Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish reja: Navoiy hayotini o‘rganish manbalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana26.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1232927
  1   2   3   4
Bog'liq
1 mavzuga nazariy ma\'lumot



Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish
 
REJA: 
1. 
Navoiy hayotini o‘rganish manbalari. 
2. 
SHoirning bolalik va yigitlik yillari. 
3. 
Davlat arbobi sifatidagi faoliyati. 
4. 
Hayotining so‘nggi yillari. 

Alisher Navoiyning hasbi holi bilan bog„liq masalalar avvalo shoirning o„z 
asarlarida, shuningdek zamondoshlari Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla‟i 
sa‟dayn va majmai bahrayn”, Mirxondning “Ravzatu-s-safo”, Xondamirning 
“Makorimu-l-axloq”, “Habibu-s-siyar”, Zayniddin Vosifiyning “Badoe‟u-l-vasat”, 
Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkiratu-sh- shuaro”, Zahiriddin Muhammad 
Boburning “Boburnoma” kabi tarixiy va tazkira asarlarida uchraydi.
Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Amir Temurning o„g„li SHohruh Mirzo 
hukmronligi davrida Hirotda tug„ildi. Xondamirning “Makorimu-l- axloq” asarida 
ma‟lumot berilishicha, shoirning tug„ilgan sanasi hijriy 844 yil ramazon oyining 17 
kunida bo„lib, tovuq yiliga to„g„ri keladi. Uning otasi G„iyosiddin Muhammad (uni 
G„iyosiddin Kichkina deb ham atashgan)
1
temuriylar saroyining amaldorlaridan, 
onasi (ismi ma‟lum emas) Kobul amirzodalaridan SHayx Abusaid CHangning qizi 
bo„lgan.
Alisherning tog„alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G„aribiylar ham shoir 
bo„lishgan. Bo„lajak shoir ana shunday muhitda, alohida tarbiya va nazoratda 
o„sdi. Kichiklik chog„idan o„z davrining mashhur olimu fozillari davrasida bo„ldi. 
Uch-to„rt yoshlarida mashhur shoir Qosim Anvorning 
Rindemu oshiqemu jahonso„zu joma chok, 
Bo davlati g„ami tu zi fikri jahon chi bok 
 
(Mazmuni: Rindmiz, oshiqmiz, jahon o„rtovchi va yoqavayronlarmiz, sening 
g„aming turganda dunyo fikridan ne foyda) baytini yod aytib, mehmonlarni 
hayratga soldi. Bu haqda keyinchalik “Majolisu-n-nafois”ning birinchi majlisida 
eslab o„tadi. Bir yildan so„ng, ya‟ni 1445 yilda maktabga boradi va yosh Husayn 
bilan birga o„qiydi.
1447 yilda SHohruh Mirzo vafot etadi va temuriy shahzodalar orasida toj-taxt 
uchun kurash boshlanadi. Hirotda notinchlik boshlanadi va Alisherlar oilasi Iroqqa 
yo„l oladi. Yo„lda, Taft shahrida yosh Alisher zamonasining mashhur tarixchisi, 
1
Темурнинг Умаршайх исмли ўғлига набира бўлган шаҳзода Ғиёсиддиндан фарқлаш учун Алишернинг 
отасини Ғиёсиддин Кичкина деб атаганлар.


“Zafarnoma”ning muallifi SHarafiddin Ali YAzdiy bilan uchrashadi va ulug„ 
tarixchi 6 yoshli Alisherning haqqiga duo o„qiydi. Bu haqda Navoiyning o„zi 
keyinchalik 
“Majolisu-n-nafois” 
va 
“Nasoyimu-l-muhabbat” 
asarlarida 
ma‟lumotlar keltiradi.
1451 yilda Xuroson ancha tinchib, Alisherlar xonadoni Hirotga qaytadi. Tarixchi 
Xondamir o„zining “Makorimu-l-axloq” asarida karvon YAzd cho„li orqali Hirotga 
qaytar ekan, kunduz issiq bo„lganidan kechasi yurilganini, tungi yurishlardan 
birida Alisher egar ustidan erga tushib qolgani va karvondan qolib ketgani haqida 
yozadi. Alisher uyqu zo„ridan bexabar yotaveradi va quyosh eru ko„kni 
yoritgandan keyingina uyg„onib, uzoqda ko„ringan bir qora nuqtani izlab yo„lga 
chiqadi. Bo„lajak shoirning yo„qolib qolganini bir oz vaqt o„tgach bilgan ota-ona 
bir mulozimni YAzd tomonga jo„natadilar va bolani topib oladilar.
1452 yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o„tiradi va notinchliklar ancha 
bosiladi. Abulqosim Bobur ma‟rifatli hukmdor bo„lib, tasavvuf ilmidan xabardor, 
tab‟i nazmga moyil shaxs edi. 
Abulqosim Bobur Alisherning otasi G„iyosiddin Muhammadni Sabzavorga hokim 
qilib tayinlaydi, Alisherlar oilasi shu shaharga ko„chib o„tadi va Alisher o„qishni 
davom ettiradi. Alisher Sabzavorda o„z davrining shoiru fozillari Xoja Ahmad 
Mustavfiy, Mavlono YAhyo Sebak, Darvesh Mansur, Hofiz Ali Jomiy, Xoja 
Mahmud, Mavlono Nomiylar bilan tanishadi, Darvesh Mansurdan aruz ilmini 
o„rganadi. Sa‟diy SHeroziyning “Guliston”, “Bo„ston” asarlarini o„qiydi, 
Farididdin Attorning “Mantiqu-t-tayr” dostonini yod oladi. Bu haqda keyinchalik 
“Lisonu-t-tayr” dostonida shunday yozadi: 
YOdima mundoq kelur bu mojaro, 
 
Kim tufuliyat chog„i maktab aro, 
 
Kim chekar atfol marhumi zabun, 
 
Har tarafdin bir sabaq zabtig„a un. 
 
Emgonurlar chun sabaq ozoridin, 
 
YO “Kalomulloh”ning takroridin. 
 
Istabon tashxisi xotir ustod, 
 
Nazm o„quturkim ravon bo„lsun savod. 
 
Nasrdin ba‟zi o„qur ham doston, 
 
Bu “Guliston” yanglig„u ul “Bo„ston”. 
 
Menga ul holatda tab‟i bulhavas 
 
“Mantiqu-t-tayr” aylab erdi multamas. 
 
Topti sokin-sokin ul takrordin, 
 
Soda ko„nglum bahra ul guftordin. 


 
 
 
 
 
 
 
 
1453 yilda Alisher maktabdosh do„sti Husayn bilan Abulqosim Bobur xizmatiga 
kiradi. Avval Sabzavorda, so„ng Mashhadda yashaydi. Bu yillarda ham yosh 
Alisher o„qish va ilm o„rganishda davom etadi. 
1457 yilda Abulqosim Bobur Mirzo vafot etadi. Xuroson taxtini Abusaid 
Mirzo egallaydi. Husayn Boyqaro taxt uchun kurashga kirishib ketadi. Alisher 
Navoiy esa Mashhad madrasalarida o„qishni davom ettiradi. Bu davrga kelib, endi 
Navoiy ikki tilda she‟rlar bituvchi “zullisonayn” shoir sifatida ancha tanilib qolgan 
edi. Xondamirning ma‟lumot berishicha, bir kuni Navoiy Lutfiy huzuriga 
borganida, “maliku-l-kalom” undan yangi yozilgan bir g„azalini o„qib berishni 
so„raydi. Navoiy o„zining
Orazin yopqoch ko„zimdin sochilur har lahza yosh, 
 
 
Bo„ylakim, paydo bo„lur yulduz, nihon bo„lg„och quyosh 
matla‟si bilan boshlanuvchi g„azalini o„qiydi. SHunda Lutfiy agar imkoni 
bo„lganida, o„zining 10-12 ming forsiy va turkiy tilda bitilgan baytlarini shu 
g„azalga almashtirishini aytib, shoirning iste‟dodiga yuksak baho beradi. 
SHoir Mashhad madrasalarida o„qib yurgan paytida bir muddat xastalanib qoladi. 
U talabalar uchun ajratilgan hujrada kasal bo„lib yotgan holatini “Majolisun 
nafois”da shunday eslaydi:
“...Sulton Abu Said Mirzo zamonida Mashhadda g„arib va xasta bir buq‟ada yiqilib 
erdim. Qurbon vaqfasi bo„ldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofig„a 
yuz qo„ydilar. Rasmdurkim, musofirlar muttayyin buq‟a gashtiga ham borurlar, ul 
buq‟adakim, faqir yiqilib erdim, jamoati mavolivash el sayr qilib, devorda bitilgan 
abyotni o„qib, bir bayt ustida bahsga tushtilar. Bir ulug„roq kishikim, ul jamoat 
ango tobe‟ erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir za‟f holida ul jamoat jonibidin 
so„z ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir so„z aytadur. Ul ulug„roq 
kishi xud SHayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish! Boshim ustiga kelib, 
mabhasni orag„a soldi. Faqir javob bergach, o„z so„zidan qaytib, tahsinlar qilib, 
holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va ko„rar havasi bor 
ekandur”. Navoiyning o„z davrining mashhur shoiri Kamol Turbatiy bilan 
uchrashuvi shu tariqa sodir bo„ladi. 
Alisher Navoiy 1464 yilda Hirotga qaytadi. Lekin Hirotda noxush holat hukmron 
edi: Abusaid Mirzo Alisher Navoiyning ota-onalariga tegishli mol-mulkni 
musodara qildirgan, u bilan taxt talashayotgan Husayn Boyqaroning yaqin 
kishilarini ta‟qib va tazyiq ostiga olgan, jumladan, Alisherning tog„alari Mirsaid 
Kobuliy va Muhammad Ali G„aribiylarni qatl ettirgan edi.


“Maxdumi Nuran” Abdurahmon Jomiy bilan tanishuv unga taskin beradi. Lekin 
baribir u Hirotda uzoq qolmasdan, Samarqandga yo„l oladi. Mirxond va Xondamir 
shoirning Samarqandga borish sabablarini ilm o„rganishga intilish bilan 
bog„lasalar, Zahiriddin Muhammad Bobur “ixroj” (surgun) deb ataydi. Navoiyning 
o„zi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan “Masnaviy” maktubida Hirotdan ketishining 
bir necha sabablarini ko„rsatadi: 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling