Iso seriyasidagi standartlar va Sertifikatlashtirish sxemalari


Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar


Download 0.84 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.84 Mb.
#1015451
1   2   3   4
Bog'liq
7.21 Abror ISO

Xalqaro ISO 9000 seriyasidagi standartlar.
Oxirgi paytlarda 9000 seriyadagi ISO xalkaro standartlari to‘g‘risida ko‘p eshitayapmiz. Xush, bu standartlar qanday standartlar va nima uchun qo‘llaniladi?
Bu seriyadagi standartlar sifat tizimlarini korxonalarda tadbiq etishga mo‘ljallangan xalqaro modellar bo‘lib hisoblanadi.
Chet davlatlarda sifat tizimi bo‘lmagan korxona ѐki firma bilan ishlab bo‘lmaydi. Chunki birinchidan hech kanday kafolat yo‘q, ikkinchidan esa siz shartnoma tuzganingizda ham, siz bilan ishlovchi boshqa sub’ektlar bundan boxabar bo‘lganlarida ularning sizga nisbatan ishonchlari kamayishi mumkin. Shu sababdan sifat tizimlariga nihoyatda jiddiy ahamiyat berishimiz kerak.
9000 seriyadagi ISO standartlarining 2000 yil versiyasi uchta standartdan iborat:
    • ISO 9000 – Sifat menejmenti tizimi. Asosiy qoidalar va lug‘at.

ISO 9001 - Sifat menejmenti tizimi – Talablar. ISO 9004- Sifat menejmenti tizimi. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar. ISO 10011 ―Sifat tizimlarini tekshirishda rahbariy ko‘rsatmalar‖;
    • ISO 10012 ―O‘lchash vositalarining sifatini ta’minlaydigan talablar‖.

Bular bilan bir qatorda Xalqaro standartlashtirish tashkiloti uch tilda atamalar lug‘ati yaratgan bo‘lib, mahsulot sifatini ta’minlash sohasida ularning ta’riflarini ham ishlab chiqqan. Bulardan tashqari ISO/MEK (Xalqaro elektrotexnika komissiyasi) tomonidan ham bir qancha me’ѐriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
2002 yili mazkur standartlarning yangi versiyalari qabul qilindi. Bunga ko‘ra standartlarda sezilarli darajada ham tarkibiy, ham mazmunan o‘zgarishlar kiritildi. Standartlarning soni ham 2 taga kamaydi. Agar oldingi standart (ISO 9001) bandlar 20 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular 8 taga keltirildi.
Eng asosiysi, bu standartlar ustivor sifatida sifatni doimiy tarzda yaxshilab borish siyosatini qo‘llaydi va iste’molchining talabi bajarilgan bo‘lishini talab qiladi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling