Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish reja: Navoiy hayotini o‘rganish manbalari
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1 mavzuga nazariy ma\'lumot
Burun murshidi komil istay yurub,
Ani topqach o„zin anga topshurub... CHu avvalg„i ish bo„lmadi dastgir Ikinchisidin xo„b emastur guzir. SHu tariqa Navoiy 1465-69 yillarda Samarqandda yashaydi. SHoir Samarqandda dastlab moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi. Keyinroq, unga shahar hokimi Ahmad Hojibek homiylik ko„rsatadi. Navoiy bu erda mashhur olim Xoja Fazlulloh Abullays huzurida fiqh ilmidan saboq oladi. Bu haqda keyinchalik “Majolisu-n- nafois”da shunday yozadi: “Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o„qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, “farzand” der erdilar”. Navoiy Samarqandda Mavlono Uloyi SHoshiy, Xoja Xurd, Mavlono Muhammad Olim, Mavlono Soyiliy, Darvesh Ahmad Samarqandiy, Mirzobek, YUsufshoh Safoiy kabi olim va shoirlar bilan tanishadi. SHe‟riyat va adabiyotshunoslikka doir ko„plab asarlarni o„qib chiqadi, salaflar va zamondoshlarining baytlarini yod oladi. “Muhokamatu-l-lug„atayn”da bu haqda shunday ma‟lumot beriladi: “Yigitligim zamoni va shabob ayyomi avonida ko„proq she‟rda sehrsoz va nazmda fusunpardoz shuaroning shirin ash‟ori va rangin abyotidin ellik mingdin ortuq yod tutubmen va alar zavq va xushholligidin o„zumni ovutupmen”. Navoiy shu yillari shoir sifatida katta shuhrat qozonadi. 1465-1466 yillarda muxlislari uning she‟rlarini to„plab, Mashhadda “Devon” tuzadilar va uni oqqa ko„chirishni mashhur xattot Sultonali Mashhadiyga topshiradilar. Bu devon bugun fanda “Ilk devon” nomi bilan mashhurdir. Navoiy she‟rlarining dovrug„i SHerozu Tabrizga ham yoyiladi. “Ilk devon” tuzilishidan so„ng oradan 5 yil o„tgach, 1471 yilda Oqquyunlilar saltanatida ham Navoiy she‟rlaridan tarkib topgan yana bir devon tuziladi. Mazkur devon Oqquyunlilar saroyida faoliyat yuritgan mashhur xattot va shoir Abdurahim ibn Abdurahmon Xorazmiy (taxallusi Anisiy) tomonidan ko„chiriladi. Demak, shoirning o„zi hali rasmiy devon tartib berishga ulgurmay, uning she‟rlari kiritilgan ikki devon: biri Mashhadda, biri SHerozda ko„chirilib, Navoiy ixlosmandlarining ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. 1468 yil Xuroson hukmdori Abusaid Mirzo Eron uchun bo„lgan jangda halok bo„ladi va 1469 yilning boshida Husayn Boyqaro taxtni egallaydi. U Samarqandga maktub yo„llab, Navoiyni o„z yoniga chaqiradi va Navoiy Hirotga qaytadi. SHu yilning aprelida ramazon hayiti kunlarida shoir unga bag„ishlab “Hiloliya” qasidasini yozadi. U Husayn Boyqaroning taxtga chiqishini yangi oy – hilolga qiyos qiladi: YAngi oyu iyd iki qullug„ching o„lsun, aylagan Sen hilol aning otin, bayram bu erning kunyatin. Husayn Boyqaro Navoiyni davlat ishlariga jalb qiladi. SHoir dastlab 1469-1472 yillarda muhrdor lavozimida, 1472-1476 yillarda esa amir (vazir) davozimida xizmat qiladi. Alisher Navoiy vazir lavozimida ishlab yurgan paytlarida o„zining butun kuch-quvvatini mamlakat obodonchiligi, el farovonligi uchun sarf qiladi: Kim bor edi boshima ko„p mehnatim, Yo„q edi bosh qoshig„ali fursatim (“Hayratu-l-abror”dan) Mamlakatda zulm va haqsizlikka chek qo„yadi, ilm va san‟at ahliga rahnamolik qiladi, bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga keng e‟tibor qaratadi. “Amiri kabir” va “amiru-l-muqarrab” unvonlariga sazovor bo„ladi. Navoiyning mamlakatdagi katta huquqlari va el orasidagi yuksak e‟tibori saroy amaldorlari, ayniqsa, Majididdin va uning tarafdorlarining keskin noroziligiga sabab bo„ladi va saroyda fisq-fasod kuchaya boradi. 1476 yilda Navoiy vazirlik lavozimidan iste‟fo beradi va badiiy ijod bilan shug„ullanadi. Navoiy vazirlik lavozimidan ketgandan so„ng ham Sulton Husayn saroyida eng nufuzli siyosiy arbob bo„lib qolaveradi. Husayn Boyqaro uni o„ziga g„oyat yaqin tutar, har bir narsada u bilan maslahatlashar va shoirning fikrini nihoyatda qadrlar edi. Bu holat ulug„ shoir va saroy amaldorlari orasidagi nizoning oshishiga olib keladi. Husayn Boyqaro Navoiyni Astrobodga hokim qilib yuborish bilan saroydagi nizolarga chek qo„ymoqchi bo„ladi. 1489 yilda Navoiy Hirotga qaytgach, o„rniga Astrobod hokimi qilib shahzoda Badiuzzamon tayinlangan edi. Badiuzzamon o„n uch yoshli o„g„li Mo„min Mirzoni Astrobodda qoldirib, Balxga keladi. Husayn Boyqaroning suyukli ayoli Xadichabegim bilan Majididdinning o„rniga vazir qilib tayinlangan Nizomulmulk Astrobodga Muzaffar Mirzoni hokim qilib tayinlashga erishadilar. Xadichabegim shohning mastlik chog„ida Mo„min Mirzoni o„ldirish haqidagi farmonga imzo qo„ydirib, uning zudlik bilan ijro qilinishiga erishadi. Husayn Boyqaro hushiga kelib, yangi farmon jo„natadi. Lekin vaqt o„tib bo„lgan edi. Bu hodisa Navoiyga qattiq ta‟sir ko„rsatadi va ko„pdan buyon orzu qilgani haj safariga tayyorgarlik ko„ra boshlaydi. SHohdan ijozat olib, yo„lga otlanadi. 1499 yilda Marvda Husayn Boyqaroning yana bir o„g„li Abulmuhsin otasiga qarshi bosh ko„taradi. SHoh Mashhad ostonalariga etib qolgan Navoiyga tez chopar yuboradi. Alisher Navoiy Mashhad ulug„lari va hamrohlari bilan maslahatlashadi. Ular mamlakatning tinchligi har narsadan ustun ekanligini aytib, hajga borishni kechiktirishni maslahat beradilar. Alisher Navoiy ortga qaytadi va ota-o„g„il orasida sulh imzolanadi. 1500 yil dekabrining oxirlarida Husayn Boyqaro Astrobod yurishidan qaytadi. An‟anaga ko„ra, saroyning barcha e‟tiborli kishilari shohni kutib olishga yo„lga chiqadilar. Ular orasida Navoiy ham bor edi. Sog„lig„i juda yomonlashganiga qaramay, shoir safardan qaytgan sulton huzuriga etib keladi va hamrohlari yordamida uning ko„ksiga bosh qo„yib, hushidan ketadi. SHoirni og„ir ahvolda uyga olib keladilar. Uch kun hushsiz yotgan Alisher Navoiy 1501 yilning 3 yanvarida sakta kasalligi tufayli vafot etadi. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling