Massaj shakllari Umumiy massaj


Download 157.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana20.01.2023
Hajmi157.23 Kb.
#1103137
  1   2   3   4
Bog'liq
1 - Nazariy material



Amaliy mashg‘ulot № 1. Davolovchi massajning shakl va usullari. 
Massaj shakllari 
1.Umumiy massaj 
Bunda butun tana yuzasi massaj qilinadi. Massajning davomiyligi uning turiga, 
massaj olayotgan tana vazniga, yoshiga, jinsiga va bashqalarga bog‘liqdir. Umumiy 
massaj qilinayotganda massaj usullarining ketma-ketligi inobatga olinadi. Avval silash, 
siqib chiqarish, surtish keyin yumshatish va vibratsion usullari qilinadi. massaj silash 
bilan tugatiladi. Oddatda massaj tananing katta yuzali sohasida va yirik mushaklaridan 
boshlanadi, shuning uchun umumiy massajni orqadan boshlagan ma’qul. So‘ngra bo‘yin 
va qo‘llarga o‘tiladi. Bir tomondan ikkinchisi o‘tib orqa va bo‘yin sohalarini alohida 
massaj qiladi. Shuningdek o‘ng va chap qo‘llarni alohida massaj qilinadi. Keyinchalik 
tos sohasi, dumba va son massaj qilinadi, so‘ngra tizza bo‘g‘imi, boldir, axill payi, 
tovon uqalanadi. Keyingi bosqichda oyoq panjalari, tovon bo‘g‘imi orqada yotgan 
dastlabki holatda o‘tkaziladi, so‘ngra tizza bo‘g‘imi va songa o‘tiladi. Avval uzoqda 
yotgan ko‘krak uqalanadi va yaqin yotgan qo‘llarga o‘tiladi. Massajist boshqa tomonga 
o‘tib, yuqoridagi harakatlarni qarama-qarshi tomonda o‘tkazadi. Massaj so‘ngida qorin 
uqalanadi. 
2.Mahalliy massaj 
Bunda tananing alohida bir bo‘lagi massaj qilinadi, masalan : bo‘yin, orqa, oyoq va 
h.z. Zaruriyat tug‘ilganda ma’lum bir mushak, bo‘g‘im, bog‘lam va boshqalar massaj 
qilinadi. Massajning davomiyligi tananing qaysi qismi uqalanishiga bog‘liq. Oddatda 
mahalliy massaj 3 minutdan kam, lekin 25 minutdan ko‘p qilinmaydi. Massaj 
usullarining ketma-ketligi xuddi umumiy massajnikidek. Uqalashni yuqori sohadan 
boshlash kerak, masalan : qo‘l massaji elkadan boshlanib (avval ichki yuzasi, so‘ngra 
tashqi yuzasi) bilak bo‘g‘imiga, bilakka, kaftga, qo‘l barmoqlariga o‘tiladi. Kaft massaji 
o‘tkazilayotganda avval bilak sohasidan boshlash kerak. Mahalliy massaj asosan bir 
massajist tomonidan, ba’zi hollarda juft massaj, hamda o‘zini-o‘zi massaj qilishlardan 
foydalaniladi. 

Download 157.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling