Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya
Download 241.92 Kb. Pdf ko'rish
|
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100
www.ziyouz.com kutubxonasi
91 143 G‘unchayi xandon bila husnung guli xurram bahor, Xatting andoq sabzakim, bo‘lg‘ay anga hamdam bahor. Yuz uza terdin xating gar bosh chekar, ey gul, ne tong Sabzag‘a boisdurur chun bo‘ldi ersa nam bahor. Shodlig‘din gulshani vaslingda yig‘lab cheksam oh, Yopma yuzkim, gulga bo‘lmas yel-yog‘indin g‘am bahor. Orazim aksi yuzung oyina tushgan turfadur, Kim ko‘rubtur ham xazon bir oyda bo‘lg‘ay, ham bahor?! Voykim, bir gul xazong‘a soldi ayshim gulbunin, Ushbu fasl ichraki topmish jumlayi olam bahor. Barqu sel ermas, fig‘onu ashk erur, bukim, har el Gul yuzung ko‘rgach tutar o‘z holig‘a motam bahor. Qasdi bulbul ko‘ngli qaydi bo‘lmasa, nevchun solur Bog‘ sho‘xi sunbuli zulfig‘a pechu xam bahor? Gul emas, bu bog‘ torojig‘a iynak la’ldin Ayladi oviza mehri davryg‘a xotam bahor. Ey Navoiy, chin bahor erkin bu, yoxud ko‘rguzur Bog‘i xulqidin ulusg‘a dovari a’zam bahor. 144 Vahki, ko‘nglum g‘ussasi har lahza qasdi jon qilur Hajrim anduhi buzug‘ sabrim uyin vayron qilur. Ko‘p madaddur hajr anduhida sovug‘ ohlar, Kim singursa men kibi o‘ziga qasdi jon qilur. Necha yillik mehnatim ishq ichra bilgay oshiqe, Kim hadisin yor ila ag‘yordin pinhon qilur. Jonni istarmen chiqarsam uyidin, ko‘zlarni ham, Ko‘nglum ul damkim xayolin lahzae mehmon qilur. Asradim jon ichra mehrin, bilmadim oxir nafas Ul Masiho o‘lmagim anglab, o‘zin nodon qilur. Faqr yo‘linda irik pashminadin or etmakim, Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya www.ziyouz.com kutubxonasi 92 Har taharrukdin taayyun bandini suhon qilur. Soqiyo, holimni bilding, emdi tutqil bodakim, Bu suubatlarni bexudlug‘ manga oson qilur. Rostlarg‘a charx agar har lahza qilmas sarzanish, Sham’ bas har tun nedin yig‘lab-kuyub afg‘on qilur? Daf’ etar dardin Navoiyning o‘shul maykim, mudom Xusravi Xusravnishon soqiylari ehson qilur. 145 Tararda uhdaliq zulfin musalsal ayladi chinlar, Girih «mim», ikki zulfi ikki «lom», iynak tarog‘ «sin»lar» Girihlar zulfida go‘yo hisob asrabdur ul kofir, Olurda zuhdu tahvo ahlidin toroj etib dinlar. Yeshib, nevchun fig‘ong‘a soldi zulfidin ko‘ngullarni, Qaroru sabr naqdin olg‘ali gar aylamas qinlar. Ne yuzdur, olloh-olloh, boda tobidinki, har soat Ochar nasrinlar uzra gul, sochar gul uzra nasrinlar. Kelur ul sarvkim, gullar mullavvan qildi gulshanni, Kirarda shah nechukkim mulk eli bog‘larlar oyinlar. Desam husn ahlini ko‘rmangki, zolimdurlaru qotil, Qo‘ngul aytur: ko‘ray, shoyadki mundog‘ ermas erkinlar? Erur mahzun ko‘ngullar zulmati zulfida zor andog‘, Ki shomi hajrida ishq ahlidin har sori g‘amginlar. Ne yellanmakdur, ey shah, mo‘r xaylidek chirikdinkim, Sulaymondek bu vodiy ichra barbod o‘ldi chandinlar! Navoiy, bo‘lmayin zoru zaif o‘lmas navo topmoq, Bu ermish piri chang avtoridin dayr ichra talqinlar. 146 Ollim ul but sajdasidin resh erur, holim budur, Toati maqbulum uldur, dog‘i iqbolim budur. O‘qlaridin qushdek o‘ldum jong‘a ul ko‘y orzu, Uchmog‘ istarmen, vale ko‘rkim, paru bolim budur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling