Massaj shakllari Umumiy massaj


Massaj o‘tkazilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi


Download 157.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana20.01.2023
Hajmi157.23 Kb.
#1103137
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Nazariy material

Massaj o‘tkazilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 
1.Qo‘l massaji 
Massajning an’anaviy usulidir. Qo‘l massaji yordamida massajning hamma 
usullarini qo‘llash mumkin, hattoki lozim bo‘lganda ularni kambinatsiyalash va ketma-
ketligini o‘zgartirish mumkin. Bu massajning salbiy tomoni massajistning 
charchashidir. 
2.Apparatli massaj 
Bu usulning kamchiligi shundaki, massajist uqalanayotgan sohani sezmaydi, ba’zi 
massaj usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. Shuning uchun apparatli massaj qo‘lli massajga 


qo‘shimcha vosita sifatida qo‘llaniladi. Amaliyotda ko‘p hollarda vibriomassaj, 
pnevmomassaj (vakuumli) va gidromassaj qo‘llaniladi. 
3.Kombinatsiyalangan massaj 
Bu apparatli massajning klassik yoki segmentar massajning birgalikda 
o‘tkazilishidir. Kombinatsiyalangan massaj organizmga fiziologik ta’sirini kuchaytiradi, 
massaj muddatini qisqartiradi va ko‘pchilikka o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bu massaj 
sport amaliyotida keng qo‘llaniladi. Shuningdek jarohatlarda, tayanch-harakat 
apparatining kasalliklarida va asab sistemasi kasalliklarida keng qo‘llaniladi. Massaj 
klassik massajning tayyorlov qismi bilan boshlanadi. 
Orqa sohasining massaji silash bilan boshlanadi, so‘ngra siqib chiqarish usuli 
qo‘llaniladi. Keyin dumg‘aza sohasi, qovurg‘alararo soha, trapetsiyasimon mushak, elka 
bo‘g‘imi, kurak osti sohasida surtish usullari qo‘llaniladi. Keyingi bosqichda orqaning 
keng mushaklarining bir va ikki harakatli aylanasimon yumshatish usuli bajariladi. Qo‘l 
bilan massaj tugatilganidan so‘ng apparatli massajga o‘tish mumkin. Apparatli massaj 
asosan orqaning keng, uzun va trapetsiyasimon mushaklariga qaratiladi. Birinchi 
navbatda umurtqa pog‘anasining ikki tomoni uqalanadi, keyin dumg‘azadan 
bo‘yingacha uzun mushak bo‘ylab massaj qilinadi. Uzun mushaklardan asta-sekin keng 
mushaklarga o‘tiladi. So‘ngra trapetsiyasimon mushak kurakning pastki qismidan 
yuqoriga va yon tomonga harakat qilish bilan uqalanadi. Orqaning qiyshiq mushaklari 
kuchsiz bosim va qisqa vaqt uqalanadi. Orqaning massaji qo‘l massaji bilan tugatiladi, 
bunda bir qancha silashdan so‘ng, 2-3 marta siqib chiqarish usuli qo‘llaniladi, keyin 
uzun mushaklar qisqichsimon usuli bilan yumshatiladi. Bu usullardan so‘ng kurak osti 
sohasi va orqaning keng mushaklari yumshatiladiyu Keyin mushaklarda silkitish usuli 
qo‘llaniladi. Orqa massaji silash bilan tugatiladi. 
Qo‘lning tashqi yuzasining massaji silash va ikki harakatli aylanasimon 
yumshatish usullari bilan boshlanadi. So‘ngra apparatli massajga o‘tish mumkin, massaj 
ikki va uch boshli mushaklarga qaratilgan. Elkaning o‘rta sohasidan nerv tomirlari 
o‘tganligi sababli apparat yordamida extiyotlik bilan massaj olib boriladi. Apparat 
massaji tugatilganidan so‘ng qo‘llar yordamida silash va yumshatish usullarini qo‘llab, 
massaj tugatiladi. 
Qo‘lning ichki yuzasi xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. 
Qo‘llar massajidan so‘ng tos sohasining massaji o‘tkaziladi. Massaj silash va siqib 
chiqarish bilan boshlanadi. Katta dumba mushagi birikkan sohada surtish usuli 
qo‘llaniladi. So‘ngra dumg‘aza, tos-son bo‘g‘imi va dumba mushagida surtish usuli 


o‘tkaziladi. Tosda apparat yordamida massaj dumg‘aza sohasidan yon tomonga qarab 
boshlanadi, keyin yon bosh suyagining qirralari, so‘ngra dumba mushagi uqalanadi. 
Massaj qo‘llar yordamida silash, siqib chiqarish, surtish usullarini qo‘llab tugatiladi. 
Sonning orqa yuzasida massaj silash, siqib chiqarish va yumshatish usullari bilan 
o‘tkaziladi. Keyin apparat yordamida massajga o‘tiladi. Sonning ichki yuzasida apparat 
bilan massaj qilinmaydi. Massaj qo‘llar yordamida silash, siqib chiqarish va yumshatish 
usullarini qo‘llab tugatiladi. 
Tizza bo‘g‘imining orqa yuzasida massaj qo‘l bilan boshlanib, so‘ngra apparatli 
massajga o‘tiladi. Massaj aylanasimon silash bilan tugatiladi. Tizza orqa chuqurchasi 
massaj qilinmaydi, balki uning atrofida olib boriladi. 
Tizza sohasida qo‘l massaji boldir mushagi va axill payida o‘tkaziladi. Apparat 
massajidan so‘ng qo‘l yordamida massaj tugatiladi. 
Sonning oldingi yuzasi qo‘llar yordamida silash va siqib chiqarish usullarini 
qo‘llash bilan boshlanadi. Keyin yumshatish usuli qo‘llaniladi va apparat massajiga 
o‘tiladi. Massaj qo‘llar yordamida silash, yumshatish va silkitish usullari bilan 
tugatiladi. 
Tizza bo‘g‘imining oldingi yuzasida massaj aylanasimon va qisqichsimon surtish 
usulini 4 ta barmoqning yostiqcha sohasi bilan hamda kaft asosi yordamida aylanasimon 
surtish usuli bilan o‘tkaziladi. So‘ngra apparat yordamida har xil yo‘nalishlarda massaj 
qilinadi. Massaj aylanasimon silash bilan tugatiladi. 
Tizzaning oldingi yuzasida massaj to‘g‘ri yoki tizza bo‘g‘imida bukilgan 
oyoqlarda o‘tkaziladi. Massaj silash, siqib chiqarish va qisqichsimon yumshatish 
usullarini qo‘llab o‘tkaziladi va apparat massajiga o‘tiladi. Massaj qo‘llar yordamida 
tugatiladi. 
Tovon bo‘g‘imida massaj qisqichsimon va aylanasimon surtish usullari bilan 
boshlanadi, so‘ngra apparat massajiga o‘tib, qo‘llar yordamida silash bilan tugatiladi. 
Ko‘krak sohasida massaj silash bilan boshlanib, so‘ngra to‘g‘ri va aylanasimon 
yo‘nalishlarda qovurg‘alararo mushaklarda siqib chiqish va surtish usullari o‘tkaziladi. 
4 ta barmoqning yostiqchalari yordamida to‘sh suyagi va unga birikkan ko‘krak 
mushaklarida aylanasimon surtish usuli amalga oshiriladi. Katta mushaklarida bir va 
ikki xalkali yumshatish usuli qo‘llaniladi. So‘ngra apparat massajiga o‘tiladi. To‘sh 
suyagi massajidan so‘ng qo‘ltiq ostiga yo‘nalish bo‘yicha ko‘krak so‘rg‘ichini aylanib 


o‘tgan holda katta ko‘krak mushaklari massaj qilinadi. Massaj qo‘llar yordamida 
tugatiladi. 
Shuni esda saqlash kerakki, kombinatsiyalangan massaj o‘tkazishda urish 
usullarini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Massaj o‘tkazish vaqti quyidagicha taqsimlanishi 
maqsadga muvofiqdir, ya’ni qo‘l massaji umumiy vaqtning taxminan 70 %, apparat 
massaji 30% ni hosil qilishi kerak. 
Apparatli massaj klassik massajning ma’lum usullarining o‘rniga qo‘llanilishi 
mumkin. Agar kombinatsiyalangan massaj vibriomassaj bilan qo‘llanilsa, u vibratsion, 
silash va yumshatish usullarining o‘rnini qoplaydi. Vakuumli massaj va gidromassaj 
yumshatish va surtishda qo‘llash mumkin. 

Download 157.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling