubtur. 
Ichimdin nechuk tortqaylar o‘qinkim,
Ko‘ngul qo‘ymasu jon madad ham bo‘lubtur. 
Ko‘ngulga yoqar kirpigingning xayoli,
Mening zaxmima nesh marham bo‘lubtur. 
G‘uborin tilab yig‘lama har dam, ey ko‘z,
Ki ashkingdin-o‘q yer yuzi nam bo‘lubtur. 
Bu gulshan aro barg to‘tilarig‘a
Xazon tifli bas boisi ram bo‘lubtur. 
Vafo shaxsining farqini charx tiyg‘i
Iki bo‘ldi, vahkim, biri kam bo‘lubtur. 
Emas g‘am yukidinki, qoshingni ko‘rgach,
Navoiy sujud etgali xam blubtur. 
149 
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jong‘a qaro balo bo‘lubtur. 
Majmu’i davoni dard qildi
Dardingki, mango davo bo‘lubtur. 
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki sango fido bo‘lubtur. 
Begona bo‘lubtur oshnodin,
Begonag‘o oshno bo‘lubtur. 
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sori ango havo bo‘lubtur. 
Boqiy topar ulki bo‘ldi foniy,
Rahravg‘a fano baqo bo‘lubtur. 
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo‘lubtur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling