Massaj shakllari Umumiy massaj
O‘zini-o‘zi massaj qilish
Download 157.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy material
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.O‘zaro massaj
3.O‘zini-o‘zi massaj qilish
Bunda inson o‘zini-o‘zi massaj qiladi. U ko‘pincha ertalabki badan tarbiyadan so‘ng, hamomda, jarohat va kasalliklarda, sportda keng qo‘llaniladi. 4.Juft massaj Bu massaj turi ertalabki badan tarbiyadan so‘ng, saunada, sport musobaqalaridan oldin va keyin, sport mashg‘ulotlaridan oldin va keyin qo‘llaniladi. Juft massaj ba’zi kasallik va jarohatlarda, umurtqa pog‘anasi jarohatlarida, bel-dumg‘aza radikulitida, qo‘l-oyoq paralichida, bronxial astmada, surunkali zotiljam va o‘pkaning boshqa kasalliklarida, gastritda, kolitda, xoletsistitda va h.z.larda qo‘llanilmaydi. Juft massaj ikkita massajist tomonidan o‘tkaziladi. Ko‘p hollarda bu massaj turi vakuum yoki vibratsion apparat yordamida o‘tkaziladi. Birinchi massajist orqani uqalayotganda, ikkinchisi oyoqlarning orqa sohasini uqalaydi. Biri ko‘krak va qo‘llarni uqalayotganda, ikkinchisi oyoqlarning oldingi yuzasini uqalaydi. So‘ngra birinchi massajist ko‘krak va qo‘llarni uqalab bo‘lganidan keyin, qorin sohasiga massaj qilishga o‘tiladi. Juft massajning davomiyligi massaj olayotganning jinsga, yoshga, tana vazniga va organizmining funksional holatiga bog‘liqdir. Oddatda massajning davomiyligi 5-8 minutni tashkil etadi. 5.O‘zaro massaj O‘zaro massaj saunada, maishiy hayotda, ishlab chiqarishda va h.z.larda qo‘llaniladi. Bunda ikki kishi bir-birini massaj qilib, massajning asosiy usullarini qo‘llaydilar. O‘zaro massaj qo‘l va apparat yordamida umumiy va mahalliy ko‘rinishda o‘tkazilishi mumkin. Mahalliy massajda ko‘proq tananing holsizlangan qismi va mushaklari uqalanadi. Kuchli jismoniy yuklamadan so‘ng umumiy tiklovchi massaj o‘tkazish mumkin. O‘zaro massajning davomiyligi 10-15 minutdir. Uzilib o‘tkaziladigan vibratsion usuli, ya’ni urish, chapak chalish, kesish venoz bosimini va mushak tonusini oshirishga olib keladi, shuning uchun o‘zaro tiklovchi massajda ular qo‘llanilmaydi. Download 157.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling