15-amaliy mashg’ulot sun’iy nafas berish va yurakni massaj qilish usullarini maneken trenajyorda о‘rganish ishning maqsadi: Jabrlanuvchi hushidan ketganda tez va malakali birinchi yordam berishni о‘rganish


Download 48.57 Kb.
bet3/4
Sana24.10.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1717986
1   2   3   4
Bog'liq
15-Amaliy

2. Yurakni yopiq massaj qilish.
Yurakni massaj qilishdan asosiy maqsad, qon aylanishini tiklash va
ta’minlashdir. Yurak ishdan tо‘xtasa qon aylanishi tо‘xtab, organizmda
tiklab bо‘lmaydigan hodisalar rо‘y beradi.
Yurak kо‘krak qafasini ichida bо‘lib, kо‘krak oldi va umurtqa
pog‘onasi oralig‘ida joylashgan, shuning uchun kо‘krak bosilganda, uni
umurtqa pog‘onasi tomon taxminan 4 sm gacha siqish mumkin. Bu bosim
yurakka ta’sir etib, uning ichidan qonni aortaga sо‘ngra esa kichik va katta
qon aylanish doiralariga siqib chiqaradi. Qо‘l olinganda, kо‘krak qafasi
tiklanadi va yurak bо‘shlig‘i yana qonga tо‘ladi. Bu harakatlar
qaytarilganda qonning aylanishi tiklanadi va yurakni ishlab ketishiga olib
keladi.
3. Jabrlanuvchiga vrach kelgunga qadar dastlabki yordam kо‘rsatish
tartibi.
a) Jabrlanuchini gorizontal qattiq yuzaga yotqizish kerak. Agar binoda
nam sovuq pol bо‘lsa, vaqtni о‘tkazmasdan jabrlanuvchini tagiga quruq
kiyim yozish kerak;
b) Jabrlanuvchini bir qо‘l bilan peshonasidan, ikkinchi qо‘l bilan
daxani tagidan ushlab, boshini orqaga og‘dirish kerak (16.1-rasm);
79
v) Sun’iy nafas oldirishni «og‘izdan-og‘izga» usuli asosida amalga
oshirish. Buning uchun yordam kо‘rsatuvchi ikki marta chuqur nafas olib,
jabrlanuvchining og‘ziga puflash lozim. Bunda yuzi bilan jabrlanuvchining
burun teshiklarini yopib turushi kerak . Agar havo chiqib ketsa, burunni
barmoqlar bilan yopish kerak. puflaganda kо‘krak kо‘tarilishi lozim.
Dastlabki 10 ta puflash mumkin qadar tezroq bajarilgani ma’qul;
g) О‘pkaga havo 5-10 marta puflangandan keyin, uyqu tomirlaridagi
puls qо‘l bilan ushlab tekshiriladi. Agar puls yaqqol sezilsa о‘pkaga har
daqiqada 12 marta havo berish davom ettiriladi;
d) Agar puls urishi sezilmasa darhol yurakni yopiq massaj qilishga
kirishiladi. Yurak tо‘xtaganini yana bir alomati kо‘z qorachig‘ining
kengayib ketishidir. Bu hodisa yurak tо‘xtaganidan keyin 1 daqiqa vaqt
ichida sodir bо‘ladi. shuning uchun agar puls sezilmasa, darhol yurakni
yopiq massaj qilishga kirishiladi. Bunda, jabrlanuvchini qattiq yerga
yotqizilishi kerak. Kо‘krak о‘ng qо‘lning kafti bilan bosiladi, ikkinchi qо‘l
esa birinchisini ustiga qо‘yiladi.
Kо‘krakda qо‘l kaftini qо‘yadigan joyni topish juda muhimdir. Bu joy
kо‘krak qovurg‘alari birlashgan joyning eng pastidan 4 sm yuqorida
joylashgan.
Yopiq massaj ritmi har bir sekundda kо‘krakka bir marta bosish bilan
amalga oshiriladi.
ye) Shu bilan bir vaqtda sun’iy nafas oldirishni ham davom ettirish
kerak. Agar yordam kо‘rsatuvchi bir о‘zi bо‘lsa, sun’iy nafas oldirish bilan
yurakni massaj qilishni galma-galdan olib borish kerak: ya’ni ikki marta
о‘pkaga havo puflab, 15 marta kо‘krak massaj qilinadi. Agar yordam
kо‘rsatuvchilar 2 kishi bо‘lsa, biri havo berib, ikkinchisi yurakni massaj
qiladi. Bunda, 1 marta havo berilib 5 marta kо‘krakni bosish kerak.
j) Yordam kо‘rsatuvchi sun’iy nafas berish hamda yurakni massaj
qilish bilan birgalikda, atrofda odamlar bо‘lsa baqirib yordamga chaqirish
kerak. yetib kelganlar vrachni chaqirtirib, jabrlanuvchiga yordam berishlari
lozim. Sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish vrach kelgungacha
tо‘xtamay davom ettiriladi.

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling