Alisher navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Download 59.41 Kb.
|
Navoiy ijodida qipchoq lahjasiga xos ayrim xususiyatlar
Adaq – oxir.
Ajuz – qari, kampir. Ayaq – oyoq. Aynak – ko‘zoynak. Andak – ozgina, picha. Araq – aroq, ichimlik. Bacha/bachcha – yosh, murg‘ak bola. Birinj – guruch. Birta – bitta. Biyiz – bigiz. Bilturg‘i – bulturgi, o‘tgan yilgi. Burnag‘i – avvalgi, burun. Et – go‘sht. Garav – garov. Gird – doira, tevarak. Igirmak – yigirmak. Iyar – egar. Jonvar – jonivor. Kadi – qovoq. Qo‘naq – mehmon. Sabaq – saboq. Tengri – tangri. Yanmaq – yonmoq. Yumurtqa – tuxum. Yurunchg‘a – beda. Zambur – ari. Qo‘naq – mehmon. Misollardan ko‘rinib turibdiki, Navoiy turkiy tilning boy til ekanligini isbotlashda bir qancha shevaga mansub birliklardan ham foydalangan. Fors tilida muqobili bo‘lmagan so‘zlarning ham anchagina qismini asosan sheva elementlari tashkil etadi. Shoir ularning sinonimlik, omonimlik, ko‘p ma’nolilik qirralarini mahorat bilan ko‘rsatib o‘tganki, bu orqali Alisher Navoiyni nafaqat g‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk tilshunos sifatida, balki mohir dialektolog sifatida ham kashf etamiz. XULOSA Til va adabiyot. Bu ikki tushunchani bir-biridan ajratib o‘rganish mumkin emas. Zero, til o‘z qudratini, avvalo, badiiy matnda namoyish etadi. O‘zbek tili o‘zining o‘zligini, nimalarga qodir ekanligini so‘z mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy ijodida to‘laqonli aks ettirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk shoir nafaqat adabiy tilning asoslarini yaratib berdi, balki o‘zbek tilining til sifatida mukammal shakllanishiga asosiy hissa qo‘shgan. Sheva elementlaridan ham unumli foydalandi. Tilimizning bugungi kundagi ko‘rinishiga yetib kelishida sheva elementlarining o‘rni beqiyosdir. Ushbu tadqiqotda ham Alisher Navoiy ijodidagi qipchoq lahjasiga mansub shevalarga oid xususiyatlar o‘rganildi, tahlilga tortildi. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Navoiy ijodida qipchoq shevasiga xos fonetik, morfologik, leksik jihatlarning barchasi uchraydi. Shoir qipchoq lahjasiga oid birliklarni singarmonizm hodisasini aks ettirishda, so‘zning ma’no jihatidan nozikliklarini saqlab qolishda, aruz vazni talablariga javob berishda hamda milliy ruhni ifodalashda qo‘llaydi. Bu bir tomondan Alisher Navoiy ijodining yangi qirralarini aks ettirsa, ikkinchi tomondan til taraqqiyotidagi shevalarning ahamiyatini o‘zida mujassam etadi. Bugungi kun o‘zbek tilshunosligi ayrim muammolardan holi emas. Bu muammolar asosan tilimizdagi unlilar tizimida hamda chet tilidan o‘zlashtirilayotgan so‘zlarning o‘zbek tilidagi muqobilini topishda kuzatilmoqda. Ana shunday muammolarning yechimini topishda biz tilimizning tarixiy ildizlari bo‘lgan shevalarga tayanishimiz mumkin. Shevalar adabiy til doirasidan chetda deb turib atamashunoslik sohasida fors va arabcha so‘zlardan keng foydalanmasdan o‘zligimiz va milliy qadriyatlarimiz aks etgan boy shevalarimizga murojaat qilsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Zero, Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida ta’kidlaganidek: «Andin so‘ngrakim, turk tilining jomeiyati muncha daloil bila sobit bo‘ldi, kerak erdikim, bu xalq orasidin paydo bo‘lg‘on tab’ ahli salohiyati va tab’larin o‘z tillari turg‘on o‘zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkala til bila aytur qobiliyatlari bo‘lsa, o‘z tillari bila ko‘prak aytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi». Download 59.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling