Iso seriyasidagi standartlar va Sertifikatlashtirish sxemalari


Download 0.84 Mb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1015451
  1   2   3   4
Bog'liq
7.21 Abror ISO

ISO seriyasidagi standartlar va Sertifikatlashtirish sxemalari

ISO seriyasidagi standartlar va Sertifikatlashtirish sxemalari


REJA:
Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar.
Sifat menejmenti tizimi
ISO ning boshqaruv tuzulmasi
ISO tarixi.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) 1946 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning standartlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha BMT Qo‘mitasining majlisida yaratilgan. Shu yilning o‘zida Bosh assambleyaning majlisida ISO ning Ustavi qabul qilindi. Bu Ustav tashkilotning statusi (huquqiy mavqei) ni, tuzilmasini, asosiy idoralar vazifalari va ish usullarini belgiladi.
ISO nashrlari.
Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot bir qator turli materiallarni nashr etadi. Eng
avval, bu tashkilot harfli indeks va raqamli belgi (masalan. ISO 5827) ga ega bo‘lgan xalqaro standartlarni chop etadi.
Qator hollarda texnik dokladlar chop etiladi. Bu dokladlarda ma’lum mavzu bo‘yicha standartlashtirish ishlarining borishi to‘g‘risida xabar beriladi ѐki odatda standartlarga qo‘shiladigan axborot va ma’lumotlar keltiriladi.
Har yilning fevral oyida xalqaro standartlar Katalogi (ISO Catologue) nashrdan chiqadi. Bu Katalogda xalqaro standartlar qo‘llanish doiralari va mavzu guruhlari bo‘yicha joylashtiriladi.
ISO ning boshqaruv tuzulmasi
ISO – notijorat, nodavlat tashkilot bo‘lib, uning a’zolari milliy standartlashtirish organlari hisoblanadi, hozirda uning 162 davlat a’zosidir.
Bosh assambleya tashkilotning bosh organi xisoblanadi. Har yillik majlisda a’zo davlatlar va tashkilotning yuqori rahbar shaxslari qatnashadi. ISO ning standartlarini ishlab chiqishda 160 dan ortiq davlat mutaxassislari va 45000 dan ortiq ekspertlar qatnashadi.
ISO faoliyati
ISO tashkilotining rasmiy sayti https://www.iso.org xisoblanadi. Xalqaro tashkilotning rasmiy saytida ta’kidlanganidek ―buyuk ishlar qachonki jahon xamjamiyati konsensusga erishgandagina amalga oshadi‖. Ushbu tashkilotning Markaziy sekratariati
Jeneva (Shveysariya) da joylashgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling