Alisher navoiy badoyi’ ul-bidoya


Download 241.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/54
Sana17.03.2023
Hajmi241.92 Kb.
#1279764
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
alisher navoiy . badoyi ul bidoya (1)-1-100

www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Bir mushkbo‘ g‘azola tani xoksoridur. 
Bergil, tutub piyola Navoiyg‘a ruhkim,
Jonin yeturgan og‘zig‘a la’ling xumoridur. 
154 
Barmog‘i hayrat bilakim la’li xandon ichradur
Ul «alif» yanglig‘ dururkim filmasal «jon» ichradur. 
Xoni husni zavqini bilmakka yoxud barmog‘i
La’li xandon ichra zrmaskim, namakdon ichradur. 
La’li bir so‘z birla yuz yilliq o‘lukni Xizr etar,
Go‘yiyo Ruhulloh ushbu obi hayvon ichradur. 
Munfaildur yuzu zulfidinki, titratgay nasim,
Jilvagar tovuskim firdavsi rizvon ichradur. 
Orazing hajrinda har qonlig‘ ko‘zumdur lolae,
Dog‘lar ko‘znung qarosin, anglakim, qon ichradur. 
Tutma ulfat bog‘ arokim, sarsari daydin durur
Emin ul qushkim, aning ma’vosi vayron ichradur. 
Ey Navoiy, birga yuz jomi balo turmish to‘la,
Har nechakim sog‘ari ishrat bu davron ichradur. 
155 
Qoshing ko‘zdin nihon, andin nihonroq xoli mushkindur,
Bu oning nuqtasidur, go‘yiyo ul nuni tanvindur. 
Ko‘ngul zulfung g‘amidin toza-toza dog‘ ila go‘yo, 
Ki nisfi qonu nisfi mushk bo‘lg‘on nofayi Chindur. 
Itingning goh izi, gah panjasidindur dimog‘im xush,
Bu birdur mushki biyd, ul bir anga go‘yoki nasrindur. 
Nedin bilmon yuzum sorg‘ordi muhriq ishq tobidin,
Yuzi o‘tqa yaqinroq bo‘lg‘on elning chunki rangindur. 
Ichimda andoq o‘tdurkim, tugan jismimda kuydursam,
Anga bu o‘tdin andoqkim, sudin bu o‘tqa taskindur. 
Yuzungga boqsa bo‘lg‘ay oyu kuncha nuri o‘ksulsa, 
Yaqin ermas bu ham, astag‘firulloh, balki taxmindur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
Qizil to‘n birla chiqti, lolaruxlar ne ko‘rungay, vah,
Bu guldin xil’at etgan sarv, alar har yon rayohindur. 
Jahon makkorasi dilkashdur, ammo kimki aqd etsa,
Ipak jon rishtasi yormoq, anga din naqdi kobindur. 
Qoshing mehrobig‘a, ey mug‘bacha, yuz qo‘yg‘ali qo‘ykim,
Bu toat dayr piridin manga ishq ichra talqindur. 
Yuzung ko‘rmak tilab tinmas Navoiy ko‘ngli solmoqdin,
Xudoy uchun olib burqa’ni, oning ko‘nglini tindur. 
 156 
Qatlima tiyg‘ o‘lgalikim charx ishi ozordur,
Mavji ashkim aksidin po‘lodi javhardordur. 
Ko‘k tegirmon toshi aylandurmoq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur. 
Ishq dashtida quyun ermaski, men devonag‘a
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur. 
Dard tog‘ida choqinlar dema, de o‘tlug‘ kamand,
Kim solurda bo‘ynuma charx ilgidin takrordur. 
Rahm qil, gardunki, bir dilxastadin maqdur emas
Chekmagi gar mehnatu bedod bu miqdordur. 
Muncha dardu g‘ussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbayi xammordur. 
Ey xusho xumxonakim, qilg‘onni anda tarki hush,
Ko‘k xumidin har nekim kelgay, farog‘i bordur. 
157 
Nuqtayi xolingki ko‘zdin doimo ma’dum erur,
Nuqtayi xol ermas ulkim, nuqtayi mavhum erur. 
Tong emas, ul nuqta gar ko‘zdin nihondur, vah, ne tong
Mardumin ko‘rmakligidin ko‘z agar mahrum erur. 
Baski, xoli ko‘zdadur bo‘lmish jahon bir safhakim,
Raml mashqi yanglig‘ anda nuqta-o‘q marqum erur. 
Axtari baxtimdurur ul xol, yo‘qsa ko‘rmaduk
Kavkab andoq tiyrakim, hurshid uza ma’lum erur. 


Alisher Navoiy. Badoyi’ ul-bidoya

Download 241.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling