15-amaliy mashg’ulot sun’iy nafas berish va yurakni massaj qilish usullarini maneken trenajyorda о‘rganish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish


Download 48.57 Kb.
bet1/4
Sana24.10.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1717986
  1   2   3   4
Bog'liq
15-Amaliy


15-amaliy mashg’ulot
SUN’IY NAFAS BERISH VA YURAKNI MASSAJ QILISH USULLARINI MANEKEN TRENAJYORDA О‘RGANISH
Ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish. Sun’iy nafas berishni («og‘izdanog‘izga» va yurakni yopiq massaj qilish) amalda qо‘llay bilish.
Umumiy ma’lumotlar Jarohatlarni tahlil qilish shuni kо‘rsatdiki, ba’zi bir holatlarda jabrlangan kishilarga tezlik bilan malakali birinchi yordam kо‘rsatilsa, о‘limni oldini olish imkoniyati bо‘lar ekan. Birinchi yordam, tezlik bilan, jabrlanuvchini yaqinida turgan kishi tomonidan berilishi kerak. Ba’zan jabrlanuvchini taqdiri, uning atrofida turgan kishilarning tayyorgarligi, malakasi va tez yordam kо‘rsata olishi qobiliyatiga bog‘liq bо‘ladi. Agar, odam bexosdan tok yurituvchi qismga tegib qolgan bо‘lsa, uni tezda tok ta’siridan ozod qilish kerak. Bunda о‘zi ham tok ta’siri ostiga tushib qolmasligi uchun ehtiyot choralarini qо‘llashi va jabrlanuvchi bilan kontaktda bо‘lmasligi va qadam kuchlanishiga tushmasligi kerak. Eng yaxshisi, uskunani о‘chirgani ma’qul, agar iloji bо‘lmasa (1000 V gacha bо‘lgan elektr uskunalarda), yog‘och dastali yoki dastasi ihotalangan asbob bilan simlarni uzib tashlash kerak. Kuchlanish 400 V gacha bо‘lgan moslamalarda shikastlangan odamni palto yoki kostyumi polga tegib turmagan va tanasidan ajralib turgan bо‘lsa, hamda nam bо‘lmasa, tok yurituvchi qismdan tortib ajratib olish mumkin. Bunda shikastlangan kishi tanasi, oyoq kiyimi nam jismga va atrofdagi yerga tutashgan narsalarga tegmasligi kerak. Agar bu harakatlarni biror bir sababga kо‘ra amalga oshirib bо‘lmasa, qо‘llarga dielektrik qо‘lqoplar kiyib olish kerak. Dielektrik qо‘lqoplar bо‘lmasa, qо‘lga sharf yoki biror bir quruq latta о‘rab olish kerak. Qо‘llarni ihotalash о‘rniga butun tanani ihota qilsa ham bо‘ladi. Bunda, oyoqlarga rezina kalish kiyish, rezina poyondoz yoki taxta tо‘shama ustiga chiqib olish kerak. Agarda jabrlanuvchi elektr simini qattiq siqib ushlab olgan bо‘lsa, har bir barmog‘ini alohida alohida ajratish kerak. Agar jabrlanuvchi baland joyda bо‘lsa, moslamani о‘chirish uni yiqilishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda jabrlanuvchining yiqilib tushmasligini oldini olish kerak.
Birinchi yordam kо‘rsatish Jabrlanuvchi xushidan ketib, yana о‘ziga kelsa, uni darhol vrach kelguncha yotqizib, osoyishtalikni ta’minlash kerak va tomir urishi bilan nafas olishini nazorat qilib turishi zarur. Agar vrach chaqirishni imkoni bо‘lmasa, uni tezlik bilan shifoxonaga zambil yoki transportda olib boorish kerak. Agar jabrlanuvchi xushidan ketgan bо‘lsa-yu, lekin tomir urishi barqaror bо‘lsa, uni tekis joyga yotqizib, kо‘ylak yoqasini yechib, toza havo kelishini ta’minlab, burunga nashatirda namlangan paxtani qо‘yib hidlatish yoki yuzga sovuq suv sepish kerak. Sо‘ngra vrachni zudlik bilan chaqirish lozim. Jabrlanuvchining nafas olishi va tomir urishi tо‘xtagan bо‘lsa – u klinik (mavhum о‘lim holatida bо‘ladi). Nafas olish va qon aylanish tо‘xtaganda, hujayra va tо‘qimalar qondagi
oxirgi kislorodni sо‘rib oladi, qonning rangi о‘zgaradi. Teri va shilimshiq
pardaning kо‘karishi kuchayadi. Dastlab kislorod kamligiga ta’sirchan
bо‘lgan bosh miya pо‘stlog‘ining hujayralari о‘la boshlaydi.
Hujayralarning bо‘linishi tezlashadi. Organizmda qaytarib bо‘lmas
jarayonlar sodir bо‘ladi. Insonni hayotga qaytarish har bir daqiqa о‘tgan
sayin qiyinlashadi.
16.1-rasm.
Shunday qilib klinik о‘lim holati – hayotdagi о‘limga о‘tish davri –
nafas olish va yurak faoliyatini tо‘xtashidan boshlab, bosh miya
pо‘stlog‘ini hujayralari о‘lishigacha bо‘lgan vaqt bilan aniqlanadi.
Inson biror bir baxtsiz hodisa, masalan, elektr toki urganda klinik о‘lim
vaqti 7-8 daqiqa davom etishi mumkin. Klinik о‘lim davri tugagandan
sо‘ng, biologik (haqiqiy) о‘lim yuzaga keladi, ya’ni insonni hayotga
umuman qaytarib bо‘lmaydi.
Klinik о‘lim holatida, ya’ni nafas olish faoliyati va yurak urish
tо‘xtagandan sо‘ng, 8 minutgacha bо‘lgan vaqt ichida insonni hayotga
qaytarish mumkin, bunda qanchalik tez harakat qilinsa, shuncha oson
kechadi. Har bir daqiqani bekorga о‘tkazmasdan harakat qilish kerak.
Shuning uchun ham, baxtsiz hodisa rо‘y berganda, tiriltirish yuzasidan
qilingan ishlar, passiv harakat о‘limga hukm qilgan bilan barobar.
Har bir inson birinchi yordam kо‘rsatishning elementar usullarini
bilishi kerak. Bu usullar jarohatlangan kishi organizmida sun’iy qon
aylanish va havo almashishga qaratilgan bо‘lishi kerak. Bu usul mutlaqo
zarur bо‘lgan 2 ta chora tadbirni qо‘llashni taqozo etadi.
1. Sun’iy nafas oldirish, «og‘izdan-og‘izga», «og‘izdan-burunga»
bо‘lishi mumkin.
2. Yurakni tashqi (yopiq) massaj qilish.
Insonni sun’iy nafas oldirish va yurakni tashqi massaj qilish yо‘li bilan
hayotga qaytarish, о‘pka-yurak reanimatsiyasi deb ataladi. (Reanimatsiya
77
lotincha sо‘z bо‘lib, “-re” boshqatdan, takroran, onimatioт-tirilish
ma’nosini anglatadi).

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling